Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə50/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati.Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar).
O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga kiyin vaziyatlarni yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shartsharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`kib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`kishini davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola kanday ukiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axlokiy rivojlanishiga yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.SHuning uchun xakikiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot kila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bulishi muxim axamiyatga ega.
Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xakikiy fuqaro bo`lib yetishadi.
Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi.
Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, kunikma va malaka, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U bulajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g`oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib xizmat kilsin.
Ta’limda xayot tajribasiga ega bulish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni takozo etadi:

Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so`zidan olingan bo`lib, avvalo o`qituvchi ma’nosini anglatadi. SHu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so’ng aynan o`qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo`lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni kayta tayyorlash buyicha kurslar tinglovchilarining aksariyat kismini xam o`qituvchilar tashkil etadi.
O`z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o`ziga xos xususiyatlarini aniklashga imkon beruvchi bir kator tafovutlarga xam ega. O`qituvchi o`zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o`rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning dikkat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berish turadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə