Mavzu: O‘zbekiston sharoitida jaxon moliyaiy inqirozi va sport menejmenti



Yüklə 25,96 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü25,96 Kb.
#158060
2-mavzu (1)


Mavzu: O‘zbekiston sharoitida jaxon moliyaiy inqirozi va sport menejmenti


Reja:

  1. Jaxon moliyaviy inqirozining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri.

  2. Sport menejmentining sportni boshqarishdagi va inqirozga qarshi kurashdagi ahamiyati.

  3. Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida jismoniy tarbiya va sport rivoji.



Tayanch iboralar:
Jahon moliyaviy inqirozi, jismoniy tarbiya va sport rivoji, “Insoniy munosabatlar” maktabi. “Miqdoriy tizimlar yoki zamonaviy menejment” maktabi. Texnokratik nazariya. Vaziyat yondashuvi. Jarayonli yondashuv. Sonli yondashuv. falsafa, boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, kibernetika, psixologiya, shifokorlik, politologiya, marketing, iqtisodiyot, iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiyot ta’limi tarixi, mikroiqtisod, makroiqtisod, tarmoqlar iqtisodiyoti, ekonometriya, iqtisodiy-matematik modellar va usullar, matematika, operatsiyalar tahlili.

Moliyaviy inqiroz – bu moliyaviy nobarqarorlilik davri bo‘lib, uning davomida ijtimoiy keskinlik, siyosiy risklar rivojlanishi, iqtisodiy pasayish va vaqtinchalik inqiroziy hodisalar ustidan nazoratni yo‘qotilishi yuzaga keladi. Shu bilan bir vaqtda jamiyatning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga asos solinadigan davrdir.


Retsessiya – bu iqtisodiy yuksalishning cho‘qqi nuqtasidan keyingi faza bo‘lib, u ishlab chiqarishni, iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini, birja indikslarining ommaviy pasayishi hamda ishsizlik darajasining oshishini xarakterlaydi.
Moliyaviy inqirozni oldindan ko‘ra bilish va oldini olish – bu davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi va jamg‘armalari (avloddan avlodga aholi aktivlari) uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha faoliyatidagi eng muhim vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, boshqa oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya va sport fakultet va kafedralari, Olimpiya zahiralari bilim yurtlari va pedagogika bilim yurtlarining jismoniy tarbiya bo‘limlarida katta miqdorda malakali sport mutaxassislari tayyorlanib kelinyapti. Yuqorida nomlari qayd etilgan barcha o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport menejmenti har xil hajmda va har xil ko‘rinishda o‘qitilib kelinyapti. Menejment xalq xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidek, jismoniy tarbiya va sportda ham nisbatan yangi soha hisoblanadi. Shuning uchun, hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanini rivojlantirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
“Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” fani oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida menejerlar tayyorlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotining, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining rahbarlari, trener, menejer, maktab direktori, klub prezidenti, boshliqlari va hokazolar menejment asoslarini puxta o‘zlashtirmagunlaricha, ularning faoliyati to‘laqonli ravishda amalga oshyapti deyish qiyin. Ushbu predmetning bosh maqsadi etib, yurtimizda va horijda rivojlanib kelayotgan menejment, jumladan jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy kategoriyalari, ya’ni uning prinsiplari, funksiyalari, usullari, axborot texnologiyasi va tashkiliy tizimlarini nazariy va amaliy tomondan chuqur o‘rganish va hayotga joriy etish qabul qilingan.
“Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” fanini o‘qitishdan maqsad talabalarda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida ish yuritishda zarur bo‘ladigan ijtimoiy boshqaruvning nazariy asoslarini egallash, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos keladigan menejmentning amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish, xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy, moddiy, mehnat zahiralaridan unumli foydalanishda asosli qarorlar qabul qila olishdan iborat. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari o‘z oldilariga qo‘ygan ommaviy jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirishni rivojlantirish va sportda yuksak natijalarga erishishda faqatgina boshqaruvning umumiy va aniq asoslangan qarorlarigina maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish imkonini yarata oladi.
“Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” fanining nazariy va amaliy yutuqlarini zamonaviy bozor iqtisodiyoti va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida soha mutaxassislari faoliyatiga ilmiy boshqarish, o‘z-o‘zini boshqarish elementlarini kiritish hamda sport biznesi va tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” fani o‘zining rivojida falsafa, boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, kibernetika, psixologiya, shifokorlik, politologiya, marketing, iqtiso-diyot, iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiyot ta’limi tarixi, mikroiqtisod, makro-iqtisod, tarmoqlar iqtisodiyoti, ekonometriya, iqtisodiy-matematik modellar va usullar, matematika, operatsiyalar tahlili va boshqa fanlarga asoslanadi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasiga menejerlar tayyorlashda eng avval oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari bitiruvchilari insonlarnining qanday sifat belgilarini o‘zlarida mujassamlashtirgan bo‘lishlari lozim degan savolga to‘g‘ri va asosli javob topish maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqqan holda menejment mutaxassisligini bitiruvchilar birinchi navbatda jismonan va aqlan sog‘lom bo‘lishlari, menejment va uning atrofidagi boshqa turdosh fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari hamda mustaqil fikrlay oladigan va o‘z fikrlarini erkin holda, har xil ko‘rinish (yozma, og‘zaki va boshqa)larda ifodalay oladigan bo‘lishlari shart. Ayniqsa, mustaqil, ijodiy va mantiqiy fikrlash, oqillik, sezgirlikni rivojlangan bo‘lishi kabi sifatlar menejer xususiyatlarining ajralmas qismi bo‘lishi lozim.
Komil inson ruhan tetik, aqlan yetuk, jismonan baquvvat bo‘lmog‘i kerak. Insonning aqliy, axloqiy va jismoniy sifatlarini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, jamoalarda qulay sog‘lom muhitni yaratishning ko‘p qirrali jarayonini jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Vatan va jamiyat rivoji sog‘lom insonlarning ongli faoliyati natijasida ravnaq topadi. Ayniqsa, Vatan taraqqiyotinning kelajagi yosh avlod zimmasiga tushadi. Sog‘lom avlod­ni shakllantirish va tarbiyalashning yo‘l-yo‘riqlari, usul va uslubiyatlari mavjud bo‘lib, uning omillari ham ko‘p. Jumladan, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida talabalarning aqliy, axloqiy va jismoniy sifatlarini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish, jamoalarda qulay sog‘lom muhitni yaratishning ko‘p qirrali jarayonida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini oshirish borasida olib borilayotgan qator ijobiy ishlar ko‘zga tashlanib turadi.
Yuqorida qayd etilgandek, ishlab chiqarishni, jumladan jismoniy tarbiya va sportni boshqarish jaroyoni bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy munosa-batlarga asoslangan bo‘ladi, ularning asosida esa iqtisodiyot qonunlaridan foydalanish yotadi. Ushbu qonun va qonuniyatlar menejmentga ta’sir ko‘rsatadi va uning e’tiborini birinchi navbatda iqtisodiy usullarga tortadi.
Ko‘pgina tinglovchilar menejment boshqaruvida, jumladan jismoniy tarbiya va sport boshqaruvida iqtisodiy usullarning asosida narx, foyda, ish haqi, rag‘batlantirish, sanatsiya kabi iqtisodiy kategoriyalardan foydalanishni puxta o‘rganadilar.
Bu yerda shunga e’tibor berish lozimki, masalan, rejalashtirish, biznes reja tuzish kabi faoliyat turlari menejment boshqaruvining, jumladan jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining usuli bo‘lib qololmaydi, aksincha uning funksiyasi ham bo‘lib qoladi. Menejment boshqaruvining, jumladan jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining usullari bu faqatgina piravard natijaga iqtisodiy ko‘rsatkichlar sistemasi hamda foyda, narx va kredit kabi iqtisodiy instrumentlar vositasida ta’sir etishning muhim variantlaridir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tgunga qadar iqtisodiy usuldan yetarli darajada foydalanilmagan. U siyosat va mafkuraga bo‘ysundirilgan bo‘lib, birinchi navbatda sotsializmning asosiy masalalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan edi. Ushbu masalalar xuddi xalq xo‘jaligining mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini e’tiborga oluvchi “ilmiy asoslangan rejalar”ni tuzishni aks ettirardi. Bunday rejalar topshiriqlarni optimal darajada yechish, shu bilan bir qatorda ixtisos-lashtirishni rivojlantirish, ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va kombina-tsiyalash, barcha mavjud zahiralarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri unumli taqsimlash, reja topshiriqlarining bajarilishini iqtisodiy rag‘batlantirish kabi masalalarni hal etishni ko‘zda tutishi lozim edi. Lekin, hayot shuni isbotladiki, tovarlarga bo‘lgan talab va taklif, xizmatlarni inobatga olinmaganligi uchun, mamlakat masshtabidagi yirik sanoat ishlab chiqarish komplekslarining rejalarida juda katta kamchiliklar yuzaga chiqqan.
Haqiqatdan ham, faqatgina tijorat hisobi menejmentning iqtisodiy usuli bo‘la oladi. U mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni taqsimotida ekvivalent o‘rin qoplash munosabatlarining saqlanishini ko‘zda tutadi. Shu bilan bir qatorda daromadni xarajatlar bilan va tegishli foydaga erishilanayotganini solishtirishni ko‘zda tutadi. Sotsialistik tuzum davrida aynan eng katta ekvivalentlik va foyda olishga erishilmagan, diktat hukm surgan, qanday bo‘lsa ham rejalar bajarilgan. Bajarilmagan rejalar ham bajarildi deb hisobotlar berilib yuborilgan, natijada iqtisodiyot orqaga ketavergan.
Menejmentda, jumladan jismoniy tarbiya va sport menejmentida yechiladigan masalalarning samarasini oshirishda iqtisodiy usullar jamoa va individual rag‘batlantirishga suyanadi. Ular har bir ijrochini o‘zining borgan sari ortib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondirishga intilishini eng katta aniqlik bilan inobatga oladi. Ulardan foydalanish ishlab chiqarishning zahiralarini aniqlash va foydalanishdagi ishchilarning tashabbusini oshiradi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda ma’muriy formada ta’sir o‘tkazishning zaruriyati yuksak darajada kamayadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli asarlarini O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining barcha professor-o‘qituvchilari, talabalar, magistrantlar, aspirantlar va malaka oshiruvchilari tomonidan chuqur o‘rganilishi va undagi ko‘rsatmalarga amal qilinishi birinchi navbatda, ongimizda yurtimiz taraqqiyoti va iqtisodiyotining rivoji haqida to‘gr’i tasavvur hosil bo‘lishiga yordam beradi, barkamol, yetuk avlodni shakllanishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan yurtimiz rivojida erishilgan yutuqlar, ijobiy siljishimizdagi mavjud qiyinchiliklar va yangi sharoitda ularni bartaraf etish yo‘llarini aniq ko‘rsatib beradi.
Yüklə 25,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə