Elmatov shahzodning buxgalteriya hisobi



Yüklə 9,04 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü9,04 Kb.
#145742
e.shahzod.10


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAN VA INOVATSIYA VAZIRLIGIGA QARASHLI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTINING TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI 8BH-20 GURUH TALABASI ELMATOV SHAHZODNING BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
DENOV-2023

MAVZU: QISHLOQ XO’JALIK KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI HISOBI.


Qishlok, xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralari deganda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirishning moddiy negizi va tashkil etuvchi xom-ashyo va matyeriallar tushuniladi. Xaraktyerlisi shundaki, qishloq xo’jalik korxonalarining bir sohasidan olingan asosiy va qo'shimcha mahsulotlar ularning boshqa sohasi uchun xom-ashyo va matyerial bo'lib ham hisoblanadi. Chunonchi, dehqonchilik sohasida etishtirilgan boshoqli donlar, beda, makkapoya, turli xas va xashaklar chorvachilik uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish zahiralari bo'lib hisoblanadi. O'z navbatida, chorvachilikdan olingan qo'shimcha mahsulotlar, masalan, nuri dehqonchilikda minyeral o'g'itlar sifatida ishlatiladi.
Qishloq xo’jalik korxonalari buxgaltyeriyasiga ishlab chiqarish zahiralari hisobi bo'yicha quyidagi vazifalari bajarish yuklatiladi: - ishlab chiqarish zahiralarini turli belgilari bo'yicha to'g'ri tasniflash va tavsiflash; - ularning kirim va chiqim qiymatlarini to'g'ri shakllantirish; - ishlab chiqarish zahiralarining holati va harakati ustidan uzliksiz nazoratni olib borish; - ishlab chiqarish zahiralari harakatiga doir operasiyalarni to'g'ri va o'z vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish; - ishlab chiqarish zahiralari bo'yicha moddiy javobgar shaxslar tomonidan matyerial hisobotlarini belgilangan muddatlarda tuzish va taqdim etilishini ta'minlash; - ishlab chiqarish zahiralari bo'yicha inventarizasiyalarni belgilangan muddatlarda o’tkazish hamda ular natijalarida o'z vaqtida tegishli schyotlarda aks ettirish; - ishlab chiqarish zahiralari sintetik va analitik hisobini yuritish; - ishlab chiqarish zahiralari holati va harakati to'g'risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga o'z vaqtida etkazish
Qishloq xo’jalik korxonalari ishlab chiqarish zahiralarini turli belgilari bo'yicha tasniflash va tavsiflash mumkin. Qishloq, xo’jalik ishlab chiqarishida to'tgan o'rniga ko’ra qishloq xo’jalik korxonalarining ishlab chiqarish zahiralari asosiy va yordamchi ishlab chiqarish zahiralariga bo'linadi. Qishloq xo’jalik xo’jaliklarida asosiy ishlab chiqarish zahiralariga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarni etishtirishda ishlatiladigan urug'liklar, minyeral o'g'itlar, emxashak, dori-darmonlar va shu kabi boshqa matyeriallar kiradi. Ushbu ishlab chiqarish zahiralarisiz dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirib bo'lmaydi. Yordamchi ishlab chiqarish zahiralariga dehqonchilik va chorvachilikda ishlatiladigan turli xo’jalik matyeriallari, ehtiyot qismlar, yoqilg'i, moylash matyeriallari, idish va idishbop matyeriallar, plenKalar, urov matyeriallari va shu kabilar kiradi
Saqlash usuliga ko’ra qishloq xo’jalik korxonalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish zahiralari ochiq va yopiq usullarda saqlanadigan matyeriallarga bo'linadi. Urug'liklar, minyeral o'g'itlar, dorilangan don, dori-darmonlar maxsus joylarida va moslamalarda saklanadi. Yantok, Karrak, somon, beda shy kabi em-xashaklar ochiq joylarda, usti yopik ayvonlarda, shuningdsK omlarda saqlanadi. Kelib tushish manbalariga ko’ra qishloq xo’jalik korxonalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish zahiralari ularning o'zlari tomonidan etishtirilgan hamda chetdan sotib olingan guruhlarga ajratiladi. Yordamchi ishlab chiqarish bo'linmalari tomonidan o'z maqsadlarida ishlab chiqilgan ko’k massa, makkapoya, somon, arpa, bug'doy, urug'liklar o'z ishlab chiqarishidan olingan matyeriallar hisoblanadi. Ta'minotchilardan, ta'sischilardan va boshiqa tashqi manbalar kelib tushgan ishlab chiqarish zahiralari o'zi ishlab chikmagan matyeriallar hisoblanadi. Ishlab chiqilgan mamlakatiga ko’ra dehqonchilik va chorvachilik sohalarida qo'llaniladigan ishlab chiqarish zahiralari mahalliy va xorijdan keltirilgan ishlab chiqarish zahiralariga bo'linadi.
Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlatiladigan har bir ishlab chiqarish zahirasini nomi, navi, hosildorligi va boshqa jihatlari bo'yicha tasniflash hamda hisobga olish zarurati ham mavjud. Bu, chunonchi, urug'lik va o'g'itlarga bevosita tegishli. Olinadigan mahsulotning hosildorligi ushbu ishlab chiqarish zahiralarining aniq navlariga, sepilgan minyeral o'g'itlarning turiga bevosita bog'liqdir. Masalan, g'allachilikda ishlatiladigan urug'likning «Elita» navi boshqa navlarga nisbatan hosildorlikni ko’proq byeradi. kartoshkaning ayrim mahalliy navlari 60-70 sentnyergacha hosil byersa, uning Gollandiya navi Respublikamizning iqlim sharoitida gektariga 400 sentnyergacha hosil byerishi mumkin. Xuddi shunday chigitning turli navlari paxtani tez yoki kech pishishiga, shuningdek har chanokdan turlicha miqdorda hosil olinishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini chiqimi quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi: - schyot-faktura - ishlab chiqarish zahiralarining turli boshqa korxonalarga va xodimlarga sotilishida; - limit - zabor kartasi, talabnoma, nakladnoy - ishlab chiqarish zahiralarining sarflanishida. - minyeral, organiq va baktyeriologik o'g'itlar, zaharli ximikatlar gyerbisidlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi - minyeral va boshqa o'gitlar zaharli ximikatlar va gyerbisidlarning sarflanishida. - tovar-transport nakladnoyi - o'simlikchilik mahsulotlari tayyorlov tashkilotiga jo'natish (sotish)da; - nakladnoy - ishlab chiqarish zahiralarining ichki xo’jalik ehtiyoji uchun foydalanishda; - em-xashak sarflash qaydnomasi - chorva mollarini ozuqlantirish uchun em-xashak sarflash vaqtida; - urug'lik va ekish matyeriallarini sarflash dalolatnomasi - urug'lik va ko’chat matyeriallarini sarflashda.
Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish zahiralarining sintetik hisobi 1000 «Matyeriallarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimiga kiruvchi schyotlarda yuritiladi. Chunonchi:
-1010 "Xom-ashyo va matyeriallar" schyotida o'z ishlab chiqarishida qayta ishlash uchun mo'ljallangan qishloq xo’jalik mahsulotlari hisobga olib boriladi;
-1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar" schyotida sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar hisobga olib boriladi;
-1030 "Yog'ilgi" schyotida qishloq xo’jalik korxonasi transporti va texnikasi uchun zarur bo'lgan barcha turdagi (qattiq va suyuq) yoqilg'ilar hisobga olib boriladi;
-1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida qishloq xo’jalik texnikasi uchun sotib olingan barcha turdagi ehtiyot qismlar hisobga olinadi;
  • 1050- "Qurilish matyeriallari" schyotida qishloq xo'jaligi korxonasida turli maqsadlarda ishlatish uchun sotib olingan qurilish matyeriallari hisobga olinadi;
  • 1060- "Idish va idishbop matyeriallar" schyotida barcha turdagi idishlar idish matyeriallari (qoplar, bochkalar va boshqalar) hisobga olinadi;
  • 1070 -"Chetga qayta ishlash uchun berilgangan matyeriallar" schyotida qayta ishlash uchun boshqa tashkilotlarga berilgangan matyeriallar hisobga olib boriladi;
  • 1080 "Inventar va xo’jalik jihozlari" schyotida qishloq xo'jaligi korxonasidagi inventar va xo’jalik jihozlari hisobga olib boriladi;

  • 1090- "Boshqa matyeriallar" schyotida em-xashaklar, urug'lik, o'g'itlar, asosiy vositalarni tugatishdan olingan metallolom, eskirgan shinalar, qayta ishlangan moylar va boshqa matyeriallar hisobga olib boriladi.

Yüklə 9,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə