|
Mavzu: Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Guruh: i-108 Bajardi: Mamasoliyeva O. Qabul qildi: Mirzakarimova Z
|
səhifə | 2/4 | tarix | 19.12.2023 | ölçüsü | 12,6 Kb. | | #152280 |
| Mavzu Publitsistik uslub va uning xususiyatlari Guruh i-108 Ba-muhaz.orgPublisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni gazeta va jurnallarning alohida o`rni bor. O`zbek tilshunosligida gazeta tilini tadqiq etish bo`yicha qator tadqiqotlar yaratilgan. A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli monografiyasida gazeta tilini o`rganishga doir adabiyotlar obzori keltirilgan17. Unda ko`rsatilishicha, o`zbek tilshunosligida gazeta leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal so`z va terminlar qo`llash, «Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi o`rni, janrlari, gazeta tili gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy so`zlar, o`zlashgan leksik qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor masalalari o`rganilgan muhim tadqiqotlar mavjud.
Publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni gazeta va jurnallarning alohida o`rni bor. O`zbek tilshunosligida gazeta tilini tadqiq etish bo`yicha qator tadqiqotlar yaratilgan. A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli monografiyasida gazeta tilini o`rganishga doir adabiyotlar obzori keltirilgan17. Unda ko`rsatilishicha, o`zbek tilshunosligida gazeta leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal so`z va terminlar qo`llash, «Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi o`rni, janrlari, gazeta tili gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy so`zlar, o`zlashgan leksik qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor masalalari o`rganilgan muhim tadqiqotlar mavjud.
A.Boboyeva “gazeta janrlari” mavjudligini tan olgan holda, axborot janrini ajratib ko`rsatadi. Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-publisistik”) diqqatni tortadi31.
Keyingi paytlarda o`zbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, “gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam o`rin egallamoqda. I.Toshaliyev “gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni o`z tasnifida qayd etgan
Dostları ilə paylaş: |
|
|