Mavzu: poyaning morfologik tuzulishi



Yüklə 108,89 Kb.
səhifə2/11
tarix22.03.2024
ölçüsü108,89 Kb.
#180709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BIOLOGIYA KURS ISHI ODINA

Kurs ishining vazifalari: Yuqorida qayd etilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar rejalashtirildi va bajarildi:

  • poyaning morfologik tuzilishi va tiplari haqida nzariy ma’lumot o’rganish;

  • poyaning birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilishini ko’rib chiqish;

  • poyaning xilma-xilligini ko’rib chiqish va amaliy o’rganish;

  • poyaning hayot kechirish davriga qarab turlarga ajratish.

Kurs ishining tarkibiy qismi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, 4 ta paragraf, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan va 25 sahifadan iborat.


ASOSIY QISM
1. Poyaning morfologik tuzilishi va tiplari

Poya (caulis) - oʻsimlikning shox, barg va gullari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. Poya ildiz bilan barglar


orasida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi
metamorfozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jin-galagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini bajaradi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan Poyalar bor.
Poya silindrsimon, koʻp kirrali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan Poya boʻyiga oʻsadi; baʼzi o’simliklar (mas, gʻalladoshlar) Poyasi boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham o’sadi. Poyaning bo’yi, yugʻonligi turlicha.
Yo’sinlar Poyasining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10-12 m. Lianalar Poyasi 200-300 m keladi. Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruhlariga ko’ra, sodda yoki murakkab bo’ladi. Mas, tuban yusinlar Poyasi faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yo’sinlar Poyasi qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, plaunlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan.
Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi. Qirqqulokdar Poyasining markazi Narvonsimon joylashgan traxeidalardan tuzilgan ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi. Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan oʻralgan.
Birlamchi qobiqning eng ichki - peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb ataladi. Urugʻli oʻsimliklar poyasining poʻstlogʻi ostida parenxima hujayralaridan iborat birlamchi qobiq boʻlib, uning endo-dermasi markaziy silindrni oʻrab turuvchi peritsikl bilan chegaralanadi. Poyaning dastlabki rivojlanish bosqichida peritsikl ostida yupqa pardali uzunchoq hujay-ralardan iborat hosil qiluvchi to’qima - prokambiy vujudga keladi.
Poyalarning uzun-qisqaligi ham turlicha. Ayrim o‘simliklarda ular bir necha mm bo‘lgani holda, qarag‘ayda 50 m, oq qarag‘ayda 70 m, sekvoyyadendronda 135 m, evkaliptda 150 m gacha etadi. Shuningdek, poyaning yo‘g‘onligi ham
turli - tuman. Zarpechak poyasi bir necha mm, chinorniki 5-6 m, Afrikada o‘suvchi boabab daraxtiniki 10-12 m, sekvoyya dendronniki 13 m gacha bo‘ladi.
Poyasining tipi va hayotining uzun-qisqaligiga qarab, barcha gulli
o‘simliklar: daraxt, buta, chala buta va o‘t o‘simliklarga bo‘linadi.
Daraxtlarning asosiy tanasi yaxshi rivojlangan va yog‘ochi ikkilamchi tartibda yog‘ochlanib yo‘g‘onlashgan ko‘p yillik o‘simliklardir. Shuningdek,
shox-shabbasi yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Daraxtlarning umri ko‘pchiligida
200-300 yil bo‘lgani holda, ayrimlarida o‘nlab asrlarga etadi. Xususan, eman 1500, sarvi va savr daraxtlari 3000, boabab 5000, sekvoyyadendron ayrim manbalarda 8000 yil yashashligi ko‘rsatilgan. Tik poyali daraxtlar turli shakldagi shox-shabbalar shakllanadi va u o‘simlikning tashqi qiyofasini namoyon qiladi. Sarvi, piramidal eman, terak piramida shaklida, yong‘oq, qayrag‘och, chinor yoyiq shabba hosil qiladi. Yorug‘lik ko‘p, namlik taqchil bo‘lgan savannalarda yopiq shabbali daraxtlar o‘sadi.
Butalar ham ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, ularning ham tanasi ikkilamchi tartibda yo‘g‘onlashgan, lekin daraxtlardan farqli ravishda tanasi bir nechta bo‘ladi. Ular yer yuzasidan boshlaboq shoxlaydi va bo‘yi 4-5 m dan oshmaydi. Bodom, siren, na’matak, zirk, uchqat butalarga misol bo‘ladi. Bo‘yi 1 m dan oshmaydigai butalar ham bo‘lib, ular butacha deb yuritiladi. Boyalish, teresken kabi O‘rta Osiyo cho‘llarida o‘sadigan o‘simliklar butachalarga misol bo‘ladi.
Chala butalar ham ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, butalardan farqi shuki, ular poyasining faqat pastki qismi yog‘ochlangan bo‘lib, yog‘ochlanmagan yuqorigi qismi qishda nobud bo‘ladi. Shuvoqning cho‘lda o‘sadigai turlari, astragal, izen chala butalarning tipik vakilidir.
O‘t o‘simliklarning yer usti organi vegetatsiya davrining oxirida batamom nobud bo‘ladi. Bu guruh o‘z navbatida bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘simliklarga bo‘linadi.
Bir yillik o‘simliklar o‘z hayot siklini bir vegetatsiya davomida, ya’ni bahorda boshlab kuzda tugatadi. Bularga g‘alla ekinlari va qator madaniy o‘simliklar misol bo‘ladi.
Ikki yillik o‘simliklarning hayot sikli birinchi yili tugallanmay, ikkinchi yili ham davom etadi. Birinchi yili ular odatda, faqat to‘pbarg yoki qisqargan poya hosil qiladi. Ikkinchi yili poya chiqarib gullaydi, meva tugadi va keyin nobud bo‘ladi. Sabzi, lavlagi, karam, sachratqi va ko‘pgina yovvoyi o‘tlar ikki yillik o‘simliklardir.
Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning hayot sikli bir necha yil davom etadi. Ularning er ustki qismi qishda nobud bo‘lib, qishlovchi piyozbosh, tugunak va ildizpoya-laridan bahorda qayta o‘sib chiqadi. Ularning ayrimlari o‘n yillab yashaydi (tovsag‘iz). Ko‘p yillik o‘tlarga beda, sebarga, ayrim g‘alladoshlar (suvbug‘doyiq, oqso‘xta) misol bo‘ladi.



Yüklə 108,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə