Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Ijtimoiy pedagogikaning predmeti. Ijtimoiy pedagogika kategoriyalari va prinsiplari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə49/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

1.Ijtimoiy pedagogikaning predmeti. Ijtimoiy pedagogika kategoriyalari va prinsiplari


Har bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizkmi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi.
Har qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan.
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari


Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.
▪ Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪ bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiypedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪ ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy xulk.atvorning me’yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o`zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o`zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo`lganda — juda zarur bo`ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.
Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo`lib kelgan.Shu bilan birga,
“tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug`aviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, qadriyatlar, u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko’rib chiqish lozim. Boshqa so’zlar bilan ifodalaydigan bo’lsak ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo’naltirishdir. Bu sharoitlar individual va guruxiy sub’ektlarning uchta o’zaro bog’liq va shu paytning o’zida mazmuni, shakli va usuli jixatidan nisbatan mustaqil bo’lgan jarayonlarni qamrab
oladi: bolalar, o’smirlar, o’spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual yordam ko’rsatish.

bilishi, o’z-o’zini

anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir.

Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi

Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z- o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o’z- o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bosg’iq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko`rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. - Umuman olganda, o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni,xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. O’zaro munosabat jarayonida amalga
oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
“Ijtimoiy” tushunchasi (lotincha socialis – umumiy, jamoatchilik) insonlarning birgalikdagi hayoti bilan bog’liq bo’lib, ularning muomala va bir-biriga ta'sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi. Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha. Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə