Mavzu: qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi. Bajardi: elmatov shahzod



Yüklə 8,25 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü8,25 Kb.
#144681
e.shahzod.2pptx

MAVZU: QURILISH TASHKILOTLARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBI.

BAJARDI: ELMATOV SHAHZOD


Qurilish tashkilotlari boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobini respublikamizning qonunlari va qonun osti hujjatlari asosida olib borishlari lozim. 2002 yil 1 yanvardan joriy etilayotgan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi (21-son BHMS)ga muvofiq asosiy vositalarning sintetik hisobi 0100 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari» tizimida ochiladigan schyotlarda olib boriladi. 0110 «Yer» schyotida qurilish tashkilotlari ixtiyoriga qonun hujjatlariga muvofiq mulk sifatida berilgan yer uchastkalari aks ettiriladi.
0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» schyotida quyidagi tarkibdagi asosiy vositalar hisobi yuritiladi:
  • binolar – bu ishlab chiqarish, ma’muriy boshqaruv va boshqa ijtimoiymaishiy maqsadlarda foydalaniladigan binolar (sexlar, omborlar, yuvinish xonalari, laboratoriya, idora, garaj, o‘t o‘chirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini ta’minlovchi ob’ektlar). Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha kommunikatsiyalar, ya’ni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz ta’minoti, lift, yong‘inga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.
  • inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yo‘l shahobchalari, nasos stansiyalari, sement va suv havzalari, sig‘imlar, asfaltlangan yo‘llar va yo‘lkalar.
  • uzatish qurilmalari – elektr liniyalari, gaz, suv, bug‘ o‘tqazuvchi quvurlar va boshqalar.

0130 «Mashina va uskunalar» schyotida yerga mustahkam o‘rnatiladigan va relsda yurituvchi kranlar va elektrokranlar, ekskavatorlar, buldozerlar, beton qorish mashinalari, transporterlar, ko‘tarish-tushirish qurilmalari, grederlar, burg‘ulash, arralash, randalash, temir-tersaklarni kesish, ulash, bo‘yoq, ohak va suv purkash apparatlari hamda stanoklari, issiqlik pechlari, kompressorlar, o‘lchov tarozilari va boshqa maxsus mashina hamda uskunalarning hisobi olib boriladi.
0140 «Mebel va ofis jihozlari» schyotida shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish apparatlari, uyali aloqa vositalarining hisobi yuritiladi.
0150 «Kompyuter uskunasi va hisoblash texnikasi» schyotida kompyuterlar va ularga o‘rnatiladigan periferiya qurilmalari (printer, skaner, modem va boshqalar)ning hisobi olib boriladi.
0160 «Transport vositalari» schyotida yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa transport vositalari hisobga olinadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalarni kiritish, bepul olinishi, ta’sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek ularning boshlang‘ich qiymatini qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.
Kapital investitsiyalar – bu qurilish tashkilotlarining yangi ob’ektlarni qurishga, eski ob’ektlarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari majmuasi. Xalqaro standartlarda va O‘zbekiston Respublikasining milliy standartlarida (5-son BHMS) bu harakterdagi harajatlar asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytiradigan harajatlar deb tan olinadi.
Qurilish tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8530 «Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulk»
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish harajatlari ularning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Bir vaqtning o‘zida:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
  • qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan buyumlar – stol ustiga qo‘yiladigan kalkulyatorlar, yoritg‘ichlar, yozuv uskunalari, taqvimnomalar;
  • vaqtinchalik foydalanish uchun qurilgan yo‘lkalar va boshqa moslamalar (notitul inshoatlar).

  • Qurilish tashkilotlari o‘zlarining asosiy vositalari qiymatini 5-son BHMS «Asosiy vositalar»da keltirilgan tartibda baholashlari, shuningdek joriy hisobda ularni boshlang‘ich (tiklangan) qiymatida, buxgalteriya balansida esa qoldiq qiymatida aks ettirishlari lozim.

Sotib olish va kelib chiqish manbalariga ko‘ra qurilish tashkilotlarining asosiy vositalari turli xil bo‘ladi, masalan xorijiy davlatlardan sotib olingan (import) va respublikamizda ishlab chiqarilgan asosiy vositalar, o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalar, ta‘sis badali sifatida kiritilgan asosiy vositalar va bepul kelib tushgan asosiy vositalar. Sotib olingandagi holatiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalarini yangi va oldinlari foydalanishda boigan asosiy vositalarga taqsimlash mumkin.
Real holatiga ko‘ra qurilish tashkilotlari asosiy vositalari ishlatilayotgan (ekspluatatsiyadagi), kapital ta‘mirlashdagi, konservatsiya qilinganzaxiradagi, sotishga vatugatishgatayyorlangan, ijaragaberilgan asosiy vositalarga ajratiladi. Sotishga va tugatishga tayyorlangan asosiy vositalar alohida qismlarga ajratilgan holda saqlanishi mumkin. Alohida ishlarni bajarishga mo‘ljallanganligiga ko‘ra qurilishda qoilanilayotgan asosiy vositalar maxsus, universal va aralash maqsaddagi asosiy vositalarga bolinadi. Kranlar, béton qorish mashinalari, ternir va taxta kesish va burg‘ulash jihozlari, kovushli ekskavatorlar, grederlar va shu kabi ayrim qurilish texnikalari maxsus asosiy vositalar hisoblanadi.
Yüklə 8,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə