Mavzu: poyaning morfologik tuzulishi


Poyaning bilamchi anatomik tuzilishi



Yüklə 108,89 Kb.
səhifə3/11
tarix22.03.2024
ölçüsü108,89 Kb.
#180709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BIOLOGIYA KURS ISHI ODINA

Poyaning bilamchi anatomik tuzilishi
O’simliklar poyasi ular qaysi sistematik birlikka kirishiga (tuban va yuksak, bir va ikki urug’pallali ) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o’t, buta yoki daraxt) bolishiga qarab turlicha tuzilgan bo’ladi. Daraxtlar tanasini tuzilishi bir yillik o’to’simliklar poyasining tuzilishidan tubdan farq qiladi.
Poyaning yuzasi bir qavat hujayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida ko’p qavatli tirik hujayralardan hosil bo’lgan po’st parenximasi (asosiy to’qima) joylashgan. Po’st ostidagi qavat lub(floema), un dan ichkarida kambiy, kambiydan keyin esa yog’ochlik (ksilema), uning o’rtasi-da o’zak joylashgan.
Yozning ikkinchi yarmidan tutning poyasi po’sti sirtida qo’ng’ir rangli yasmiqachalar xosil bo’ladi. Poya ichidagi tirik hujayralar ana shu yasmiqchalar orqali nafas oladi. Po’st asta sekin po’klasha boradi va po’stloq hosil qiladi. Po’kak qalinlashgan sari po’stloqdagi tirik hujayralar kamaya boradi. Tanada va eski shoxlarda po’stloq qavati qalin bo’ladi. Qalin po’stloq ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kassaliklar ta’siridan himoya qoladi. Tut novdasining po’stlog’i egiluvchan va pishiq bo’ladi. Uning pishiqligi lub tolalariga bog’liq. Bu tolalar hamma o’simliklarda ham bir xil rivojlangan bo’lmaydi. Tut daraxtida lub tolalari juda ko’p.
Lub tolalari kanop, zig’ir poyasida yaxshi rivojlangan bo’lib, ulardan ip, kanop tayyorlanadi, arqon, qop, gazlama to’qishda ishlatiladi. Lub tolalari orasida teshikli to’siqlar bilan bo’lingan.cho’ziq ingichka naychalar bo’ladi. Ular elak-simon naychalar deyiladi. Bu naychalar orqali bargdan o’simlikni boshqa organ-lariga organik moddalar o’tadi. Po’stloq shilinib olinsa, novdaning yog’ochlashgan oq rangli qismi qoladi. O’simlikalrning yog’ochlashgan bu qismi ularning turiga qarab qattiq (qayrag’och, zarang, saksovul, yulg’un, yong’oq, eman, o’rik), yumshoq (tol, terak, jiyda), og’ir va yengil bo’ladi. Yog’ochi qattiq daraxtlardan mebel va boshqa uy ro’zg’or buyumlari tayyorlashda foydalaniladi.
Yog’ochlik qavati shakli, o’lchami har hil bo’lgan hujayralardan tashkil topgan. Yog’ochlikda uzun naylar bo’lib ular orqali suv va enda erigan mineral tuzlar ildizdan o’simlik o’simlikning barcha organlariga tarqaladi.
Novdadan ajratib olingan po’stloqning ichki silliq, nam va yopishqoq qismida hujayra shirasi (sitoplazma) bo’ladi. Po’stloq bilan yog’ochlik orasidagi yosh, nozik hujayralar kambiy qavatini tashkil qiladi. Mikroskopda ko’rinib turadigan bu hujayralar doimo bo’linib ko’payib turadi. Poya ana shu hujayralar hisobiga eniga o’sadi. Agar yog’chlik ko’ndalangiga kesib qaralsa, uning markaziy qismida joylashgan o’zakni ko’rish mumkin.
Ayrim daraxtlarning o’zagi bo’sh,yumshoq yoki chirigan bo’ladi. Ba’zan esa daraxt tanasining ichi kovak bo’lib qoladi. Yosh novdalarning o’zak hujayralari tirik bo’ladi. Ularda, odatda organik moddalar to’planadi.



Yüklə 108,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə