Mavzu: raqamli iqtisodiyotning rivojlanish boshqichlari


Raqaml iqtisodiyotda iqtisodiy faoliyat asosiy e’tiborni raqamli iqtisodiyot platformalariga qaratadi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#143112
1   2   3   4   5   6   7
8-mavzu. Amaliy

Raqaml iqtisodiyotda iqtisodiy faoliyat asosiy e’tiborni raqamli iqtisodiyot platformalariga qaratadi. Raqamli transformatsiya - bu bozor hajmining tubdan o'sishiga va kompaniyalarning raqobatdoshligiga olib keladigan raqamli platformalardan foydalanishga asoslangan biznes modellarining inqilobiy o'zgarishi. Raqamli platforma - bu raqamli o'zaro ta'sirning o'ziga xos va ixtisoslashgan tizimini yaratish uchun asos sifatida foydalaniladigan texnologiyalar guruhi.Raqamli platforma - bu ikki yoki undan ortiq o'zaro bog'liq bo'lgan ishtirokchilar guruhlari o'rtasida almashinuvni osonlashtirish orqali qiymat yaratadigan yuqori texnologiyali biznes modeli.Raqamli platforma - bu uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilari va iste'molchilari o'rtasidagi o'zaro manfaatli o'zaro aloqalarni ta'minlovchi, ishtirokchilar uchun ochiq infratuzilmani ta'minlaydigan va yangi qoidalarni belgilaydigan korxona [Jeffri Parker, Sanjit Chaoudari, 2016]
Platformalar vositachilarsiz o‘zaro aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni o‘zaro birlashtiradi. Bugungi kunda dunyoda yuzlab raqamli platformalar faoliyat yuritmoqda. Raqamli formatda ishlayotgan kompaniyalar endilikda o‘z raqamli ekotizimlarini yaratganlar. Raqamli platformali biznes modellarga barchamizga tanish Amazon, Google, Uber, Yandex, Airbnb, Amazon, Alibabalarni misol sifatida keltirishimiz mumkin. Bu platformalarning har biri o‘ziga xos ixtisoslashuvga va xususiyatlarga ega. Ularning umumiy jihati shundaki, ular alohida-alohida funksiyalarni bajaradilar.
Raqamli platformalar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarini tezlashtiradi va arzonlashtiradi, keraksiz vositachilarni olib tashlaydi va bozorlar samaradorligini va mehnat unumdorligini keskin oshiradi. Raqamli platformalar raqamli iqtisodiyot biznes modeli sifatida nafaqat telekommunikatsiya va texnologiyalar bozorlarida, balki iste’mol bozorlarida -tovar ishlab chiqarish, tovar va mahsulotlar sotib olish, taksi xizmatlari, avtoulovlarni sotish, ko‘chmas mulkni ijaraga berish va sotish, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti boshqa sohalardagi bozorlarda ham o‘z ustunligiga erishmoqda.
Amazon veb-xizmatlari (AWS) platformasi dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilarga turli sohalarda tijorat dasturlarini yaratish va joylashtirish uchun vositalar (mashinali o‘qitish, bulutli hisoblash, mobil texnologiyalar, narsalar Interneti va boshqalar) larni taklif etadi. Amazon (362 milliard dollarlik kapitallashuv) onlayn supermarket sifatida ish boshlagan, ammo hozirda kompaniyalarga ma’lumotlarni saqlash, ma’lumotlarni qayta ishlash, hisoblash resurslari bilan ta’minlash, ma’lumotlar va xabar almashish kabi ko‘plab xizmatlar va hokazolarni o‘z ichiga olgan bulutli IT infratuzilmasini yaratish imkoniyatini beradigan ekotizimni barpo etdi. Kompaniyaning 2018 yildagi daromadi $ 232,9 mlrd.ni tashkil etdi. Tashqi daromadining 60% ga yaqini asosiy biznes - onlayn tijorat, an’anaviy savdo ulushi 6% ni, AWS ("cloud" biznes) - taxminan 8% ni tashkil etadi. Amazon reklama siyosatining o‘ziga xos xususiyati yirik brendlar bilan bevosita ishlashdir. Kompaniya ularga sotish va iste’molchilarning xatti-harakatlari bo‘yicha o‘z ma’lumotlarini taqdim etadi. Amazon o‘zining ajoyib omborlari va yetkazib berish tizimlari bilan mashhur. Hozirda u yetkazib berishni dronlar orqali amalga oshirmoqda.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə