Mavzu: O’zbekiston-Yaponiya hamkorligi. Yaponiya-O’zbekiston iqtisodiy aloqasi ko’rsatgichlari, savdo aloqalari eksport va importi. Yaponiya bilan hamkorlik strategiyasi


O‘zbekiston va Yaponiya hududlararo hamkorlikni rivojlantirmoqda



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə2/3
tarix17.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#150084
1   2   3
Yaponiya

O‘zbekiston va Yaponiya hududlararo hamkorlikni rivojlantirmoqda
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi rahbariyati viloyat delegatsiyasi tarkibida Yaponiyaning Tokio shahrida xizmat safarida bo‘ldi.
Tashrif davomida Yaponiyaning “Mitsubishi”, “Dell” kabi 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalarining vakillari ishtirokida “Andijon viloyatining biznes salohiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon viloyatining sarmoyaviy imkoniyatlari, resurs bazasi taqdim etilib, yapon ishbilarmon doiralari vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Safar doirasida vazirlik va idoralar, ta’lim muassasalari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Shimizu korporatsiyasi bilan “Yangi Andijon”da qurilish loyihalarini, “Ripro” korporatsiyasi bilan sunʼiy tola ishlab chiqarish boʻyicha 10 million dollarlik investitsiya loyihasini, “Kaori International Japan Co LTD” kompaniyasi rahbariyati bilan plastikdan elektr izolyatsiya mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qiymati 5 mln dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Kumamoto shahrida boʻlib oʻtayotgan 4-Osiyo-Tinch okeani suv sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan koʻp qirrali Oʻzbekiston-Yaponiya hamkorligining bugungi holati, qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish va uzoq muddatli istiqbolda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

  • Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanish dinamikasiga, shuningdek, Yaponiya kompaniyalarining Oʻzbekistonda biznes yuritishga boʻlgan qiziqishi tobora ortib borayotganiga yuqori baho berildi.
  • Tomonlar Yaponiya korporatsiyalari va moliya tashkilotlarini jalb qilgan holda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar ijrosiga qisqacha toʻxtalib, ularning koʻlami va Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun ahamiyatini taʼkidladilar.
  • Kelishilgan loyiha va tashabbuslarni ilgari surish, oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashish maqsadida hamkorlikni rivojlantirishning keyingi yoʻnalishlari belgilab olindi.
  • Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish hamda suvdan oqilona foydalanish va bu borada muvozanatni taʼminlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik mexanizmlari alohida koʻrib chiqildi.
  • Uchrashuv yakunida amaldagi kelishuvlarni oʻz vaqtida hayotga joriy qilish, shuningdek, hamkorlikning yangi oʻsish nuqtalarini kashf etish boʻyicha birgalikda ish olib borishga oʻzaro sodiqlik bildirildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

  • Yüklə 0,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə