Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə44/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

4. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari.
Tarbiyalanuvchini ijobiy fazilatlarga yo’naltirish, da’vat etish, sabab bo’lish, ishtiyoq va havas uyg’otuvchi metodlar bu toifaga jamlangan, tarbiya tajribasida ko’p qo’llaniladigan va yaxshi natijalar beradigan metod hisoblanadi. Bu guruhga musobaqalar uyushtirish, rag’batlantirish va jazolash kiradi.
Insonning ongli hayoti davomida boshqalardan ustun bo’lishiga, raqobatga unda muvafaqqiyat qozonishga, birinchilar safidan o’rin olishga intilib yashaydi. Bu his yosh bolalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Musobaqa metodi shu holatga asoslanadi. Yoshlar tarbiyasining hamma yunalishida sog’lom musobaqa uyushtirish va ularning hayotiga qiziqarli va sermazmun hamda zavqli qiladi. Faqat musobaqa hosil bo’lishi, natijalarning oshkora va taqqoslanish, aniq qoidalarga itoati zarur.
Ta’limiy ishlarda musobaqa o’ta hushyorlik bilan barcha tomonlarni chuqur o’ylagan holda tashkil qilishi darkor. Aks holda o’quvchilarni murakkab holatlarga tushirib qo’yiladi.
Musobaqa yakka tartibda yoki jamoa darajasida uyushtiriladi. Uning natijalari tez va to’g’ri baholanganda yoshlardagi ijobiy fazilatlarni kuchaytiradi.
Rag’batlantirish-tarbiyalanuvchi xulq-atvoriga beriladigan ijobiy baho bo’lib ezgulikka, komillika undovchi va etaklovchi usuldir.
Rag’batlantirish xaqkoniy, meyoriy va aniq o’z vaqtlarida oshkoro amalga oshirilganda samarali bo’ladi. Rag’batlantirishning bir qancha turlari bor. Ularga ma’qullash, maqtash, ishonch bildirish, namuna qilib ko’rsatish, minnatdorchilik, raxmatnoma e’lon qilish, mukofotlashlar kiradi. Mukofotlash o’z navbatida faxriy yorliq, maqtov qog’ozi, diplom, ko’krak nishonlari, o’quv jixozlari, sovg’a va yodgorliklar, pul, chet ellarga yuborish va hakozo tarzda bo’ladi. Mukofotlashda aniq me’yorga rioya qilish zarur. Me’yorga etmaganda o’quvchining xafsalasi pasaytirilsa ortiq bo’lganda ta’magirlikka o’rgatib qo’yish xavfi tug’iladi.
Jazolash-tarbiyalanuvchidagi salbiy xususiyatlarga berilgan baho va uni to’zatish yo’llarini aniq ko’rsatib beruvchi usullar yig’indisidir. Jazolash ham o’z vaqtida ma’lum me’yor doirasida bo’lishi zarur. Pedagogika fanida jazolashni quyidagi turlaridan foydalanish lozimligi ta’qi-qlanadi. Tartibga chaqirish, e’tiroz bildirish, uyaltirish, ogohlantirish, do’q-pupisa, xayfsan, jamoa orasida muhokama qilish, jamoadan chetlashtirish, axloq tuzatish muassasalariga o’tkazish. Tan jazosi berish, ma’naviy taxqirlash, kamsitish pedagogik jarayonda qo’llanilmasligi zarur. Lekin amaliyotda ba’zan jazoning bu turlari berilganligi uchrab turadi. Pedagogik mahorati past bo’lgan tarbiyachilargina bu holatga tushadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə