Mavzu: poyaning morfologik tuzulishi


-rasm. Javdar poyasining ko’ndalang kesimi



Yüklə 108,89 Kb.
səhifə6/11
tarix22.03.2024
ölçüsü108,89 Kb.
#180709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BIOLOGIYA KURS ISHI ODINA

1-rasm. Javdar poyasining ko’ndalang kesimi.
1-epiderma;
2-sklerenxima;
3-xlorenxima;
4-yopiq kollateral bog’lam;
5- asosiy parexmima;
6- bo’shliq.


Kambiy. Kambiy yupqa qobiqqa ega bo’lgan cho’ziq to’g’ri to’rburchak shakldagi hujayralardan iborat. Uning tangental yo’nalishida bo’linishi natijasida yog’ochlik va lub elementlari hosil bo’ladi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, yog’ochlik elementlari ko’proq sonda hosil bo’ladi. Kambiy halqasida hujayralar soni ortishi ularning radial yo’nalishida bo’linishi hisoblanib, natijada poyaning cheksiz yo’g’onlashish imkoni yaratiladi. Kambiyning ishlash faoliyati yil davomida bir xil emas. U ayniqsa bahor faslida ancha aktiv bo’lib, keyinchalik uning faoliyati sekin-asta susayadi va kuzga borib butunlay to’xtaydi.
Poyaning ikkilamchi tuzilishi. Poyaning ikkilamchi tuzilishiga o’tishi uning birlamchi tuzilish xususiyati bilan chambarchas bog’liq va u uchta asosiy turga ajratiladi: boylamli. Oraliq va boylamsiz. Daraxt o’simliklar bilan o’t o’simliklar poyalarining ikkilamchi tuzilishida ham o’ziga xos farqlar kuzatilib, u poyalarning har xil muddatlarda hayot kechirishi bilan bog’liq. O’rtacha kengliklardagi bir yilik o’t o’simliklarda har yili vegetatsiya davrining oxirida poyasi qurib qoladi. Daraxtlarpoyasi esa ko’p yillik umr ko’radi.



2-rasm. Jo’ka poyasining har xil darajadagi ko’ndalang kesimi.
A) prokambiy xosil bo’lish bosqichi;
B) kambiy hosil bo’lishi;
V) shakllangan tuzilishi;
I. 1-prokambiy;
2-epiderma qoldiqlari;
3-po’kak;
4-kollenxima;
5-po’stloq parenximasi;
6-endoderma;
7-peritsiklik zona;
8-birlamchi flozma;
9-lub tolalari;
10-elaksimon naylar;
11-o’zak nur;
12-kambiy;
13-kuzgi yog’ochlik;
14-bahorki yog’ochlik;
15-ikkilamchi yog’ochlik;
16-birlamchi yog’ochlik.
Boylamli tur. Bunday tuzilish poyaning birlamchi tuzilishida bir-biridan ajralgan o’tkazuvchi boylamlarga ega bo’lgan o’simliklar sebarga, tok uchun xosdir. Ikkilamchi tuzilishga o’tishda kambiy ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublarni hosil qiladi. O’tkazuvchi boylamlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy to’qima hujayralari boylamlararo kambiyni hosil qiladi. U o’z navbatida o’zak nurlari parenximasiga ajraladi. Shuning uchun ham yaxlit kambiy halqasi hosil bo’lishiga qaramay o’tkazuvchi boylailar ikkilamchi tuzilishida ajralgan holda qoladi. Ba’zi o’simliklarda boylamlararo kambiy ancha sust rivojlangan.

Yüklə 108,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə