Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Bolalar ichkilikbozligi – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə58/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Bolalar ichkilikbozligi – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida


Bugungi kunda bolalar alkogolizmi eng jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolaridan biridir. Bumuammo madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ildizlarga ega. Bu muammoga qarshi kurashishda samarali chora-tadbirlar kurishda bu muammoning tarixini bilish muhimdir. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish odati 8 ming yil ilgari vujudga kelgan. Arab kimyogari
Albukazis Koza tomonidan ishlab chiqilgan turli o‘simlik moddalarining achishi sababli hosil bo‘ladigan etil spirti keng tarqalib iste’mol etila boshlandi. Aroq VI asrda kashf etilgan. Aroq benedektin-manaxi tomonidan barcha monastirlarda tarqatila boshlandi. Hokimlar hamma vaqt ichkilikbozlikka qarshi kurashib kelganlar. Spirtli ichimliklarni sotishni mann etuvchi qattiq qarorlar chaqarib, nazorat qilganlar. Ivan Grozniy, Boris Godunov, Ekaterina II lar davrida spirtli
ichimliklarni iste’mol qilish va tarqatishga qarshi chiqargan farmonlari bu ichimliklarning to‘la yo‘qotilishiga erishilmadi va aholining ichkilikbozlik muammosi hal etilmadi. Bunga qator sabablar ham mavjud edi. Birinchisi – ichkilikbozlikodamlarni jamiyatda mavjudmuammolardan chalg‘ituvchi voqelik sifatida o‘rin tutardi. Ikkinchi sabab – spirtli ichimliklarni sotishdan davlatga katta moddiy manfaat bor edi va mavjud. Sobiq Ittifoq davridagi statistik hisobotlarda, 1980 yil 1950 yilga nisbatan, 10,4 barobar ortiq spirtli ichimliklar ko‘proq iste’mol qilingan. Bu ma’lumotga uyda tayyorlangan aroq, musallas va sharoblar kiritilmagan. Sotsiologlarning fikricha, jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili jon boshiga 8 litr spirtli ichimligi to‘g‘ri keladi. Bu millatlarning genofondi o‘zgarishiga olib keladi. Bu holatda sog‘lombolalarga nisbatan ruhiy, jismoniy og‘ishgan, nosog‘lom bolalarni spirtli ichimliklarga juda yosh davrlaridan va tez o‘rganib qolishi juda xavotirli omillardandir. Alkogolizmning bir necha belgilari mavjud. Tibbiy nuqtai nazardan alkogolizm surunkali kasallik bo‘lib, davolanishi zarur. Ijtimoiy jihatdan alkogolizm - shaxsni deviant (xulqiy og‘ishganlik) hulq-atvorining shakli bo‘lib, shaxsni ijtimoiy degradatsiyalash, spirtli ichimlikka qarshi davolash patologiyasi bilan xarakterlanadi.
Alkogolizm rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida insonalohida kasalmand ahvolga tushadi. Doimiy ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasidakasallik rivojlanibichkilikbozlik deb nomlanuvchi holatga olib keladi. Bu ikki ichkilikbozlik va alkogolizm holati bir-biri bilan o‘zaro aloqador bo‘lib, quyidagi holatlarga sabab bo‘ladi: jinoyatchilik, huquqbuzarlik, ijtimoiy parazitizm (tanballik), ma’naviy ahloqsizlik, hulq-atvor buzuqligi, o‘z- o‘zini o‘ldirish. Bolalar alkogolizmiga 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlardagi kasallikning birinchi ko‘rinishldari kiritiladi. Kattalarga nisbatan bolalar alkogolizmi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
Spirtli ichimliklarga tez o‘rganib qolish. Agar kattalarda ichkilikbozlikdan alkogolizmgacha bo‘lgan davr5-10 yil bo‘lsa, bolalarda surunkali alkogolizmga o‘tish 3-4 marta tezroq yuz berishi mumkin. Bu bolalar organizmining anotomik-fiziologik tuzilmasiga bog‘liq. Деградация - (французча degradation) – доимий ёмонлашиш, оғирлашиш, тушиш, ҳаракатнинг орқага кетиши

Bolalar miyasikattalardan farqli ravishda, suvga boy, oqsilning kamligi, suvda esa alkogol yaxshi erishi va organizmga tez singishi, uning 7 % foizi faqatgina o‘pkava jigarda qolishigaolib keladi. Qolgan 93 % barcha organ va tizimlarni ishdan chiqaruvchi zahar sifatida tarqaladi.
Bola bu zaharga tezda o‘rganib qolishiga olib keladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə