Mavzu: O’zbekistonning milliy parklari xaritasidan turizmda foydalanish Reja: Kirish



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/9
tarix27.12.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#162906
1   2   3   4   5   6   7   8   9
........................Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonning ekoturizm resurslarini yoritish, mamlakatimizning milliy parklari haqida ma’lumotlar to’plash va ularni turizmda xaritalashtirishni o’rganish va turistik marshrutlarni ishlab chiqish va shuningdek, O’zbekistonda milliy parklardan foydalanish va xaritalashtirish istiqbollarini o’rganish, tadqiq etish va ularda mavjud bo’lgan muammolarni yechish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Mazkur ishning maqsadi turistlarga milliy parklarni xaritalashtirish va ulardan foydalanishni xalqaro standartlar darajasiga chiqarish va turizm rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish, boshqarish va rivojlanishini tug‘ri yo`naltirish uchun xorij tajribasini o`rganish va uni amaliyotga tadbiq etish, turizmni rivojlantirishning maqsadli strategiyasini shakllantirish hisoblanadi. Qo`yilgan maqsadga muvofiq holda kurs ishida quyidagi vazifalarni hal qilish ko`zda tutilgan:
• mamlakatimizning ekoturizm resurslarini o’rganish
• milliy parklarning turistik resurslarini tahlil qilish
• O’zbekistonning milliy parklarini turizmda xaritalashtirish
• ekoturizm zonalariga turistik marshrutlar ishlab chiqish
• ekologik resurslar haqida xalqaro turizm ekspertlari fikrlari bilan tanishish shular jumlasidandir.
Kurs ishining ob’ekti. Mavjud bo’lgan millik parklar va boshqa ekoturizm resurslari ob’ektlari ishning ob’ekti hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va takliflar, ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
1. O’zbekistonning ekoturizm resurslarining turizmdagi ahamiyati
va o’rni
O‘zbekistonning tabiat mintaqalaridagi turistik resurslarni turizmda xaritalashda dastlab ekoturizm xaritalarini tayyorlash maqsadga muvofiq.O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda ekologik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishda (xaritalashtirishda) biz birinchi navbatda mamlakatimizdagi milliy parklar, davlat tabiat qo‘riqxonalari va alohida muhofazadagi hududlar(davlat tabiat buyurtmaxonalari-zakazniklar), xalqaro miqyosdagi «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi noyob hayvonlar turlari, o‘simliklar turlarini va betakror tabiiy landshaftlarni, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosidagi endemik turlarni (endemik-faqat tub joy sharoitida yashaydi va o‘sadi) ro‘yxatga olishimiz va ularning ta’rif, tavsiflarini tayyorlashimiz kerak.Shuningdek, hozirgi axborotlarimizdan ma’lumki, hozirgacha vatanimizga kelib ketayotgan xalqaro turistlar Orol dengizi qoldiqlariga, Quyiamudaryo sohillariga, tog‘larimizdagi qadimiy shakllar va rasmlarga, ming yillik daraxtlarga (chinorlar, archalar va boshq…) va rekreatsion buloqlar, sharsharalarga qiziqmoqdalar.
Mamlaktimizda ekoturizmni rivojlantirishda qayd qilingan ekologik resurslarni alohida-alohida ro‘yxatga olganimizda xalqaro turistlarni qiziqtiruvchi quyidagi ekologik resurslar guruhlari tashkil topadi va O‘zbekistonning ekoturizm resurslari xaritalari quyidagi mavzularda tayyorlanishi maqsadga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasining davlat qo‘riqxonalari va milliy parklarini xaritalashtirish:
Xalqaro «Qizil kitob» va O‘zbekiston «Qizil kitob»idagi noyob hayvonlar va o‘simliklar turlarini xaritalashtirish;
O‘zbekistondagi endemik havonlar va o‘simliklar turlarini xaritalashtirish;
Orol dengizi qoldiqlari Quyiamudaryo sohili, to‘qayzorlar, ularning o‘simliklar va hayvonot olamini xaritalashtirish;
Tog‘larimizdagi qadimiy shakllar, rasmlarni xaritalashtirish;
Ming yillik daraxtlar va tabiat haykallari, tabiat yodgorliklarini xaritalashtirish;
Rekreatsion tabiiy landshaftlar, shifobaxsh buloqlar, sharsharalarni xaritalashtirish;
Suv havzalari (daryolar, ko‘llar,suv omborlari)ni xaritalashtirish;
Ovchilik maydonlarini xaritalashtirish.
Yuqorida keltirilgan ekologik resurslar xalqaro turizm ekspertlari ta’kidlagandek, O‘zbekiston turizm resurslarining turli –tumanligi, rang-barangligi va jozibadorligi bo‘yicha dunyo mamlakatlaridagi kuchli 10 talik resurslari ro‘yxatiga kiradi. Bu ekoturistik resurslarning ta’rif va tasniflari ushbu o‘quv qo‘llanmaning mavzularida berilmoqda. Hozirda ekoturizm resurslariga geomorfologik, gidrologik va organik resurslarni qo‘shish ham tavsiya qilindi.
Ekologik turizm o'tgan asrning oxirlaridan boshlab Jahon turizmi industriyasiga asta-sekin kira boshladi. Butunjahon turizm tashkilotining ma'lumotlari bo'yicha keyingi besh yilda yekologik tur izmda turistlar oqimi tobora ko'payib borayotganligi haqida hisob - kitob natijalari keltirilgan. Ushbu turizm yo'nalishida Janubiy Yevropa, Janubiy - sharqiy Osiyo, kichik Osiyo, Xitoy va Afrika qit'asidagi davlatlar oldingi o' rinlarda borishmoqda. Albatta, qayd qilingan geografik tabily manzillar betakror tabiat mintaqalar bo'lib, doimiy bahor va yoz iqlimiga yega bo' lgan davlatlarning tabiatdagi biologik xilma-xillik resurslari, sharoitlari bu mintaqalarda yil davomida turistlar oqimining ko'payishini ta'minlaydi, imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunga kelib Jahonda yekologik turizm Jadal suratlar bilan rivo]lanib borayotgan turizm sohalaridan biriga aylandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlagandek «Go'zal geografik va tabiiy sharoitlar Respublikamiz hududida yekologik turizni rivojlantirish uchun g'oyat qulaydir. Bu borada mamlakatning tog'li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihozlangan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari tashkil yetilgan. Sayyohlikning yangi yo 'nalishi-yirik qo 'riqxonalar va bog 'lar xududida tashkil yetilgan tabiatshunoslik turizmi rivoilanmooda»1. Darhaqiqat, O' zbekistonda yekologik turizm rivo]lanib borishining yana bir sababi turist o'zi qiziggan tabiat va uning tabliy sharoiti, biologik resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag'rida dam oladi, tabiat go'zalligini chuqur his qiladi. Uning resurslarini avaylash xohish-istagi paydo bo'ladi.
Respublikamizning yekologik turizm salohiyatini hisobga olganimizda yekologik turizmni rivo]lant irishning asosiy resurslari - 4 faslli tabiat mavsumlari, o'zining yekologik tizimlariga yega bo'lgan 5 ta tabily landshaft bio-xilma-xilliklarida endemik (fagat O'zbekiston tabiatida) turlarning mavjudligidan iborat.
O'zbekistonning yekologik turizmdagi resurslar salohiyatiga alohida to'xtalganimizda, quyidagi yekoturizm manbalarini keltirish, tavsiflash masalaga ravshanlik kiritadi. O'zbekiston 3,8 mln. gektarga yega bo'lgan ovchilik - baliqchilik yer maydonlariga yega, ulardan 1 mIn. gektarini suy fondi tashkil yetadi.
Respublikamiz faunasi 97 turdagi o'txo'r hayvonlar, 424 turdagi qushlar, 58 turdagi sudralib yuruvchilar va 83 tur baliqlarga yega. Bulardan, O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobiga» o'txo'r hayvonlarning 24 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 10 turi, baliqlarning 18 turi va 78 turdagi umurtqasizlar kiritilgan2.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti ma'lumotlari bo'yicha, O'zbekistonda hozirgi kunda 4148 tur o' simliklar mavjud. Shulardan, 3000 turlari oliy, yowvoyi o'suvchi o' simliklar, ulardan 9 foizi yendemiklardan iborat. O'zbekiston hududining muhofaza yetilayotgan tabily hududlar tarkibida 2164 km? ni tashkil qilgan 10 ta davlat qo'riqxonasi, 6061 km? ni tashkil yetgan 2 ta milliy bog' va noyob turlarga kiruvchi hayvonlarni ko'paytirish respublika markazly - «Jayron» yekomarkazi, 12186 km? maydonni tashkil yetgan 17 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud.
Keltirilgan ma'lumotlarga go' shimcha qilib gayd qilish mumkinki, O'zbekiston Markaziy Osiyoning o'rtasida, yekologik turizmning rivojlanishi uchun qulay transport, geografik hududlarida Joylashgan. Yekspertlarning ma'lumotiga qaraganda yekoturizm sayyohlik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o'sish sur"ati yesa umumiy turizm industriyasining o'sish sur'atidan 2 - 3 marotaba oshib ketdi. Shuning uchun ham bugungi kunda yekologik turizmni rivojlantirish asoslarini va yekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning uslubiy asoslarini ishlab chigish zarur bo' lmoqda.
O'zbekistonlik yekolog olimlarning fikricha, - yekoturizm ma'rifiy-ma'naviy tushunchalar ostida yekoturistlarning yekzotik tabliy hududlarga, ulaming hayvonot va o'stmliklar/ dunyosiga, tabily hududlaring tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya goldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog'liq majmualar kiradi. Yekoturizmning magsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning yekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta'minlash uchun tabiatdan turistik yo'nalishda oqilona foydalanishdir. Yekoturizmning maqsadini amalga oshirish uchun «O'zbekistonda yekologik turizmni rivo|lantirish Konsepsiyasi» da keltirilgan rejaviy dasturni keltirish kifoya qiladi. Bu konsepsiyada respublikam izda yekologik turizmni rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish muhimligi alohida qayd qilingan: ekoturizm industriyasini shakllantirish uchun maxsus qonunlarni ishlab chiqish va ularning huquqiy mexanizmini yarat ish; ekoturistik fan, ta'lim va amaliyotning nazariy asoslarini ishlab chigish; aholining yekologik ongi va madaniyatini yekotur izm orqali o' stirish; ekoturizm yo'nalishidagi ta'lim va tarbiyani yo'lga qo'yish; ekoturizm bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash; ekoturistik ob'ektlarni har tomonlama baholash va ularning kadastrini olib borish: ekoturizm monitoringi va istiqbolini olib borishni yo'lga qo'yish; milliy davlat hududlarini yekoturizm bo'yicha rayonlashtirish; davlatlarning va xalqaro Jamiyatning yekoturizmga oid taktik reja va strategik dasturlar va tadbirlarini ishlab chiqish; biologik xilma-xillikni saqlash.
Qayd qilingan vazifalarni bajarishda quyidagi ekoturistik tamoyillarni ya'ni yekologik munosabatlarni turizm orqali tartibga solishga yo'naltirilgan qoidalarga qattiq, ma'suliyat bilan rioya qilish talab qilinadi:
• ekoturizmda tabiatni muhofaza qilish va bargaror rivojlanish masalalarining
ustivorligi;
• ekoturizmning tarixiy, madaniy va boshqa turizm turlari bilan bog' langanligi; • turizm va servis sohast yo'nalishidagy barcha ta'lim muassasalarida
ekoturistik o'quy kiritilishining maqsadga muvofiqligi;
• mahalliy aholining yekologik ongi va madantyatini o' stirishda yekoturizmni
Jalb qilish zaruriyati;
• tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning mazmunini
ekoturistik marshrutlarda aks yettirish;
• davlat, Jamiyat, mahallly boshqaruv, idoralarining yekologik turizmdan
manfaatdorligi;
ekoturizmda yekologik i]timoiy-iqt isodiy manf aat dorlikn ing yagonaligi;
ekoturizmda milliy g'urur va iftixorni shakllantirishning zarurligi. Qayd qilingan tamoyillarning bajarilishi O' zbekistonda yekologik turizmni jadal rivo]lantirishning asoslar ini ta'm inlaydi.
Yekoturizmni Tivo|lantirish bo'yicha «O'zbekistonda yekologik turizmni
rivojlantirish Konsepsiyasi» gabul quingan. Ushbu konsepsiyaning 1.4. bandida -yekoturizmning Atimoty-iqtisodiy masalalari yechimini topishi lozim bo'lgan dolzarb masalalari qayd qilingan. Ular quyidagilar:
•ekoturizm ob'ektlarida aholini ish bilan ta'minlash, i]timoly muhofaza qilish muammolarini hal qilish;
• ekoturizm qadam/oylarida kichik va o'rta biznesni rivo lantirish orgali go'shim cha ish o'rinlarini yaratish, turistik infratuzilmalarni hosil qilish;
• ekoturizmning Jahon talablariga Javob beraoladigan moddiy - texnik. axborot-tahliliy bazasini yaratish xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivo]lantirish;
• ekoturizm maskanlarini yelektr yenergiyasi va issiq suv bilan ta'm inlash maqsadida yekologik toza, qayta tiklanuvchi muqobil yenergiya qurilmalari yordam ida foydalani shni keng yo' lga qo'yish.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə