Mavzu rejasi: 1



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/30
tarix03.02.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#100070
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Sikxiylik (Sikxizm).
Hozirda sikxiylik diniga e’tiqod qiluvchilarning soni 17 
mln. bо‘lib, bu dinga bо‘lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Shunisi qiziqki
XV asr oxiri XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxiylik 


14 
harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib о‘z e’tiqod qiluvchilarini faol harbiy 
an’analar bilan sug‘orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday о‘ziga xos 
taraqqiyotning natijasi shu bо‘ldiki, XVI asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy 
jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlatga aylandi. 
Sikxiylik diniga Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos 
solinib, unga ergashganlar о‘zlarini 
sikxlar
, ya’ni shogirdlar deb atashgan. 
“Sikxiylik” atamasi ham shu sо‘zdan olingan. 
Nanakning vafotidan keyin uning ta’limotini 9 ta 
guru
rivojlantirgan. 
Xususan, tо‘qqizinchi 
guru
Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol 
о‘ynagan. Ular yagona ta’limotni targ‘ib qilgan yagona 
guru
ni 10 qiyofada 
namoyon bо‘ladi deb hisoblaganlar. 
Sikxiylik talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh 
bir ilohiyotda mujassam bо‘ladi. U 
nirgun
(“sifatlardan xoli”) va 
sagun
(“sifatlar 
egasi”) deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati 
nirgun
bо‘lib, bu holat har qanday 
sifatlardan xolidir. Biroq inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u о‘z 
xohishi bilan 
sagun
holatiga о‘tadi. Sikxiylik ta’limotiga kо‘ra, ilohiyot – 
Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi (Braxma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni 
о‘zida mujassam qiladi. U qudratli va hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan 
dunyo esa о‘zgaruvchan va foniydir. Ilohiyot esa – abadiy. U azalda ham, hozirda 
ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir. Azaliylik, vaqtdan tashqarida 
bо‘lish, tug‘ilmaganlik, о‘lmaslik kabi unga berilgan sifatlar uning mohiyatini 
anglatadi. Xudoga bо‘lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yо‘lini tutgan har bir inson 
Unga etishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin.
Xudoga ibodat qilish, sikxiylik ta’limoti bо‘yicha aslo dunyoviy hayotdan 
uzilishni, rohiblik yо‘lini tutishni anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, tо‘la 
mehnatni va oiladagi о‘z vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga tо‘la amal 
qilish pirovard natijada tug‘ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan 
birlashib ketishiga olib keladi. Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bо‘lishi 
mumkin. 
Sikxiylik Hindiston xalqi diniy tafakkurining bir bosqichi sifatida kuchli 
islohotchilik harakatlari zaminida yuzaga keldi. Ushbu harakat Ramanand, 
Gorakxnatx, Chaytanyax, Kabir va Vallabxacharya nomlari bilan bog‘liq bо‘lib, 
butun XVI asrni о‘z ichiga oldi. Bu davrda hinduizm kabi sikxiylikga ham 
islomning ta’siri kuchli bо‘ldi. Mazkur holatda madaniyatlar orasidagi doimiy 
kurash о‘z aksini topgan. Nanak ham Kabir kabi hinduizmni butparastlikdan 
tozalab, islomga yaqinlashtirishga harakat qildi. Tadqiqotchilarning fikricha, 
sikxlar bir Xudoga e’tiqod qiladilar. Bu din boshqa iloh va butlarga ibodat qilishni, 
hinduizmning yirik ziyoratgohlariga borishni, folbinlik va sehr-joduga ishonishni 
taqiqlaydi hamda tug‘ilish va о‘lim bilan bog‘liq poklash marosimlarini tan 
olmaydi. Sikxiylik ijtimoiy tizim sifatida kasta tabaqalanishini inkor etadi va bu 
yо‘l bilan braxmanlarning tug‘ilish, о‘lim va nikoh marosimlaridagi rahbarlik 
mavqeiga barham beradi. 
Boshqa dinlar kabi sikxiylik ham о‘zining muqaddas kitobiga ega. Uning 
muqaddas kitobi – Adigrantx (“Boshlang‘ich kitob”) bо‘lib, beshinchi 
guru
Arjun 
(1581-1606) tomonidan tuzilgan. U, shuningdek, Gururantx (“Guru kitobi”) yoki 


15 
Grantxsahib (“Sohibning kitobi”) nomlari bilan ham ataladi. Unga avval dastlabki 
besh 
guru
ning, keyinchalik esa boshqa 
gurular
ning madhiyalari kirgan. Jumladan, 
Kabirning, Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan 
bir qatorda bir necha Bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham 
madhiyalari kirgan. U panjob tilida yozilgan bо‘lib, hozirgi kunda Amritsardagi 
sikxlarning bosh ibodatxonasi hisoblanmish “Oltin Haram”da saqlanadi. 
Keyingi yillarda sikxiylikda hinduiylik odatlarini о‘zlashtirib olgan din 
vakillari bilan sof sikxlar orasida bо‘linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh 
namoyandalari tomonidan eng muqaddas joylarning ishg‘ol etilishi 1926 yili 
Panjob siyosiy maydonida “Aqoliy Dal” harakatining yuzaga kelishiga sabab 
bо‘ldi. Diniy tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat namoyandalari musulmonlar, 
hinduiylar va sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib chiqdilar. 1947 yili 
Hindistonning ikkiga bо‘linishi natijasida musulmonlar Panjobning Pokistonga 
tegishli qismiga, hinduiylar va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli 
qismiga kо‘chib о‘tganlaridan keyin bu harakatning ta’siri kuchaydi. 
XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq va til masalasidan kelib 
chiqib, Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil 
etildi. Hozirgi kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 % istiqomat qiladi. 
Savollar :
1.
“Dinshunoslik” fani jamiyat ma’naviy xayotida dinning tutgan о‘rni 
2.
Dinshunoslik fanining predmeti, maksadi va vazifalari. 
3.
Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. 
4.
Dinshunoslik fanini о‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, 
5.
diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati. 
6.
Dinga berilgan ta’riflar.
7.
Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy 
qadriyat sifatida.
8.
Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni 
tarbiyalashdagi ahamiyati. 
9.
Dinning strukturasi.
10.
Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni 
tarbiyalash, tartibga solish (regulyatorlik), birlashtirish (integratorlik), tasalli 
berish (kompensatorlik), aloqa о‘rnatish (kommunikativ) va x.k.
11.
Dinlar tasnifi. 
12.
Xinduiylik.
13.
Vedalar ta’limoti va xudolari 
14.
Upanishadlar - xinduiylikning muqaddas kitoblari.
15.
Braxmanlik ta’limotida kastalar.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə