Mavzu: raqamli iqtisodiyotning rivojlanish boshqichlari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#143112
1   2   3   4   5   6   7
8-mavzu. Amaliy

Microsoft raqamli platformasi eng yirik dasturiy ta’minot yaratuvchisi bo‘lib, SaaS tizimida Office 365 va Azure kabi tizimlari to‘plami tufayli minglab kompaniyalar unga hamkorlik qiladilar, uning mahsuldorlik va xostingiga ishonadilar.Bundan tashqari Microsoft ekotizimida GitHub, PowerApps, .Net, Visual Studio platformalari ishlab turibdi.
Oracle dunyodagi ikkinchi eng yirik dasturiy ta’minot kompaniyasi undan tashqari, bulutli ilovalar va platforma xizmatlarining har tomonlama va to‘liq birlashtirilgan ekotizimni taklif etadi. SaaS tizimidagi eng yirik, eng qadimgi bo‘lib, mijozlari ichida haqiqiy shoh bo‘lib qoladi.
Gusto raqamli platformasi ish haqi, imtiyozlar va HP dasturlarini kichik biznes va startaplarga yunaltirilgan SaaS tizimidir. Hozirda Gusto 1100 dan ortiq odamni ish bilan ta’minlaydi va 100 mingdan ortiq kichik biznesga ish haqi to‘lashda yordam beradi, imtiyozlar beradi va u sodda, nafis interfeysida - qadimgi moliyaviy dasturlarning antitezisida ishlaydi, har qanday biznes egasi uchun undan foydalanishi judayam oson.
Intuit ekotizimi mahsulotlari moliyaviy, buxgalteriya hisobi va soliqni tayyorlash dasturlarini qamrab oluvchi SaaS platformadir.
Sisco telekommunikatsion tarmoq, xavfsizlik, hamkorlik va boshqa sohalarda yetakchi platforma bo‘lib, 1984 yilda tashkil topgan va hozirda 115 dan ortiq mamlakatda 35000 dan ortiq xodimga ega. Siscoga tarmoq arxitekturasidan tortib veb-konferensiyalargacha murojaat qilishadi, shuning uchun internet-trafiklarining 85 foizi bu tizimda aylanadi. Mana shu sababli, hozirgi kunda Sisco SaaS tizimida ishlovchi platformalar ichida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Interkom - bu mijozning sayohati davomida biznesni mijozlar bilan bog‘lab turadigan qo‘llab-quvvatlash va marketing xizmatlarini taklif qiluvchi mijozlar bilan xabar almashish platformasi bo‘lib, SaaS tizimida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Keyingi o‘ripda ketayotgan Nextiva VoIP, CRM, analitika va avtomatlashtirish imkoniyatlariga ega bo‘lgan to‘liq biznes aloqalar platformasini taqdim etadi. Kompaniyaning Communications Suite (mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun kompaniya uchun zarur bo‘lgan asosiy funksiyalar-biznes telefon xizmati, CRM savdo tarmog‘i, bulutli telefon xizmati onlayn so‘rovnomalar, veb-sayt suhbati va tahlillar) xizmati mavjud, 2020 yil uchun eng yaxshi umumiy telefoniya xizmati deb topilgan.
Twilio - bu dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga telefon qo‘ng‘iroqlari, matnli xabarlar va boshqa aloqa turlarini amalga oshirish va qabul qilish uchun standart veb-tillardan foydalanishga imkon beruvchi bulutli aloqa platformasi. Uberning yuqori o‘sishda ta’siri bor, Groope me kabi startaplar Twilio da bo‘lib, bu dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari uchun mashhur dastur hisoblanadi.
Zoom - bu videokonferensiya aloqa platformasi bo‘lib, u korxonalarga xodimlarni bir-biri va o‘z mijozlari bilan bog‘lash imkoniyatini taqdim etadi. Platformada veb-seminar imkoniyatlari, biznes xabarlari, onlayn uchrashuvlar va va guruhli chatlarni amalga oshirishi mumkin. Synergy Researchning ma’lumotlariga ko‘ra SaaS konferensiyalar bozori 2019 yilda 17%ga 800 million dollarga oshdi, o‘sishning barchasi bitta sotuvchiga - Zoomga to‘g‘ri keladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə