Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


O‘smirlarda deviant xulq-atvor sabablari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə57/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

O‘smirlarda deviant xulq-atvor sabablari
Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi:irsiy avloddan-avlodgao‘tuvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog‘liq. Voyaga etmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Biologik omil. Bola organizmini noqulay fiziologik yoki anatomik xususiyatlari mavjud bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetik, avloddan avlodga o‘tuvchi xususiyatlar. Ularga aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar, asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto‘g‘ri ovqatlanish, onaning ichkilikbozlik, chekishga ruju quyishi, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar;

  • inson organizmiga ta’sir etuvchi psixo-fiziologik og‘irtashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, somatik, allergik kasalliklari turlari olib kelishiga sabab bo‘ladi.

  • Fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstitutsion- somatik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda negativ holatlarni yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o‘z tengdoshlari, jamoa o‘rtasidagi chekkaga chiqish, turtilishga olib keladi.

    1. Psixik omil. Bola psixopatologiyasidayoki aksentuatsiyasida (haddan tashqari zo‘riqish) xarakterining alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu hulqiy og‘ishganlik bola asab- ruhiy kasalliklar psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi. Aksentuirlashgan xarakter xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiyijtimoiy reabilitatsiyaga muhtoj va tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarning ko‘rilishini talab etadigan bolalardir.

    2. Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila, maktab va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘ladi. Bu omil bolani erta ijtimoiylashuvdan og‘ishganlikka, bolalik davridayoq maktabda o‘zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo‘sh qo‘yish) olib keladi. O‘smirda maktabga bo‘lgan ongli ravishda qiziqishning shakllanmasligi motiviga sabab Суицид (инглиз тилидан suicide – ўлдириш - ўз-ўзини ўлдириш ҳаракати, кучли руҳий ҳолатда ёки психик касаллик таъсирида инсоннинг ўзўзини ўлдириши) соматик (Юнон тилидан sоma- тана) тана билан боғлиқ, организмдаги п сихикага қарама-қарши бўлган ҳолат.

Характер акцентуацияси – характернинг алоҳида хусусиятларининг ўтакучлиифодаланишиқуйидаги типлари ажратилади:
bo‘ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo‘luvchi, maktab baholariga befarq bo‘ladigan, o‘quv dezadaptatsiyasiga uchrovchi bo‘ladilar.
-O‘quv dezadaptatsiya – bolaning maktabga bo‘lgan umumiy qiziqishini saqlanishida bir yoki ikki fanni o‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelgan holatidir.

  • maktab dezaptatsiya – bolaning yosh xususiyatida ta’lim olishidagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda xulqiy buzilish holatlari o‘qituvchilar, sinfdoshlari bilan janjalli vaziyatlar ko‘rinishida o‘ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo‘ladi.

  • ijtimoiy dezadaptatsiya – bolaning o‘qishga bo‘lganqiziqishi, maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari, turli asotsial jamoalarga kirib ketish, spirtli ichimliklarga, giyohvandlik moddalariga qiziqishining ortishi bilan namoyon bo‘ladi.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og‘ishganlik omillarga yomon oilalar sabab bo‘ladi.
SHunday oilaviy o‘zaro munosabatlar usullari mavjudki, ular voyaga etmaganlarning assotsial xulq-atvorining shakllanishiga olib boradi:
1. Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining disgarmonik usuli. Bu usul o‘zida bir tomondan, bola istaklariga ko‘ra bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bolaning janjalli vaziyatlarga yoki oilada ikki xil axloqiy qarash mavjudligi: oila uchun boshqa, jamiyat uchun umuman boshqacha bo‘lgan tarbiyaviy holatlar.
2.Barqaror bo‘lmagan, janjalli usul noto‘liq oilalarga tarbiyaviy ta’sir etuvchi, er- xotin ajralishi, ota-ona va bolalar uzoq muddat alohida yashashlari sababli yuzaga keladi.
3.Munosabatlarning assotsial usuli yomontashkil etilgan oilalarda, doimiy spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, axloqsizlik, ota-onaning jinoyatchilik xulq-atvori, “oilaviy qahri qattiqlik” va zo‘ravonlik kabi illatlarda yuzaga keladi.
Qahrli munosabatlar (haqorat, xo‘rlash) deb bolaga g‘amxo‘rlik qiluvchi, qaramog‘iga olgan odamlar tomonidan zarar etkazilishining ko‘pgina harakatlariga aytiladi.Bu harakatlargabolalar jismoniy zarar etkaziluvchi jismoniy, emotsional (hissiy), jinsiy qiynoqlar bilan azoblash,
ko‘p takrorlanuvchi noo‘rin jazolar kiradi.
Qahrli munosabatlarga bolalar uyda, oilada, ko‘chada, maktabda, bolalar mehribonlik uylarida, kasalxona va boshqa bolalar muassasalarida duch kelishlari mumkin.
SHunday holatlardagi bolalar, xavfsizlik hissini sezmaydilar. Ularning me’yoriy rivojlanishida bu hissiyotning ahamiyati katta.
Bu esa bolalaga uni o‘zi haqida, men yomonman,hechkimgakerakmasman, sevimli emasman deb o‘ylashlariga sabab bo‘ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog‘lig‘iga katta zarar etkazadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanligida xavf tug‘diradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlikka sabab bo‘ladi. Jamiyatni boy va kambag‘allar, jamiyat uchun eng ahamiyatli aholining kambag‘allashuvi, ishsizlik kabi qatlamlarga ajratadi. Ijtimoiy qabul qilingan halol ish haqqini (qonuniy) olish usullarining cheklanishi, inflyasiya va ijtimoiy tartibbuzarlikka olib keladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə