Mavzu: Qayta topshirish va qayta o’qish. Apellatsiya shartlari. Reja



Yüklə 15,63 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü15,63 Kb.
#165653
  1   2
Q.Sabrina. 3-mavzu


Mavzu: Qayta topshirish va qayta o’qish. Apellatsiya shartlari.
Reja:

  1. Qayta topshirish haqida.

  2. Qayta o’qish haqida.

  3. Apellatsiya shartlari.

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:-talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;-talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib byeradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;-talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, mavzuning mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;-talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, mavzuning mohiyatini tushunmaydi hamda mavzu bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq yoki yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2-martagacha o‘tkazilishi mumkin.Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi.Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.Oraliq nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha fanlar bo‘yicha «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholangan talaba keyingi kursga o‘tkaziladi.Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim.3 tagacha fandan akademik qarzdorligi bo‘lgan bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalarga 1 oy muddat beriladi.
Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.Apellatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellatsiya Apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.Talabaning apellatsiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega.
Oliy ta'lim yangi axborot texnologiyalarini ishlatish asosida ta'limning turli ko'rinishlari, shakllari va usullarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Shularni hisobga olgan holda elektron ta'lim tizimida ta'lim jarayonini tashkil etish aniq tayyorgarlikni talab etadi, ya'ni zaruriy ta'lim darajasiga va moddiy-texnik ta'minotga ega bo'lishni talab etadi.
Elektron ta'limni shakllantirishda Moodle platformasi katta ahamiyatga ega. Moodle platformasining asosiga L.S.Vigotskiy, Djon Dyui, Jan Piaje, Ernst fon Glazerfeld kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar qo'yilgan. Bu tamoyillar asosida Martin Dujiamas (Martin Dougiamas) (Moodle ta'limni boshqarish tizimini yaratish bo'yicha loyiha muallifi va boshlig'i) umumiy "ijtimoiy konstruktivizm" (inson faoliyatida ijtimoiy voqelikning ijtimoiy-psixologik qurilishi jarayonlarini o'rganadigan sotsiologik va psixologik nazariya) nomi ostida tizim asosiga yotqizilgan besh tamoyilni shakllantirdi. Bu tamoyillarni hisobga olib, elektron ta'limning ta'lim sub'ektlari, ular orasidagi aloqa tizimlari va ta'lim jarayoni amalga oshadigan soha kabi asosiy komponentalarini ko'rib chiqish mumkin. Elektron ta'lim modeli asosiy komponent sifatida axborotni maxsus axborot va ta'lim muhitida (virtual) uzatishni nazarda tutadi. Sohaning o'ziga xosligi o'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlariga tubdan ta'sir qiladi: o'quv motivatsiyasi, o'quv holati, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.O'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlari birinchi navbatda Moodle platformasi orqali o'qituvchi-talaba munosabatlarining ko'rinishi hisoblanadi. Elektron ta'limda masofali kursning muvaffaqiyati ko'p hollarda o'quv materialini to'g'ri tashkillashtirishga bog'liq bo'ladi. Agar masofali kurs o'qitishga yo'naltirilgan bo'lsa, u holda kurs uchun zarur bo'lgan materiallarni to'plash, saralash va joylashtirish ko'p hollarda o'qituvchi va talaba hamkorligi asosida tashkillashtiriladi va bu kurs tarkibiy qismining didaktik xususiyatlari bilan belgilanadi.Masofali kursni yaratish talabalarda mustaqil ravishda bilim olish qobiliyatini shakllantirishga yo'naltirilishi kerak. Bunday holda, o'qituvchi o'quv jarayonini , ko'nikma va malakalarni nazorat qilishi kerak. Masofali kurs uchun o'quv materialini tayyorlash vositalari o'quv rejaga muvofiq ravishda tanlanadi

Yüklə 15,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə