Mavzu: Oʻzbekistonning yengil sanoati tarmoqlari geografiyasi Reja: Kirish



Yüklə 149,5 Kb.
səhifə1/5
tarix26.10.2023
ölçüsü149,5 Kb.
#132304
  1   2   3   4   5
Oʻzbekistonning yengil sanoati tarmoqlari geografiyasi


Mavzu: Oʻzbekistonning yengil sanoati tarmoqlari geografiyasi


Reja:
Kirish
1.Mamlakat iqtisodiyotida yengil sanoatning ahamiyati.
2.Yengil sanoatning asosiy tarmoqlari:
3.Paxta tozalash sanoati va uning tarmoqlari;
4.Ipakchilik sanoati;
5.Shoyi to‘qish va trikotaj;
6.Kun-poyabzal va mo‘yna sanoati;
7.Chinni buyumlari va mebel ishlab chiqarish:
8.Mahalliy sanoat;
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar

Mamlakat iqtisodiyotida asosiy o‘rinni egallaydigan yengil sanoatning yetakchi tarmoqlari O‘zbekistonda mavjud bo‘lib, xom ashyo bazasi bilan yaxshi ta’minlangandir. Shu boisdan ham bu sanoat tarmog‘ini rivojlantirishda va joylashtirishda xom ashyo bazasi, yoqilg‘i energetika va mehnat resurslari hamda iste’molchilarning mavjudligi yengil sanoatni rivojlantirishga asosiy omil bo‘lib hisoblanadi.


Respublika qishloq xo‘jaligining asosiy mahsulotlari birinchi navbatda paxta, ipak, kanop yengil sanotining muayyan soxalarini rivojlantirish imkoniyatlarini ochib beradi, bu yerda mazkur sanoatni rivojlantirish uchun eng muhimi yoqilg‘i energetika va ayniqsa mehnat resurslari yetarlidir. Shu boisdan ham qadimdan bu tarmoq yaxshi rivojlanib kelgan. Yengil sanoat o‘z rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, XX asr boshlarida O‘zbekistonda yengil sanoat soxasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat bo‘lib, yalpi sanaot mahsulotining qariyib 4/5 qismi shu soxaga to‘g‘ri kelgan. 1920 yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-to‘quv, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari qurila boshladi.
Hozirgi davrda O‘zbekiston yengil sanoati ko‘p tarmoqli industrial kompleks bo‘lib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlaridan tashqari to‘qimachilik, trikotaj, shoyi to‘qish, tikuvchilik, kun-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari i.ch. sohalarida 142 korxona bor. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida yengil sanoat hissasi 16,9 %ni tashkil etadi (2005).
2005 yilda Respublika yengil sanoati tarmoqlarida 285.5 mln.m2 gazlama, 564.4 tonna ipak tola, 32.1 mln dona trikotaj mahsulotlari, 17589 ming juft paypoqlar, 5.5 mln. juft poyabzal, 6414 ming m2 gilam va gilam mahsulotlari va boshqa ishlab chiqarildi. Yengil sanoatning asosiy tarmoqlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
Paxta tozalash sanoati yengil sanoat tarmoqlari orasida yetakchi o‘rinda turadi. Respublika rivojlangan va zamonaviy texnologiyaga ega bo‘lgan paxta tozalash sanoatiga ega. Paxta tolasi 40 ga yaqin xorijiy mamlakatlarga, jumladan Buyuk Britaniya, Belgiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, AQSH, Turkiya va boshqa mamlakatlardagi vositachi firmalar orqali eksport qilinadi. Dunyoda paxta yetishtirish bo‘yicha 5-o‘rinni, paxta tolasi eksporti bo‘yicha 2-o‘rinni (AQShdan keyin) egallaydi.
Dastlabki paxta tozalash zavodlari 1874 yilda Toshkentda qurilgan, Rossiyada paxta xom ashyosiga bo‘lgan talabni oshishi bilan O‘zbekistonda paxta tozalash yengil sanoati tez rivojlandi. 1885 yilda 9 ta, 1890 yilda 27 ta, 1914 yilda 208 paxta tozalash zavodlari ishladi. Asta-sekinlik bilan paxtachilik g‘alla ekinlarini siqib chiqara boshladi. Keyingi 80 yil davomida paxta tolasi ishlab chiqarish qariyib 10 martaga ko‘paydi. Ayniqsa 1980 yilda eng ko‘p 1745,3 ming tonna paxta ishlab chiqarildi. Natijada paxta tozalash zavodlarining soni ko‘paydi.
Mustaqillik yillarida Respublikada paxta ekiladigan maydonlari bir qadar kamaytirilishi hisobiga don mustaqilligiga erishish uchun don ekinlari maydoni kengaytirildi. Natijada paxta maydoni qisqartirilishi paxta maydonlarini ham kamaytirilishiga olib keldi. Nima bo‘lganda ham Respublikada paxtachilikni rivojlantirish asosiy o‘rinni egallab iqtisodiyotni rivojlantirish paxta hosildorligini oshirish asosiy masala hisoblanadi. Paxta tozalash sanoatining tarmog‘ida 128 paxta tozalash zavodlari, 464 ta paxta tayyorlov maskani bor bo‘lib, (2005y) eng yirik paxta tozalash zavodlari Qorakul, G‘ijduvon, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘rg‘ontepa, Xazarasp, Birinchi Quqon, Quva, Juma, Denov va boshqalar mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 50-60 ming tonna va undan ortiq paxta qayta ishlash imkoniyatiga ega.
Yiliga qariyib 120-130 ming tonna urug‘lik chigit tayyorlanadi. Hozirgi bosqichda paxta tozalash sanoatida yangi texnika, texnologiya jadal sur’atlarda joriy etilmoqda. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyasini o‘rganish va joriy etish, tarmoq korxonalarida paxta tolasi bo‘yicha jahon standartlariga o‘tish uchun AQSH, Shveysariya va b. mamlakatlardagi firmalarda ishlab chiqarilgan priborlar va texnologiyani qullash sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Respublika mustaqillikka erishgandan keyin Turkiya va b. xorijiy davlatlar va firmalari bilan hamkorlikda Farg‘ona, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda paxtani qayta ishlashdan tayyor to‘qimachilik mahsuloti i.ch. ga qadar jarayonlar qamrab olingan k-tlar qurilishi boshlandi. Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida Turkiyaning “Yazeks” korporasiyasi bilan hamkorlikda “Elteks” k-ti ishga tushirildi (1994).
Respublikamizda paxta tozalash sanoati vazirligi tomonidan boshqariladi. Respublika Prezidenti farmoni bilan paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanuvchi «O‘zdavpaxtasanoatsotish” davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi. Respublikada ishlab chiqariladigan paxta tolasining anchagina qismi (85-90%) eksportga chiqariladi. Uning asosiy qismi xorijiy va MDH mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi 1993 yildan 6 ta jahondagi Xalqaro paxta tolasi savdosi birjalaridan eng yirigi-Liverpul (Liverpul Kotton LTD) paxta birjasi (Angliya) bilan hamkorlik qilmoqda.
Yengil sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri To‘qimachilik sanoati bo‘lib, uzoq tarixga ega. Bu yerda tayyorlangan gazmollar (atlas, zardo‘zichi, baxmal, beqasam, olacha) o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘li orqali Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yetkazilgan. Lekin sanoat usulida gazlamalar ishlab chiqarish 20-asrning 20-yillaridan boshlandi. 1930 yilda Farg‘ona ip yigirish to‘qish fabrikasi ishga tushirildi (xoz. Farg‘ona to‘qimachilik k-ti), 1932 yildan Toshkent to‘qimachilik k-tini qurish boshlandi, 1934 yil bu k-t gazlama ishlab chiqara boshladi. Toshkent to‘qimachilik k-ti va Farg‘ona yigiruv to‘quv f-kasi 1945 yilda Respublikada ishlab chiqarilgan jami Ip gazlamaning 95.4% ni berdi. Buxoro to‘qimachilik k-ti (1973-76), Andijon ip gazlama k-tining 1-navbati (1981), Pop noto‘qima materiallar k-ti (1977), Xiva gilam k-ti qurib ishga tushirildi. 80-yillarda yirik to‘qimachilik korxonalarida bir qancha filiallar ochildi. Jumladan Toshkent sh.ning o‘zida 3 ta fabrika qurildi. Shuningdek, Paxtaobod, Chuvama, Qo‘rg‘ontepa, Marhamatda hamda G‘ijduvon va Vobkentda fabrikalar siklining tugal bo‘lishiga erishildi.
Namangan noto‘qima materiallar ishlab chiqarish birlashmasi (1974), Pop (1977), Baliqchi (1977) noto‘qima materiallar fabrikalari ishga tushirilgan. Tarmoqda 34 ta aksiyadorlik jamiyati, 11 mas’uliyati cheklangan jamiyat, 28 ta qo‘shma korxona, 1 xususiy va 1 davlat korxonalari faol. ko‘rs-di (2005 y.).
Hozirgi davrda O‘zRda ishlab chiqariladigan paxta tolasining 50% Respublika to‘qimachilik sanoatida foydalaniladi. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlama ishlab chiqarishni ko‘paytirishdan iborat. Shu maqsadda AQSH, Italiya, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar firmalari bilan ip gazlama ishlab chiqaradigan yangi qo‘shma korxonalar tashkil etilmoqda. “Supertekstil” paxta ip yigiruv O‘zbekiston-AQSH qo‘shma korxonasi (Toshkent 1993), dastaki ipak gilamlar ishlab chiqaradigan “Afg‘on-Buxoro-Samarqand” qo‘shma korxonasi (Samarqand, Buxoro, 1993) faoliyat ko‘rsatmoqda. 1994 yilda Turkiyaning Yazeks korporasiyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida to‘liq texnologik sikli to‘qimachilik majmuasi ishga tushirildi.
Ipakchilik sanoati. O‘zbekistonda pillakashlik qadim tarixga ega. Qadimdan Marg‘ilon, Namangan, Quqon, Buxoro, Xo‘jand kabi shaharlar O‘rta Osiyodagi shoyi gazlamalar ishlab chiqaradigan markazlari bo‘lgan. Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga shoyi gazlamalar chiqarilgan. U vaqtlarda pilladan yarim kusta holda, qo‘l charxlarda kala qilib ispak olingan. 1913 yilda O‘zbekistonda qariyib 4 ming tonna pilla yetishtirilgan. Uning aksariyat qismi rus ishbilarmonlari quliga o‘tib qayta ishlash uchun Italiya va Fransiyaga jo‘natilgan. Dastlab 1921 yilda O‘zbekistonda 56 ta qozonli mexanik stanok o‘rnatilgan, birinchi pillakashlik fabrikasi Farg‘onada ish boshlagan. Shuningdek 1927-30 yillarda Samarqand, Buxoro shaharlarida pillakashlik fabrikalari ishga tushirildi. 1937 yildan boshlab, sun’iy ipak gazlamalar to‘qish ham boshlandi. 1957 yilda O‘zbekiston ipakchilik ilmiy tekshirish institutida ipak o‘raydigan stanok yaratildi.
90-yillar boshida 9 ta yirik korxona: Marg‘ilon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Namangan, Urganch, Shahrisabz, Buloqboshi pillakashlik fabrikalari va ularning 12 ta filiallari ishlar edi. Ana shu korxonalarda Respublikada yetishtirilgan jami pillani qayta ishlash imkoniyatiga ega edi.
2003 yilda “Shoyi” aksiyadorlik kompaniyasi va “Pillaxolding” kompaniyasi o‘z ichiga olgan “O‘zbek ipagi” uyushmasi tashkil etildi. Uyushmada 7 ta qo‘shma korxona bo‘lib, bularda Respublikada yetishtiriladigan jami pilla qayta ishlanadi. 2005 yilda 16.2 ming tonna pilla qayta ishlanib, 564.4 tonna ipak tola ishlab chiqarildi.
Respublikamizda shoyi to‘qish sanoati ham rivojlangan bo‘lib, Marg‘ilon shoyi kombinati, Marg‘ilon “Atlas” va Namangan shoyi ishlab chiqarish birlashmalari, Namangan abrli gazlamalar kombinati, Samarqand shoyi ishlab chiqarish birlashmasi, Quqon, Shurchi va boshqa shoyi to‘qish fabrikalari ishlamoqda.
Respublikada trikotaj sanoati 30-40 yillarda shakllandi. Dastlabki korxona 1939 yilda O‘rta Osiyoda eng yirik Quqon paypoq fabrikasi ishga tushirildi. Urush yillarida Andijon va Toshkent shaharlarida trikotaj fabrikalari qurildi. Hozirgi kunda Samarqand, Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida trikotaj kiyimlari ishlab chiqaradigan “Malika” ishlab chiqarish birlashmasi 1942 yilda ishga tushirilgan. Oltiko‘l, Qorasuv va Jizzax paypoq fabrikalari, Xo‘jabod, Shahrixon, Chortoq, Shahrisabzda trikotaj tikuvchilik fabrikalari ishga tushirildi. Hozirgi kunda bu tarmoqda 1500 nomdan ortiq mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 2005 yilda res. trikotaj sanoati korxonalarida 32154 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi.
O‘zbekistonda tikuvchilik hunarmandchiligi kasb tarzida katta tarixga ega. Qadimdan maxsus chevarlar qulda chopon, kiyim-kechak, ko‘rpacha tushak, ruzg‘or buyumlarini buyurtmalarga ko‘ra tikish bilan shug‘ullanganlar. Dastlabki tikuvchilik korxonasi 1907 yilda Toshkentda qurilgan “Lui Zalm va uning o‘g‘illari” aksionerlik jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasi bo‘lgan 20-yillarda tikuvchilik yengil sanoatning yirik tarmog‘iga aylandi. Respublikamizda dastlabki korxona 1926 yilda Toshkentda “Qiziltong” tikuv fabrikasi urushgacha Samarqand, Buxoro, Toshkent, Quqon, Urganch, Andijonda yangi korxonalar qurilgan bo‘lsa, urush davrida Chirchiq, Qarshi, Namangan shaharlarida yirik korxonalar ishga tushirildi. Bu sohaga 50 mingdan ortiq kishi band (80% xotin-qizlar). 1989-1991 yillarda Toshkent “Qiziltong” Samarqand 8 mart tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmalarida Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Yaponiya, Italiya firmalari ishtirokida kompleks mexanizasiyalashtirilgan liniyalar o‘rnatildi. Xullas, bozor iqtisodi sharoitida chet el sarmoyalari hisobiga zamonaviy tikuvchilik korxonalari qurilmoqda.
Yengil sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri kun-poyabzal sanoati. Mahalliy xom ashyo hisobiga hayvonlar terisidan yumshoq va qattiq charm, tabiiy va sun’iy charmdan poyabzal shuningdek telpak, ot-ulov asboblari, attorlik buyumlari, to‘qimachilik va boshqa mashinalar uchun detallar ishlab chiqariladi. Tarmoqni yirik korxonasi Toshkent kun zavodi 1928 yilda ishga tushirildi. Shuningdek Xonabodda teri oshlash zavodi, pustin uchun qo‘y terisini oshlaydigan ikkita korxona ishga tushirildi.
1927-35 yillarda Toshkentda poyabzal fabrikalari ishga tushirildi. Keyingi yillarda Samarqand, To‘rtkul, Termiz, Andijon, Quqon, Chirchiq, Namangan, Yangiyo‘l poyabzal fabrikalari shuningdek Pop rezina fabrikasi ishga tushirildi. 1995 yil “Farg‘ona poyabzal” aksionerlik jamiyati bilan Germaniyaning “Salamander” firmasi ishtirokida “O‘zsalman ” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. 2000 yil “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkil etildi. Uyushma tarkibida 15 ta terini qayta ishlash zavodlari bo‘lib, 2004 yilda 18.4 mln m2 charm mahsulotlari, 3.88 mln juft poyabzal ishlab chiqarildi.
Yengil sanoatning boshqa tarmoqlari mo‘yna sanoati rivojlanib bormoqda. Buxoro Qorako‘li dunyo bozorida yuqori baholanadi. Keyingi davrlarda O‘zbekiston hududida ondatra, nutriya kabi muynali hayvonlarni kupaytirishga katta ahamiyat berilmoqda. 1998 yil “O‘zbek qorako‘li” kompaniyasi tashkil etildi. 2005 yilda 675,2 ming dona qorako‘l teri tayyorlandi.
Chini buyumlari ishlab chiqarishni yirik korxonalari Toshkent, Samarqand, Quvasoy chini zavodi mahsulotlari jahonga mashhurdir. Ayniqsa, “Oq oltin”, “Tong”, “Uzum” va boshqa to‘plamlar xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarning oltin medallariga sazovor bo‘lgan.
1967 yilda Angren keramika kombinatini ishga tushirilishi bilan O‘zbekistonda Fayanesdan turli chinni mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 2005 yilda chinni-fayans sanoatida 2449.1 mln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Respublikada 30-yillarning oxirida kanop sanoatining mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi. Kanop poyasidan po‘stlog‘i ajratilib tola olindi. Qop, gazlama, xo‘jalik arqoni, kAbelььь ipi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Kanop tolasi zig‘ir tolasiga nisbatan ancha pishiq. 1936 yildan Toshkent viloyatining Qo‘yi Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida 1950-1951 yillarda Surxandaryo, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‘istonda jud va kanop yetishtirilishi Bilan kanop poyasini qayta ishlaydigan zavodlar qurildi. Hozir Toshkent viloyatida 9 tia kanopni qayta ishlaydigan zavod bor. 1995 yildan Piskentdagi “Gilam to‘qima” korxonasida kanop tolasidan Brezent, Poyondozlar, Jumabozor va Yangi yo‘l zavodlarida kanop to‘ponidan preslangan piltalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. 1990 yillarga kelib 12.6 ming tonna uzun 3.8 ming tonna kalta kanop tolasi 10 mln.m2 qop ulov gazlamalari 600 tonna xo‘jalik arqoni, 550 tonna kabel ipi va boshqalar ishlab chiqarildi.
Yengil sanoatning asosiy tarmoqlaridan biri mebel ishlab chiqarish tez rivojlanmoqda.Hunarmandchilik artellari va yirik mebel sexlari negizida Toshkent, Samarqand, Namangan, Andijon shaharlarida mebel fabrikalari barpo qilindi. Tarmoqni rivojlantirish korxonalarni zamonaviy uskunalar Bilan qayta jihozlash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarning eksport imkoniyatlarini oshirish, xorijiy firmalar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida olib borilmoqda. “Yevro O‘z” O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi tashkil etildi. (1993 apr.) O‘zbekistonda tayyorlangan mebellar eksporti yo‘lga qo‘yildi.
Mebel sanoati har xil mebel yig‘malari (mehmonxona, oshxona, kabinet, yotoqxonalar mebellari, maktab, tibbiyot, laboratoriya, mebellari), milliy mebel (xontaxta, sandiq va b.) namunalarini hashamatli mebellar yig‘malarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan. Jizzax mebel fabrikasida g‘o‘zapoyadan DVP (yelimlangan yog‘och tolalari plitasi) ishlab chiqaradigan liniya (yillik quvvati 1 mln.m2) ishga tushirildi. Urganch va Nukus mebel fabrikalarida sholipoyadan tushaklar ishlab chiqarila boshladi. 2003 yildan mebel sanoati korxonalarida 6104.3 mln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqildi.
Mahalliy sanoat. Mahalliy sanoat yirik ishlab chiqarish xo‘jalik kompleksi bo‘lib, respublikada ishlab chiqariladigan xalq iste’moli mollarining yillik umumiy hajmida uning hissasi 12% dan ko‘proq. Tarmoq korxonalarida 65 mingga yaqin ishchi injener, texnik xodimlar band (1995).
Mahalliy sanoat korxonalarida asosan mahalliy xom ashyo resurslaridan mahalliy ehtiyojlari qondirishga mo‘ljallangan xalq iste’moli mollari ishlab chiqariladi. Uning tarkibida qora metallurgiya, Kimyo va neft kimyosi, mashinasozlik va metallga ishlov berish, yog‘ochni qayta ishlash sanoati, shu jumladan, mebel sanoati, qurilish materiallari, shisha va chinni fayans, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari, xalq hunarmandligining zardo‘stlik, tikuvchilik, pichoqchilik, badiiy kashtachilik (suzana, gul-ko‘rpa,choyshab,zardevol,palak,kirpech), do‘ppido‘zlik,uymakorlik, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, milliy cholg‘u asboblari yasash, kosibchilik va boshqa tarmoqlari bor. Tarmoqda shahar va shaharchalarda, qishloqlarda katta-kichik xususiy hamda jamoa korxonalari, qo‘shma korxonalar fabrika, birlashmalar faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoqda 2800 dan ko‘proq nomda madaniy maishiy, xo‘jalik mollari chiqariladi.
Milliy kashtachilik buyumlari 8 ta ixtisoslashgan korxonalarida ishlab chiqariladi. Ularning eng yiriklari toshkent, Andijon, Chust, Namangan, Qashqadaryoyo badiiy buyumlari fabrikalaridir.
Mahalliy sanoatda gilam to‘qish, qadimiy hunarmandchilik usullaridan biridir. Bir yilda 240 ming km m2 gilam va palos to‘qiladi. Respublikada Xiva gilam kombinati, olmaliq gilam fabrikasi eng yirik bo‘lib, zamon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Sanoat moddiy ishlab chiqarishning birinchi asosiy manbai hisoblanadi. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog`i bo`lib, sanoatning xududiy joylashishini, turli davlatlar va rayonlarda sanoatning joylashish qonuniyatlarini, sharoitini va o`ziga xos hususiyatlarini o`rganadi.
Sanoat geografiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Sanoat rivojlanishiga sezilarli ta`sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tavsiflash; sanoat rayonlari, tugunlari va markazlarining shakllanish omillarini o`rganish; ayrim sanoat tarmoqlarining xolatiga va joylashishiga ta`sir etadigan texnik-iqtisodiy sharoitni tadqiq qilish; tarmoqlararo va rayonlararo aloqalarni o`rganish; mamlakat xalq xo`jaligida va iqtisodiy rayonlar shakllanishida sanoat joylashishining ahamiyatini aniqlash.
Har qanday mamlakat sanoatining asosini industrlashtirish darajasi tashkil qiladi.
Industrlashtirish deganda ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida fan va texnikaning yutuqlaridan foydalanib, zamonaviy korxonalar qurib, rivojlangan sanoatni tashkil qilish tushuniladi. Industrlashtirish muayyan tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga va xalqaro vaziyatga bog`liq.
Dastlab industrlashtirish Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu yerda industrlashtirish to`qimachilik sanoatda qo`l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyin og`ir sanoatni industrlashtirish amalga oshirildi. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanib to`qimachilik sanoatini industrlashtirishdan tezlik bilan og`ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qildilar.
Sanoatni (ishlab chiqarishni) tashkil qilishning asosiy shakllari (markazlashuv, kombinatlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlashuv) 4.3. bo`limda ko`rib chiqildi. Endi sanoatning tarkibiy qismlari va to`zilishini ko`rib chiqamiz.
Sanoat og`ir va yengil sanoatga bo`linadi. Og`ir sanoat asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqdardan iboratdir, ya`ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jixozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xom ashyo, yoqilg`i va h.k.) ishlab chiqariladi.
Og`ir sanoat mehnat predmetlarini (foydali qazilmalar, yog`och, gidroenergiya resurslari) tabiatdan oladi. Shuning uchun uning katta qismini undiruvchi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Uning qolgan katta qismini esa ishlov berish sanoati tarmoqlari (qora va rangdor metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika va h.k.) tashkil qiladi.
Og`ir sanoatda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish («A» guruh) bilan birga iste`mol mollari ham ishlab chiqariladi («B» guruh). Shuning uchun og`ir sanoat maxsulotlari faqat sanoatda emas, balki aholining kundalik turmushida ham ishlatiladi.
Yengil sanoat ijtimoiy ishlab chiqarishning ikkinchi bo`limiga («B» guruhi) kiruvchi keng xalq iste`mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlar guruhidan iborat. Asosiy tarmoqlari: ip-gazlama, zig`ir, jun, trikotaj, teri, poyafzal, mo`ynachilik, mebel, galanteriya va boshqalar.
Yuqorida eslatib o`tganimizdek, sanoat yana undiruvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga ham bo`linadi.
Undiruvchi sanoat turli xil xom ashyo va yoqilg`ini qazib oladigan hamda tayyorlaydigan tarmoqlardan iborat. Ushbu sanoatning asosiy tarmoqdari quyidagilardan iborat: tog`-kon sanoati, yog`och tayyorlash, baliqchilik, ovchilik va boshqalar. Tog`- kon sanoati foydali qazilmalarni qidirish, qazish va boyitish bo`yicha ishlab chiqarish tarmoqlarini o`z ichiga oladi. Unga quyidagilar kiradi: yoqilg`i-energetika xom ashyosi, qora va rangli, qimmatbaho, kamyob hamda radioaktiv metall rudalari, tog`-kimyo (apatitlar, fosforitlar, kaliy tuzlari, oltingugurt) xom ashyosi va qurilish materlarini qazib olish. Tog`-kon sanoati kon sanoatining tarkibiga kiradi. Kon sanoati o`z navbatida tog`-kon va qayta ishlash sanoatini o`z ichiga oladi.
Xom ashyoga ishlov beradigan yoki uni qayta ishlaydigan sanoat tarmog`i ishlov beruvchi sanoat tarmog`i deb ataladi.
Xom ashyo asosan tog`-kon sanoati, qishloq xo`jaligi, urmon xo`jaligi, balikchilik va boshqa tarmoqlarda qazib olinadi va tayyorlanadi. Xom ashyo sintetik yo`l bilan ham olinadi.
Ishlov beruvchi sanoatga quyidagilar kiradi: mashinasozlik metalga ishlov berish, qora va rangli metallurgiya neftni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika elektron yog`ochni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qog`oz ishlab chiqarish, to`qimachilik, tikuvchilik poyafzal, un, qand, konserva va boshqa sanoat tarqalmoqda.
Sanoatda ishlab chiqariladigan maxsulot tan narxining asosi qismini xom ashyoga va unga ishlov berishga ketgan sarf-harajatlar tashkil qilsa, bundan sanoat ko`p mablag` (material) talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi.
Unga sanoatning quyidagi tarmoqlari kiradi: tuqimachilik, tikuvchilik, oziq-ovqat, mashinasozlik va kimyo (fosforli va kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarish) sanoatining ko`p tarmoqlari kiradi. Masalan, tikuvchilik harajatlarning 80 foizdan ortig`ini, oziq-ovqat sanoatida harajatlarning 80 foizini xom ashyo tashkil qiladi. Ayrim mablag` (materialni yoki xom ashyoni) ko`p talab qiladigan tarmoqlar xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi.
Maxsulot tan narxida energiya sarf-harajatlari katta bo`lgan ishlab chiqarish ko`p energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Masalan, alyuminiy ishlab chiqarish, qotishmalar ishlab chiqarish va h.k.
Sanoatning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: energetika, mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, o`rmon, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil va maxalliy sanoat. Hozirgi paytda sanoatning elektronika va mikrobiologiya sanoati kabi eng yangi tarmoqlari ham shakllangan.
Sanoat ishlab chiqarishning joylashishiga qarab sanoat rayonlari, tugunlari va markazlariga ajratiladi.
Bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari to`plangan shahar yoki shaharcha sanoat markazi deb ataladi. Ko`p xollarda sanoat markazi ishlab chiqarishni yirikligi bilan ajralib turadi. Sanoat markazi ba`zi xollarda faqat industrial emas, balki transport vazifasini ham o`taydi.
Bir-biri bilan o`zaro bog`langan ishlab chiqarish korxonalari to`plangan xudud sanoat tuguni (o`zeli) deb ataladi.
Sanoat tuguni bitta shahar doirasida ham bo`lishi mumkin, ko`p xollarda u bir necha shaharlardan yoki ishchi shaharchalari bilan o`ralgan shaharlar tizimidan iborat bo`ladi. Sanoat tuguniga kirgan korxonalar yagona transport tarmog`idan, energiya va suv ta`minotining umumiy manbalaridan birgalikda foydalanadi (ba`zan xom ashyo resurslari ham umumiy bo`ladi), mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to`laroq jalb qiladi. Bularning hammasi mehnat unumdorligini oshirishga, mablag`larni tejashga, korxonalar eg`allaydigan maydonlarni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari — sanoat korxonalarini joylashtirishning ilg`or usulidir.
Sanoat tugunlari va markazlari to`plangan xududlar sanoat rayonlari deb ataladi. Maxsulot ishlab chiqarishda u yoki bu sanoatning salmog`iga qarab, undiruvchi sanoat yoki ishlov beruvchi sanoat rayonlari ajratiladi. Ularning katta-kichikligi har xil bo`ladi. Yengil sanoatda keng iste`mol mollari ishlab chiqariladi va u quyidagi tarmoqlardan iborat: ip-gazlama, jut, jun, trikotaj, ko`n, poyabzal, mo`yna va boshqalar.
Yengil sanoatga xom ashyoni asosan qishloq xo`jaligi yetkazib beradi (paxta, zigir tolasi, jun, ko`n (teri, mo`yna), Hozirgi paytda kimyo sanoati maxsulotlari ham yengil sanoat xom ashyosi bo`lib hisoblanadi (sun`iy tola).
Ip-gazlama, jun gazlama, shoyi va zigir tolasidan gazlama ishlab chiqarish to`qimachilik sanoatini tashkil qiladi.
Gazlama to`qish jarayoni bir necha boskichlardan iborat:
— xom ashyoga dastlabki ishlov berish boskichi, paxta tozalash, zigir tolasiga ishlov berish, jun yuvish (pillachilik korxonalarida amalga oshiriladi);
— ip yigirish bosqichi (ip yigiradigan korxonalarda amalga oshiriladi);
— gazlama to`qish bosqichi (to`qimachilik korxonalarida amalga oshiriladi);
— pardozlash bosqichi (bo`yash va gul bosish sexlarida amalga oshiriladi).
Ushbu barcha bosqichlar aloxida-aloxida joylashgan yigirish, to`qish yoki pardozlash fabrikalarida amalga oshirilishi mumkin, ammo transport harajatlari (har bir fabrikadan yuklarni olib ketish va tushirish) maxsulot tannarxini oshirib yuboradi. Demak, to`qimachilik ishlab chiqarishini bir korxonada — kombinatda to`plash foydaliroq bo`ladi.
Xom ashyoga dastlabki ishlov berish korxonalari xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi. To`qimachilik korxonalarida ko`proq ayollar ishlaydi, shuning uchun ushbu sanoatni aholi ko`p to`plangan shaharlarda va og`ir sanoat rivojlangan xududlarda joylashtiriladi.
Trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarini joylashtirishda ular maxsulotlaridan foydalanadigan xududlar hisobga olinadi. Chunki bu sanoat uchun kerak bo`lgan kalavalarni tashish tayyor maxsulotni tashishdan qo`layroq va arzonroq.
Demak, to`qimachilik sanoati korxonalarini joylashtirishda iste`molchilar, mehnat resurslari va xom ashyo manbalari hisobga olinadi.
Yengil sanoatning eng muhim tarmoqlaridan biri ko`n-poyabzal sanoatidir. Tabiiy ko`n (teri) bu sanoat tarmog`i uchun xom ashyo bo`lib hisoblanadi. Bundan tashqari, sun`iy teri, rezina, parusina (kanopdan to`qilgan dag`al qalin mato), jun (piyma uchun) ham xom ashyo sifatida ishlatiladi. Chorvachilikning turli xududlarda ixtisoslashuviga qarab, ushbu sanoatning xom ashyosi xilma-xil bo`ladi. Ko`n sanoatini joylashtirishda xom ashyo manbai muhim o`rin tutadi. Ammo go`sht kombinatlarining chiqindisi hisoblangan terilar ham bu sanoatni joylashishiga ta`sir ko`rsatadi. Poaybzal sanoati iste`molchiga yaqin joylarda barpo etiladi.

Yüklə 149,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə