Mavzu: Qobiliyat


QOBILIYATLARNING SIFAT VA MIQDOR XARAKTERISTIKASI



Yüklə 11,92 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü11,92 Kb.
#151747
1   2
Qobiliyat haqida tushuncha

QOBILIYATLARNING SIFAT VA MIQDOR XARAKTERISTIKASI.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida xarakterlanadi, yani bir odamning boshqa odamdan farq qiladigan sifatlarini ochib beradi. Oz-ozida malumki kishilar teng emas. Mana shuning uchun qobiliyatlar haqida gapirganda, bu farqlarni xarakterlab otish zarur. Ular sifat va miqdor jihatdan xarakterlanishi, farq qilishi mumkin.
Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga turli yollar bilan borishga imkon beruvchi "ozgaruvchan miqdor" toplami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini taminlovchi psixologik xususiyatlarning murakkab kompleksi sifatida korinadi.
Qandaydir faoliyatni bajarishdagi bir xil yoki nimalar bilandir oxshash yutuqlar asosida juda xilma xil qobiliyatlar birikmasi yotishi mumkin. Bular bizning koz ongimizda shaxs qobiliyatlarining muhim tomonini ochib beradi: bir xususiyatning ornini boshqa bir xususiyatlar bilan toldirish (kompensatsiya qilish) ning keng imkoniyatlari bor bolib, buni odam ozida chinakam va qatiyatlik bilan ishlash orqali rivojlantirish mumkin.
Odamning qobiliyatlarida bor bolgan kompensatorlik imkoniyatlari, masalan, korish va eshitishdan mahrum bolgan odamlarni maxsus tarbiyalashda nomoyon boladi.
Qobiliyatlarni MIQDOR jihatdan olchash muammosi psixologiyada katta tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridayoq bir qator psixologlar (Kettel, Termen, Spirman va boshqalar) ommaviy ixtisosliklar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan uzviy bogliq bolgan talablar tasiri ostida talim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniqlashni talab qilib chiqdilar.
Osha paytlarda qobiliyatlarni olchash usuli sifatida AQLIY ISTEDOD TESTLARIdan foydalanildi. Aqliy istedod testlarining yordami bilan bir qator mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya va boshqalar) qobiliyatlarni aniqlash va maktablarda oquvchilarni saralash, armiyada ofitserlik xizmatini bajarish, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimini tanlash va shu kabilar amalga oshiriladi.
QOBILIYATLARNING TURLARI
Qobiliyatlar umumiy va maxsus boladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bolganda kishi faoliyatning turli xillari bilan muvaffaqiyatli shugullana oladi. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shugullanish imkoniyatini beradi. Masalan, matematik, texnikaviy, adabiy, musiqiy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar boladi.
Umumiy qobiliyatlarga kop hollarda intellekt, tafakkurning kreativligi va shaxsning psixomotor qobiliyatlari kiradi deb hisoblaydilar.
INTELLEKT. Yuqorida korsatib otganimizdek odamning aqliy rivojlanish darajasini organishga intilish "intellekt" tushunchasini va nazariyasininng yaratilishiga olib keldi. Korsatib otganimizdek intellektini olchash va baholash uchun turli testlar qollaniladi. Ularning barchasi intellekt testlari degan umumiy nom bilan ataladilar. Biz yuqorida intellektini baholashda kop qollaniladigan testning mohiyatiga qisqa toxtalib otgan edik. Shuni takidlab otish lozimki, ulardagi formulalar bolalar intellektini olchashda qollaniladi. Katta yoshli kishilar intellektini baholash uchun boshqa mezon, individual natijani biror meyor (kopchilikni organish natijasida tajriba yoli bilan topilgan) bilan taqqoslanadi.
KREATIVLIK (ijodiy qobiliyatlar). Korsatib otganimizdek birgina IQ (intellekt koeffitsienti) asosida kishini ishga qabul qilish, uning imkoniyatlarini baholash notogri bular edi. Shu sababli 50 yillardan boshlab aqliy rivojlanishni organish bilan bir qatorda kishining ijodiy qobiliyatlarini ham organish va olchashga katta etibor berib boshlandi. Bu borada maxsus testlar yaratildi.
PSIXOMOTOR QOBILIYATLAR - harakatlar va harakatlar tizimini amalga oshirish va boshqarishning psixologik va motor (harakat) asoslari. Ularga quyidagilar kiradi: statistik kuch; dinamik kuch; keskin harakatlardagi kuch; umumiy moslashuvchanlik qobiliyati; epchillik; umumiy chidamlilik; maxsus faoliyatga chidamlilik; muvozanatni tuta olish.
Biror faoliyatning ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zor qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli bolgan kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin.
Shaxs qobiliyatlarining rivojlanish darajasi ikki turga bo'linadi:
- reproduktiv, odam turli xil ko'nikmalarni muvaffaqiyatli egallash, bilimlarni o'zlashtirish va qo'llash, shuningdek, ilgari tavsiya etilgan model yoki g'oya bo'yicha faoliyatni amalga oshirish qobiliyatini namoyish etganda;
- ijodiy, agar inson yangi, o'ziga xos bir narsa yaratish qobiliyatiga ega bo'lsa.
Bilim va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli egallash jarayonida odam rivojlanishning bir darajasidan ikkinchisiga o'tadi.

E`tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 11,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə