Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Hozirgi paytda tarbiyaning quyidagi printsiplariga amal qilish tavsiya etiladi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə39/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Hozirgi paytda tarbiyaning quyidagi printsiplariga amal qilish tavsiya etiladi:

  • Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi,

  • Tarbiyaning insonparvarlik va demokratik printsipi,

  • Tarbiyaning hayot bilan, amaliyot bilan bog’liqligi printsipi

  • Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi printsipi.

  • Tarbiyada o’quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish printsipi,

  • Izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi printsipi,

  • Bola shaxsini hurmat qilish va talabchanlik printsipi,

  • Mustaqillik, havaskorlik va tashabbuskorlikni o’stirish printsipi

Tarbiyaning ma’lum maksadga qaratilganligi printsipi: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi printsipi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko’ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad ma’naviy etuk, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni, komil insonni shakllantirishdan iboratdir. Shunga ko’ra tarbiya mazmuni, shakli, usullari shu maqsadga qaratilgandir. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o’ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga mo’ljallanadi, g’oyaviy-siyosiy darajasini ko’taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofiq keladi. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiklik printsipi; tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o’zligini anglash huquqini ta’minlaydi.
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish har bir bolaning o’ziga xosligini hurmat qilish uning ijtimoiy huquqi va Erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo’yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasidagi o’zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə