Mavzu rejasi



Yüklə 56,57 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü56,57 Kb.
#145440
  1   2
INSONNING INDIVIDUAL RIVOJLANISH KONTEXIDAGI “AKME” CHO’QQISI


MAVZU: INSONNING INDIVIDUAL RIVOJLANISH KONTEXIDAGI “AKME” CHO’QQISI


MAVZU REJASI:

1.Akmeologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi.


2.Akmeologiyaning nazariy-metodologik asoslari.
3. Akmeologiyaning metodologik tamoyillari va yondashuvlari.

I.1. Akmeologiyaning paydo bo‘lishi va mustaqil fan sifatida shakllanishi.


Hozirgi paytda puxta o‘ylangan, ilmiy asoslangan davlat siyosati vositasida mamlakatimiz fuqarolarining tabiiy qobiliyati, bilimi, malakasi, kasb-hunarga layoqati va sa’y-harakatlaridan oqilona foydalanish uchun qulay zamin yaratish, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonning ravnaq topishida ularning ehtiyojlari, ijtimoiy manfaatlari, hayotiy istiqbollarini belgilab olish va ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda yuksak bilimli, yеtuk professional kadrlarni ahloqiy kamolot ruhida shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqi hamda gullab-yashnashi uchun xizmat qiladigan akmeshaxslarni vujudga keltirish ustuvor vazifalarimizdan biriga aylanib bormoqda.
Ushbu mexanizmlardan biri – inson resurslarini rivojlantirish, undan oqilona foydalanishning yangicha yo‘llarini izlab topish, ya’ni o‘ta muhim yеchimlaridan biri – akmeologiyaning ijtimoiy ahloqiy muammolarining ilmiy muomalaga kirib kelishidir.
Akmeologiyaning ilmiy muomalaga kirib kelishiga asos solgan psixiolog B.G.Ananev, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bo‘lishi mumkin», deydi.
Albatta, bu jarayonlarning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik va yеtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi, degan nazariyalar ham yo‘q emas.
Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim (A.A.Bodalyov, N.V.Kuzmina, AA.Derkach va boshqalar) degan qat’iy konsepsiya yuzaga keldi.
Maksimal yеtuklik individ, shaxs rivojining cho‘qqisi va individual faoliyat bilan bog‘liq ekan, demak ana shu cho‘qqi yunonchada «akme» deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi.
Shu bilan birga, «akme»da insonning faoliyati bilan bog‘liq holatlar ham nazarda tutiladi. Jumladan, shaxsning «yulduzli» onlari yoki shunga yaqin jarayonlar, ya’ni biror-bir sohada erishgan oliy yutuqlari (N.V.Kuzmina) bunga misoldir.
Zamonaviy ilm-fanda insoniy yuksaklikning «akme» kategoriyasi bilan bog‘liq bir necha talqinlari mavjud. Jumladan, birinchi, «akme» – bu qisqagina hayot kesimini qamrab olsada, ko‘p qirrali holat bo‘lib, insonning har doim jamiyatda qanchalik o‘z o‘rniga ega ekanligi, uning biror-bir soha mutaxassisi sifatida olib borayotgan salmoqli faoliyati, shaxs sifatida esa uni o‘rab turganlar bilan olib borgan ijtimoiy aloqasida qanchalik boy yoki qashshoqligi, turmush o‘rtoq va ota-ona sifatida tayyorlik darajasi bilan bir qatorda yaxshi tomonga o‘zgara olish darajasi va eng yashirin ezgu qobiliyatlarini ham ko‘rsata olish darajasiga ham bog‘liqdir.
Yunonlar, insonning nimagaki qodir bo‘lsa, qobiliyati va imkoniyati qirralarini ko‘rsatishga xizmat qiladigan barcha yеtuklik belgilari namoyon bo‘lgan umrining shu qismini «akme» deb ataganlar. Akme – yunoncha («yuksalish», «cho‘qqi») kamolot, yuksalish, yеtuklik ma’nolarini anglatadi. Akmeolog mutaxassislar shaxsning yuksak professionalizmi va ijodiy mahorati muammolarini oqilona еchishni muhim inson resurslaridan foydalanishda deb bilmoqdalar. Bu degani, ularni integrativ-kompleks o‘rganish muhimlik g‘oyasini ilgari suradilar. Bizning fikrimizcha, faqatgina kasbiy yuksaklikka erishish g‘oyasi bilan chegaralanish muammoning еchimiga olib kelishi mushkul. Yetakchi faylasuf olim Xatima Shayxova bu borada: «Akmeologiya – zamonaviy yangi fan. Uning muhim vazifasi muayyan kasb-korlikning yuksak pog‘onaga ko‘tarilishidagi turli jihatlarini o‘rganishdir.
Akmeologiyaning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishni o‘rganishdan iborat», deydi. Bizningcha esa, akmeologiya tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida nafaqat kasbiy mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi, balki insonning еtuklik bosqichida ham ruhan, ham ijtimoiy rivojlanish qonunlari va mexanizmlari, ijtimoiy, ruhiy yuksaklikka erishish darajalari fenomenologiyasini o‘rganish haqidagi fandir. Bunda biz Sharq allomalarining «komil inson» g‘oyalarini akmeologiyaning ob’ekti «akmeshaxs» tushunchasi bilan bir qatorda tadqiq etgan holda, ushbu fanning fundamenti Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qo‘lyozmalarida o‘z ifodasini topgan va bugungi kunda bizning mamlakatimizda keng foydalanilmoqda, desak, aslo adashmaymiz. Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda, «ake» tushunchasini albatta yuksak cho‘qqi, avj nuqta, eng oliy hissiyotlar (A.Maslou), deyish mumkin.
Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xossasini anglatadi. Akmeshaxs – akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi. Rivojlangan mamlakatlarning asosiy takomillashuv mexanizmi raqobat bo‘lib, insonni doimo yuksaklik, komillikka, barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning o‘zaro dialektik munosabatlarini shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning akme shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlari o‘rganuvchi fan bo‘lgani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda asosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari fanning yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmov-chiliklarni keltirib chiqardi. Bugungi kungacha akmeologiya sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari shaxsning psixologik xaritasi, uning xarakter xususiyatlarini aniqlash hamda uning u yoki bu sohaga qiziqishini alohida organishga qaratilgan. Ikkinchidan, akmeologiyaning tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy mahoratning yuksak takomiliga erishishi, insonning еtuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi hamda bundanda yuksakroq darajalarni egallash fenomenologiyasini o‘rganishi, y a’ni biron kasbga, sohaga astoydil mehr qo‘yib, bilim va tajribaga tayanib, maqsad sari intilib yashashini bildirishi hamda akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi ekanligining fanlar integratsiyasi kesimida kompleks o‘rganilmaganligidadir. Shu bois ham fikrimizcha, akmeologiyani faqat shaxs kasbiy faoliyatining psixologik va pedagogik jihatlarini tadqiq etish inson resurslarining barcha imkoniyatlarini kompleks tarzda o‘rganish y o‘lida еtarli emasligini alohida qayd etish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz.
Umuman olganda, hozifgi globallashuv davrida jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-falsafiy va ahloqiy nuqtayi nazardan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida to‘la o‘rganilmagan. «Akmeologiya», agar ularni hududga moslashtirilsa, inson-shunoslikdagi barcha tajribalardan o‘zining yuqori samaradorligi va ta’lim berishdagi ayrim qulayliklari bilan ajralib, o‘quv jarayonining sifatini pedagogik mahoratdan ozod qiladi va ta’lim-tarbiya jarayonining faqat yaxshi va a’lo darajada bo‘lishligini kafolatlashi bilan birga, uni qaytadan tiklash imkonini beradi. Akmeologiya quyidagi tamoyillardan kelib chiqadi. Birinchisi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishda barkamol avlod tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarni ta’limlashda sog‘lom ijtimoiy-axioqiy muhitni yaratish, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash va e’zozlash, ahloqan pok, intellektua еtuk, yuksak professional mutaxassis, ilg‘or fikrli, salohiyatli, bilimli, jahon standartlariga javob beradigan yuksak g‘oyali kadrlarni tayyorlash hozirgi paytda ustuvor vazifalardan bo‘lmog‘i lozim. Ikkinchisi, zamonaviy tafakkur rivojida acme shaxs qiyofasiga ahloqiy munosabat zarur. Zero, yurt ravnaqi, millat rivoji, barqarorligini akmeshaxslarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Demak, O‘zbekistonda barkamol avlod tarbiyasida jismoniy, aqliy, ma’naviy jihatlar kabi uch asosiy jihatga e’tibor berish o‘ta muhim va dolzarb masala bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarning faol kechishida muhim omillardan hisoblanar ekan, shaxsning intellektual boy, yuksak ma’naviyatli akmeshaxs bo‘lib еtishishi «vaqt o‘zagi» elagidan o‘tgan ma’naviy merosga bog‘liqligi yoshlar ongiga singdirib borilishi lozim. Uchinchisi, respublikamizda yangilanish va taraqqiyot jadal davom etayotgan bir davrda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bir qatorda yoshlar muammosini respublika oldidagi umumiy vazifalardan ayri holda ko‘rib chiqish mumkin emas. Shu bois, yoshlar shaxsining shakllanishi, kamol topishi muammosini o‘rganishda akmeologik bilimlardan foydalanish usuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmohi lozim. Umuman olganda, B.G.Ananevning fikriga ko‘ra, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bolishi mumkin». Va bularning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi. Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim.

I.2. Akmeologiyaning nazariy-metodologik asoslari


Akmeologiya atamasi 1928-yilda rossiyalik psixolog N.A.Ribnikov tomonidan ilk bor ilmiy muomalaga kintilgan. Inson ontogenezidan keyingi bosqichlarida rivojlanib boradigan, еtuklik bosqichigacha shakllanadigan, individual shaxsiy va sub’ektiv taraqqiyotida ko‘tarilib boradigan cho‘qqini ilmiy maktabning bu namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar. Insoniyat tarixida fan, madaniyat rivojlanishida tub o‘zgarish yasagan Uyg‘onish davrining akmeologik tomoni shundaki, bunda insonning o‘z -o‘zini anglash tizimi va uning darajalarini aniqlovchi tashkiliy tuzilmalarning turli-tumanligidadir. Bir soha akmesi, masalan, falsafa, boshqa soha va yo‘nalishlar – astronomiya, matematika, meditsina va boshqa fanlar akmesi bilan bog‘lanib ketdi. Ayrim manbalarda akmeologiya B.G.Ananev, V.M.Bexterev, V.N.Myasishev, E.S.Kuzmin, N.V.Kuzmina, N.A.Ribnikov va boshqalar tomonidan yaratilgan yangi fan, degan qaydga nazarimiz tushadi. Ammo bu kabi ta’rifning qanchalik to‘g‘ri ekanligiga albatta ilmiy nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylaymiz. Sababi, akmeologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari tarixiy - falsafly davrlar silsilasi bilan bog‘liq. Ya’ni, akmeologik dunyoqarash qadimgi Yunoniston mutafakkirlari va zardushtiylik ta’limotining kitobi «Avesto», islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Hind eposi «Kalila va Dimna» hamda Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu davrda «akme» so‘zi o‘rnida «mukammallik», «oliy nasab» kabi tushunchalar ishlatilgan, Kaykovusning «Qobusnoma» asarida har bir yosh kasb-hunar yolida ilm-bilim egallashi, aql-zakovatni charxlashi bilan birga eng oliy insoniy fazilatlarga ega bo‘lsagina yuksak maqsadlarga erisha olishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z boradi. «Barcha donish va hunarimng sarmoyasi – deydi Kaykovus, «adab, tavoze, hayo, pokdillik, beozorlik, sabr va matonatdir. Fazl egasi bo‘lay desang, so‘zlash va so‘zlashish san’atini egalla, chunki aql, idrok bilan aytilgan so‘z yoki harakat aql va hikmat ko‘zining surmasi va do‘sti yog‘idur». Bizningcha, ilm-bilim va hunar egallash eng zaruriy jihat bo‘lsa, ikkinchi muhim jihat – kishilar bilan doimiy muloqotda, munosabatda bolish har bir yoshdan ma’naviy, ahloqiy madaniyatni chuqur egallashni talab qiladi. Inson yoshi, vazifasi, faoliyatidan qa t’i nazar doimo insonlar orasida yashaydi, o‘qiydi va o‘z faoliyatini namoyon etadi. Chunki har kim ilm-hilim egasi bo‘Isa ham, o‘z. muomala, xattiharakati va odobida xato qilsa, saodatdan, boshqalar hurmatizzati, obro‘si va qadrlashdan mahrum bo iadi. Zero, mustaqil yurtimiz yoshlari yanada aqlli, dono, bilimdon, odobli, ijodiy va intellektual salohiyatga ega еtuk va mukammal shaxs bo‘lib еtishlihlari uchun, eng avvalo, o‘zlarida insoniy sifatlarni jo etmoqilari muhim.


Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, Sug‘diyonada o‘g‘il bola besh yoshga еtgach, yozuv va hisobga o‘rgatilgan, 20 yoshga kirganida biron kasb, hunarni egallagan bola savdo-sotiqni o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga j o‘natilar edi. Xalifalikning yangi poytaxti Bog‘dodda 832-yili «Baytul hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilib, uning ehtiyoji uchun katta mablag‘ ajratildi. Uning qoshida ikkita rasadxona, ilmiy markaz tashkil etilib, dunyoning turli еrlaridan avvallari bitilgan, ilmga oid adabiyotlar to‘plandi. Ular yunon, lotin, hind, xitoy, fors va boshqa tillardan arabchaga tarjima qilindi, o‘rganildi. Bunday ilmiy, madaniy va ma’naviy yuksalish matematika, astronomiya, geografiya kabi fanlarning yaratilish va rivojlanish davri bo‘ldi, desak, aslo adashmaymiz. Xorazmshox davlatiga xos osoyishtalik asosida moddiy ishlab chiqarish va madaniy rivojlanish jarayoni jadallashdi, shahar hayoti yuksala bordi. Ishlab chiqarish va hunarmandchilik turlari ko‘paydi. Tog‘ jinslarini ishlash, shishasozlik, savdo-sotiq kuchaydi, Davlat boshqaruvi tizimida madaniyatni yaxshi anglagan, ilmli insonlar ko‘paydi. Bu davrga kelib san’at, ayniqsa, devoriy tasvir, haykaltaroshlik, badliy yog‘och o‘ymakorligi ham rivojlaridi. E’tirof etish lozimki, insoniyat olarni o‘zining еchilmagan jumboq va mo‘jizalari bilan tabiatning ajoyib gultoji sifatida boshqa jonli mavjudotlardan o‘z tafakkuri va aqli bilan ajralib turadi. Shu bois ham, insoniyat taraqqiyotining bosqichma-bosqich riyojlanishiga nazar tashlasak, har bir bosqichda o‘ziga xos yangi-yangi cho‘qqilar, muvaffaqiyatlar va komillik sari intilishini kuzatishimiz mumkin:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida inson o‘z qo‘l mehnati natijasi sifatida tanasining mukammallashishi va turli mehnat qurollarini shakllanishiga erishdi.
2. Quldorlik tuzumi davrida qishloq x o‘jaligi va davlat boshqaruvi (siyosat)da o‘ziga xos daraja, pog‘onalarga erishdi.
3. Feodal boshqaruv va kapitalistik tuzumlarda inson nafaqat qishloq xojaligi, madaniyat, balki sanoat va ishlab chiqarishda (jumladan, paxtani qayta ishlash) katta muvajfaqiyatlarni qo‘lga kiritdi.
4. Sobiq turg‘unlik davrida ham insoniyat ishlab chiqarish va sanoatni texnikalashtirishga erishdi. Ko‘rinib turibdiki, insoniyat o‘z taraqqiyoti davomida faqat mukammalik sari intilib, turmush sharoitini yanada yaxshilashga harakat qilib kelgan.
5. Hozirgi globallashuv davrida mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasiga yaqinlashmoqda desak, aslo xato qilmaymiz. Albatta, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan barcha dalillar, hammaga birdek malum. Ammo mukammallik, pog‘ona, daraja, yuksaklik kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatib kelingan bo‘Isada, uni ta’limot sifatida e’tirof etilmagan deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi.
Tabiiyki, akmeologiya fanining tarixiy va madaniy ildizlari uzoq-uzoqlarga borib taqaladi. Bu o‘rinda bizga Avestoning kitobi, Bexustin bitiklari va hatto ajdodlarimiz qabr toshlaridagi yozuvlar ham muhim tadqiqot manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi «Avesto»da mukammallik haqida ayrim qaydlarni ko‘rish mumkin: Ey olamni yaratgan Zot! Ey Haqiqat! Zamin, hammadan ko‘ra baxtliroq bo‘lgan dunyodagi ikkinchi joy qaer? Axura Mazda javob berdi: – Bunday joy bir Ashavan uy tiklagan makondir. O‘sha uyda Mo‘bat ro‘zg‘or tebratadi. Sigirlar galasi va uy bekasi, farzandlar va suruvlar yashaydi bu uyda. Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi... Tevalar xo‘raki farovon, yaxshi itlarning rizqi serob. Uy bekasi baxtiyor. Farzandlar shodmon. Hamisha olov gurillab turadi. Tiriklikning go‘zal bir hodisasi yaxshilikka qovushadi».
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida akmeologik qarashlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, kabi allomalar asarlarida tariximiz va madaniyatimiz yorqin ravishda ko‘zga ko‘rinadi. IX-XII asrlarda va undan keyingi davrlarda mintaqamiz tarixiga oid solnomalar va risolalar talaygina yaratildi. Bular orasida «Buxoro tarixi», «Kesh va Nasaf o‘tmishi», «Samarqand tarixi», «Xorazm tarixi» kabi i yoki bu hudud o‘tmishi, aholi turish-iurmushi, siyosiy ijtimoiy ahvoli to‘g‘risida katta-kichik asarlar vujudga keldi. Mahmud Qoshg‘ariyning uch jildlik «Turkiy so‘zlar lug‘ati» o‘zbek va boshqa turkiy tillar tarixini o‘rganishdagi muhim manbadir. Akademik B.Axmedovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari» kitobida o‘lkamiz tarixiga oid o‘rta asrlarda yaratilgan еtmish olti asarga izohlar beriladi.
Vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rganishda «Nizomul-mulkning «Siyosatnomasi», An-Nasaviyning «Sulton Jamshiddin Manguberdi», Sohibqironning «Temur tuzuklari», Ali Yazdiyning «Zafamomasi» Mirzo illug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Zahiriddin Boburning «Boburnoma», Abulg‘ozixonning «Shajarayi turk», M.Solihning «Shayboniynoma» asarlari ham muhim manbadir. Akmeologiyada ob’ektiv va sub’ektiv omillarga katta e’tibor qaratiladi. Bu omillar o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, katta yoshdagi insonni a k t е darajasiga erishishiga imkoniyatlar yaratadi. Markaziy Osiyoda iX–XLI asrlar fa n va madaniyatning yuksalishi, «uyg‘onish», «tiklanish» ma’nosidagi renessans jarayoni bilan ifodalanishi mumkin. Bunday holat ma’lum bir davrdagi alohida jamiyatning «akme»sini ifodalabgina qolmay, balki moddiy va ta’naviy taraqqiyotga erishish omillarini ham ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Kaykovus, Nizomulmulk, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad G‘azzoliy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Amir Temur, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy asarlarida insondagi kasb-hunar fazilati tug‘ma aks holda fikriy fazilatda mutlaqo kuch va ulug‘lik bo‘lmasligi, agar kasb-hunar fazilati tug‘ma boiganda, podshohlar ham o‘zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy bir majburiyat bo‘lib qolishi, kasb-korlikda mukammallikka erishish uchun ham fikriy va aqliy fazilat, va ham tug‘ma qobiliyatlarni birdek ishga solish, ta’lim va ta’lim, o‘rganish orqali malaka hosil qilishi mumkinligi uqtiriladi. Me’morchilikdagi yangi g‘oyalar, yangicha naqsh uslublarining rivojlanishi, binokorlikda pishgan g‘isht ishlatish shular qatoridan o‘rin olishi mumkin. Yoki Markaziy Osiyoda so‘fiylik ta’limoti sifatida paydo bo‘lgan qarashlarda insonning pok bo‘lishi, Alloh yo‘lida har qanday noma’qul ishlarni qilmaslik, adolatli bo‘lish kabi xislatlarni rivojlantirgan.
XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-siyosiy oqim sifatida paydo bo‘lgan jadidchilik harakati davri tafakkur rivoji insonlar ongida yuksaklik, beqiyoslik, komillik kategoriyalarining shakllanishiga olib keldi. Jadidchilik harakatining fidoyilaridan Mahmudxoja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda Niyoziylarning nazariy qarashlarida ikkita muhim xususiyat ko‘zga tashlanadi: mustahkam irsiy ildiz hamda Sharq va G‘arb ma’rifatchilari, faylasuflarining nazariy merosini egallashga intilish, ular mamlakatni taraqqiyot yo‘liga olib chiqishning garovi G‘arb va Sharq madaniyatlarini uyg‘unlashtirib, xalqning k o‘zini ochish va shu asosda mukammal jamiyatga ega bo‘lish g‘oyasi tafakkur rivoji insonlar ongida yuksaklik, beqiyoslik, komillik tushunchalarining shakllanishiga olib keldi. Jumladan, Abdurauf Fitrat millatning saodati va izzati, albatta, shu millat oilalarining intizomiga tayanishi, qaerdaki oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va mastahkam bolishligi haqida fikrlarni e’tirof etadi. Umuman olganda, Sharq mutafakkirlarining qarashlarida kasb egallashda kamolotga erishish bilan birga uning ma’naviy-ahloqiy fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqligi haqida so‘z boradi.
G‘arb tarixiy tafakkurida akmeologik nazariyalar I.A.Ribnikov tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan bo‘lsa-da, V.G.Ananev tomonidan shakllantirilgan va A.A.Bodalyov tomonidan rivojlantirilgan. Zarnonaviy akmeologiyaning vakili rossiyalik psixolog, akademik AA.Derkachning ilmiy izlanishlari bu fanni institutsional bosqichga ko‘tardi. Akmeologiyaning tabiiy fan sifatida shakllanishini izohlashda Frensis Galtonning xizmati alohida ahamiyat kasb etadi. U ijodiy faoliyatida insonning o‘xshash qobiliyatlari, ozod iroda kuchirli o‘igana turib uning toza nasli, ya’ni еvgenik jihati atrof-muhitning holati bilan chambarchas bog‘liq ekanligi haqqidagi g‘oyani ilgari suradi, I.Perna inson qobiliyatlari sifat mahsuldorligining turli psixobiologik omillarga bog‘liqligini isbotladi. Insonning oliy va tuban nuqtalari, shaxsning еtuk, mukammal, professional mutaxassis sifatida shakllanishi, uning «akme» cho‘qqilarga erishishi barobarida ijtimoiy-axioqiy muhit hamda irsiy sabablar ta’sirida tubanlikka yo‘l tutishi haqidagi g‘oyalar bir guruh frenolog olimlar – Iogann Kasar Lavater, Frans Iosif Gall, Georg Kombe, Chezare Lombroz asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu olimlar ilgari surgan nazariyaning asosiy mazmuni inson tabiatining asosiy shakllanish sharti, avvalo, uning irsiyligida bo‘lsa, so‘ngra sog‘lom turmush tarzining takomillasha borishidadir. Akmeologiya sohasi tadqiqotchilari – psixolog, pedagog va faylasuflar B.B.Barsis, I.A.Bespalov, G.P.Verbitskaya, L.E.Elshina, S.E.Zakoviyashina, Y.P.Kostenko, N.V.Kurbet, N.V. Kozlova, Y.A.Lixacheva, O.V.Mixaylov, K.V.Petrov, V.N.Sofma, V.A.Semikov, I.N .Stepanova, O.V.Faller psixologik nuqtayi nazardan akmeformni o‘rganish va tahlil qilish, ijodiy kasbiy mahorat hamda professionalizmni rivojlantirish uchun optimal texnologiyalar yaratish, turli kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ish jarayoni, usullari ustida kompleks tekshiruvlar o‘tkazish asosida yangi yutuqlarga erishishning institusional shaklini yaratish taklifini ilgari surdilar. Lekin, shuni aytish lozimki, ko‘pchilik adabiyotlarda kasbhunar va kasbiy mahorat alohida, shaxs ma’naviy-ahloqiy kamoloti alohida tahlil qilinadi. Ammo bizning akmeologiya sohasida tahlil qilgan ilmiy asarlarimizda, olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarimizda akmeologiyaning faqat psixologik, pedagogik va sotsiologik muammolari o‘rganilgan. Jumladan, G‘arb falsafasida kasb-hunar egallash moddiyunchilik nuqtayi nazaridan qaralib, mukammallikka erishish ijtimoiy- ahloq, xulq-odob qoidalari bilan chambarchas bog‘liqligi hisobga olinmaydi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng olimlarimiz kasb-hunar egallashda mukammallikka erishish, kasbiy mahorat to‘g‘risida o‘tmish mutafakkirlarining qarashiari, hozirgi zamonda. turli kasblarning ijtimoiy-ahloqiy jihatlari to‘g‘risida qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar.
Jumladan, akademik M.Xayrullaev, faylasuf olimlar X.A.Shayxova, Y.Jumaboev, A.Q.Qodirov, R.Nosirov, G.Navro‘zova, M.M.Qahhorova, X.Rahmatovalar, filologladan N.Komilov, S.Olim va boshqa mutafakkirlar turli kasb egalarining ahloqiy qiyofasi, ularning qanday ahloqiy fazilatlar va xulq-odob qoidalarini egallashlari lozimligi to‘g‘risidagi fikrlarni tarixiy falsafiy jihatdan o‘rgandilar. Umuman olganda, mavjud tadqiqotlarda akmeologiya yaxlit va tizimli holda o‘rganilmagan, uning maxsus fan sohasi, ta’limot silatida, qirralari, muhim xususiyatlari kasbiy etikasiz tasavvur qilib bo‘lmasligi ochib berilmagan.
Shular asosida barcha fanlar qatori akmeologiyaning o‘ziga xos uslubiy yo‘nalishlari yuzaga keldi.
- Birinchidan, tabiiy ilmiy yo‘nalish – klassik tabiiy fanlarni murakkablash-tiruvchi metodologik jihatdan intizom standartlari bilan (dalillar, mexanizmlar, qonuniyatlar, matematik modellashtirish) mustaqil fan sifaticla shakllanishiga yo‘naltirilgan.
- Ikkinchidan, bir qator akmeologik masalalarni, tabiiy qobiliyat, genetik va psixofiziologik qobiliyatlar tarkibiy qismlari va professional mahoratli bo‘lishda psixologik ko‘nikma va boshqalarni hal qihshda yoshlar fiziologiya; psixogenetika, mehnat psixofiziologiyasi tabiiy bilimlari apellyatsiya o‘rnini egallaydi. Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish yanada ko‘p qirrada namoyon bo‘ladi. Akmeologiya bir tomondan, inson haqidagi bu fanlarning genetik manbayi sifatida tarixan birgalikda rivojianadi, ikkinchi tomondan, uiarning fan sifatida erkin rivojlanishini shakllantirish orqali o‘z ontologik ahamiyatini ko‘rsatadi. Demak, akmeologiya fan sifatida kirib kelgunga qadar psixologiya, sotsiologiya, pedagogika fanlari akmeologik masalalarga o‘xshab ketuvchi professionalizm, ijod, salohiyat va gerontoiogiya masalalari bilan shug‘ullangan. Ammo aynan mahoratning kamol topishi – akmeform cho‘qqisiga erishishda asosiy urg‘u berilishi avvaliga maxsus akmeologik masalalar tug‘ilishi hamda keyinchalik o‘ziga xos akmeologik texnologiyalarning konseptual-metodologik tuzilishiga olib keldi. Taraqqiy qilgan sayin asosiy fan, ya’ni akmeologiyaning maxsus ob’ekti va uslubi paydo boldi. Texnologik yo‘nalish – bu nafaqat bir qancha texnik fanlar (kibernetika, tizimli texnika, ma’lumotlar nazariyasi va boshqalar) ning o‘zaro harakati bo‘lmay, balki ularni mavjud bilimlarni amaliyotga yo‘naltirishda aniq dasturdan foydalanish hamdir. Bunda akmeologiyaning texnik qoidalar bilan o‘zaro aloqasi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmay, balki inson omillarini texnikaga moslashtirishga yo‘naltirilgan ergonomika bilan bog‘lanadi. Shu o‘rinda, ya’ni qayd qilish lozimki, boshqa tarafdan ikki tomonlama ko‘rinishda: gumanitar bilimlarning o‘sishi (masalan, psixotexnika va o‘yin texnikasi, innovatika va refleksika kabilar) natijasida texnik fanlarning insonparvarlashishi (bionika, sotsionika, sinergetika va boshqalarning paydo bo‘lishi) – zamonaviy praksiologiya doimo akmeologiya diqqatida bo‘ladi. Umuman olganda, akmeologiya bugungi insonshunoslik fanlari orasida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, yuksak professional kadrlar tayyorlash siyosatining ajralmas qismi desak, aslo xato qilmaymiz.

I.3. Pedagogik akmeologiyaning umumiy metodologik tamoyillari


Pedagogik akmeologiyaning umumiy metodologik prinsiplariga determinizm, rivojlanish, insonparvarlik kabilar kiradi.


Determinizm prinsipi. Sub’ektga oid paradigmaning hukmronligiga, sub’ekt toifasi rolining tan olinishiga, asr boshida fizikada tanqidiy ravishda еngib o‘tilgan, biroq, psixologiyada hukmronlik qilishda davom etib kelayotgan determinizm prinsipining mexanik chiziqli tushunilishini еngib o‘tish kabi murakkab jarayon sabab bo‘lgan. Biroz oldinga o‘tgan holda, shaxsning gumanitar fanlarda ijtimoiy determinatsiyasi prinsipiga murojaat qilar ekanmiz, aytish mumkinki, mamlakatimiz dunyoqarashida mexanistik determinizm, qat’iy tashqi determinatsiyaning tan olinishi ijtimoiy determinatsiyaning hal etuvchi rolini mafkuraviy tan olinishiga, marksistik mafkuraga asoslangan holda mavjud bo‘lgan. S.L.Rubinshteyn determinizmning yangicha, psixika, shaxs tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari talablariga javob beruvchi prinsipini shakllantirdi.
Bu kabi prinsipga ko‘ra, tashqi sharoitlar ob’ekt mohiyatini va unga ta’sir ko‘rsatish natijasini qat’iy va bir ma’noda emas, balki ichki sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilab beradi. S.L.Rubinshteynga ko‘ra, har bir hodisaning boshqasiga har qanday ta’siri, ushbu ta’sir ko‘rsatilayotgan hodisaning ichki xususiyatlari orqali o‘zgartiriladi. Hodisa yoki predmetga ko‘rsatiladigan ushbu ta’sir natijasi nafaqat unga ta’sir ko‘rsatayotgan hodisa yoki jismga bog‘liq bo‘ladi, balki ushbu ta’sir ko‘rsatilayotgan predmet yoki hodisaning shaxsiy ichki xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Inson hayotiga nazar tashlar ekanmiz, biz psixik hodisalar unga qay tarzda o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro bog‘lovchi sifatida, hayot sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan va insonlar xulqini belgilab beruvchi ravishda kirib borishi hamda ular vositasida ushbu sharoitlarning o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin.
S.L.Rubinshteyn, deb ta’kidlaydi K.A.Abulxanova-Slavskaya, nafaqat tashqi ta’sirning ichki ta’sir roliga o‘zgartiruvchi, bilvosita ta’siriga, balki uning faollik, o‘ziga xoslik, tanlab olish kabi xususiyatlariga ham e’tibor qaratadi. Determinizm prinsipini bu kabi izohlashda nafaqat sabab va oqibatlarning aloqasi qonuniyatga aylanadi, balki ichkining roli ham qonuniyatga aylanadi.
Akmeologiyada determinizm prinsipining o‘ziga xosligi bir nechta yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Birinchi yo‘nalish shundan iboratki, dastavval “ichki” holat “tashqi” bilan o‘z birligida va statik, ayni vaqtda berilgan, betartib yoki avvalroq tasodifiy ravishda shakllangan jihatda o‘rganiladi. Akmeologiya “ichki”ni uning eng maqbul yo‘nalishda rivojlanish mantig‘i sifatida ochib beradi. Rivojlanish qonuniyatlari bu chiziqli gorizontal rivojlanish emas, balki yuksalish qonuniyatlaridir, bu haqda quyida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu ichki qonuniyatlarni, rivojlanish mantig‘ini bilish, rivojlanish jarayonini tezlashtirish, uni amalga oshirish usulining konstruktivligi uchun qo‘llanishi mumkin.
Determinizmning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati akmeologiyada shundan iboratki, rivojlanishni tizimli tashkil qilish omili yoki harakatga keltiruvchi kuch shaxsning o‘zi hisoblanadi, uning mexanizmi sifatida esa o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini tashkillashtirish namoyon bo‘ladi (rivojlanish jarayonini tashqaridan boshqarishdan farqli ravishda).
Uchinchisi, shaxsni takomillashtirish jarayoni qo‘shaloq, ya’ni ham ichki, ham tashqi determinatsiyaga ega ekanligidan iborat, bunda hal etuvchi rolni ichki determinatsiya, ichki harakatga keltiruvchi kuchlarning ozod etilishi, implitsit imkoniyatlarni aniqlash o‘ynaydi. Biroq, tashqi akmeologik yordam faqatgina u shaxsga sub’ekt sifatida yo‘naltirilganligi sababli ko‘rsatilishi mumkin, ya’ni ichki mexanizmlar, sharoitlarning hal etuvchi rolini tan olishga quriladi. Manipulyatsiya, odamlarni qattiqqo‘llik bilan boshqarish, o‘rgatish (dressura) turidagi o‘qitishlar, ko‘pincha qisqa muddatlarda natijaga erishish imkonini bergan holda, hech qachon odamlarning mustaqil faoliyati sohasida, dressura bilan qamrab olinmagan, murakkab vaziyatlarda hech qachon samaradorlikka olib kelmagan. Asosan sub’ektning ichki eng maqbul, uyg‘unlashgan, tartibga solingan sharq meditatsiya turidagi treninglar ham mavjud bo‘lgan. Biroq, u bu kabi holatga erishgan holda samarali ravishda harakatlanish imkoniga ega bo‘lmay qoldi, tizimning tartibliligini uning harakatlanish tartibiga o‘tkazish holati yuz bermagan. Tartiblilik, maqbullik faqatgina statikada saqlanib qolgan. Akmeologiya determinatsiyaning o‘zining muayyan tushunishi va ham ichki, ham tashqi, ham bevosita usullar yordamida optimum faollikka erishish ushbu muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xulosani buzib yuboradi.
Shaxsning ijtimoiy bog‘liqligi prinsipi uzoq vaqt davomida mamlakatimiz psixologiyasida determinizmning ichki roli sifatidagi imkoniyat tarzida tushunish sifatida namoyon bo‘ldi. Ma’lumki, psixologiyada uning absolyutlashtirilishi L.S.Vigotskiy, A.N.Leontevlar maktabi bilan bog‘liq, chunki ular dastavval bolaning rivojlanish muammosini ishlab chiqqanlar va uning ijtimoiylashtirilishiga, ya’ni ijtimoiy umumtarixiy tajriba, madaniyatning o‘rniga urg‘u berganlar. Madaniy-tarixiy nazariyaning mashhur nazariyotchisi, uning ta’limdagi o‘rnini faollashtirish uchun ko‘p ish qilgan P.Ya.Galperin, psixika biz undan nima qilgan bo‘lsak, shu narsa ekanligi haqidagi tezisni ilgari surdi. Biroq, ijtimoiy tashqi determinatsiyaning hal etuvchi roli haqidagi holatlar boladan katta yoshli insonga, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘chirildi va h.k. Ularga universal tabiat taqdim qilindi.
Katta yoshli shaxs uchun ijtimoiy sharoitlar endilikda madaniyat roliga, harakat usullariga, o‘zini tutish ko‘rinishlariga, o‘zlashtiriladigan bilimlarga borib taqalmayapti. Ular ko‘pincha qat’iy talablar, cheklovlar sifatida namoyon bo‘ladi, shaxs ularga moslashishga majbur. Ushbu sharoitlarning o‘rni, ularga moslashishni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur, ularni ijtimoiylashtirish, individuallashtirish va muxtoriyatga qarshi qo‘ymaslik zarur. Muammo nisbatan murakkabroq: shaxs sotsium qo‘g‘irchog‘iga aylanganda yoki ortda qolganda shaxs bo‘la olmaydi va shaxs bo‘lib qola olmaydi. U tashqi ijtimoiy determinatsiya va ichki talablar, istaklar, qobiliyatlar, o‘ziga xos xususiyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni hal etishga majbur. Ushbu ziddiyatlarni hal etgan holda shaxs aynan shaxsga aylanuvchi mohiyat K.A. Abulxanova-Slavskaya asarlarida, jumladan individual va ijtimoiy qiyoslash prinsipini tahlil qilishda batafsil ochib berilgan.
Bugun ijtimoiy determinatsiya muammosi akmeologiya uchun umuman boshqa jihatdan namoyon bo‘lmoqda. B.G.Ananev ham yaqin kelajakni ko‘ra bilgan holda, nafaqat zarur bilimlarni еtkazish, balki insonni hayotga tayyorlash zarurligi haqidagi g‘oyani shakllantirdi. Ijtimoiy determinatsiya zamonaviy, ayniqsa, Rossiya jamiyati uchun uning aniqligida emas, aksincha noaniqligida, o‘zgaruvchanligida, ziddiyatliligida, avvaldan aytib berish imkoni mavjud emasligida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda ijtimoiy determinatsiya – bu oddiy va toifaga oid ko‘rsatma emas, balki shaxs oldida turgan ijtimoiy muammolardir.
Avvaldan aytib berish sohasidagi mashhur amerikalik mutaxassis Djon Neysbit, insoniyat texnologiyaning yuqori murakkabligi va tarixdagi inson uchun eng yuqori darajadagi sinovlarga tomoni ikki yo‘nalishda harakatlanayotganligini ko‘rsatib o‘tgan holda jamiyat va uning rivojlanishini qayta tizimlashtirishning o‘n nafar asosiy tamoyillarini aniqladi: texnika qanchalik murakkab bo‘lsa, sinov ham shu darajada jiddiy bo‘ladi. Ushbu formula jismoniy va ma’naviy voqelik o‘rtasidagi muvozanatni topish zaruratini aks ettiradi. U asosiy tamoyil barcha ijtimoiy jarayonlarni, ziddiyatlarni, qarorlarni individual darajaga o‘tkazishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bundan shaxsning nafaqat mavhum-insonparvarlik talabi, balki uning ortib boruvchi va ijtimoiy roli kelib chiqadi. Neysbitning ta’kidlashicha, jamiyatning markazlashtirishdan chetlashishi, jamiyatning hududlashtirilishi, ieraraxiyalashtirilgan va markazlashtirilgan institutlarning parchalanishi bilan bir qatorda u o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish tamoyili deb atagan o‘ziga xos yo‘nalish rivojlanib bormoqda. Ushbu taxminda, shaxslar ijtimoiy hayotning har qanday usullar yordamida bo‘lsa ham boyitish yoki yashab qolishga urinish usulini tanlashda o‘z holiga tashlab qo‘yilgan zamonaviy Rossiya jamiyatining holatini ko‘rish qiyin emas. Nafaqat totalitarizm prinsipidan voz kechish, balki jamiyatning o‘zgarishi holati, uning qator sohalaridagi inqiroz holati, shaxsni o‘zining avvalgi kasbiy, hayotiy vaziyatlarini, odatlarini (vasiylik, kafolatlangan oylik maoshi, odatiy ish va h.k. odatlarini) yo‘qotib qo‘ygan, murakkab, ziddiyatlarga to‘la sotsiumda yana qaytadan o‘z yo‘lini topishga majbur bo‘lgan real birlikka aylantirib qo‘yganligini ko‘rish qiyin emas.
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy hayotiy o‘zgarishlarning insonning shaxsiy xususiyatlariga mutanosibligini izlash kabi global muammo vujudga keldi. Modernizatsiyalash mafkurasi fundamental ilmiy bilim, fanning amaliyot bilan aloqasi, kasbiy mahorat o‘rnining oshirilishi shartlariga asoslanadi. Akmeologiya shaxs haqidagi yangi fan sifatida bugungi kundagi murakkab, o‘zgaruvchan sharoitlarda ushbu vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan. Insonni takomillashtirish doimo hattoki eng murakkab ijtimoiy davrlarda ham uning dunyoqarashida mavjud bo‘lib kelgan. Biroq, akmeologiyada ushbu insonparvarlik g‘oyasi o‘z ijtimoiy talabiga ega bo‘ldi, u insonni takomillashtirish vazifasini san’at uchun san’at prinsipiga ko‘ra emas, balki B.G.Ananev bashorat qilganidek, uning hayotiy kuchlarini mustahkamlash maqsadida hal etadi. Cho‘qqiga, malakaga, kasbiy mahoratga erishish ijtimoiy zaruratga aylandi.
Rossiyada yuz bergan o‘zgarishlardan ancha avval eng ziyrak mehnat nazariyachilar, sotsiologlar va boshqa mutaxassislar insonning, zamonaviy mehnat, texnika, ishlab chiqarish tabiatiga mos kelishi lozim bo‘lgan intellektual sohasini takomillashtirish muammosini ilgari surganlar. Intellektual sohani takomil-lashtirish xodimlarning fan yutuqlarini, taraqqiy etuvchi texnologiyalarni ijodiy ravishda qo‘llashlarini, shuningdek, ularning tajriba o‘tkazish, tadqiqot olib borish, hamkorlik aloqalarini o‘rnata olish imkoniyatlarini ratsionallashtirishni talab etadi.
O‘tmishning asosiy ijtimoiy muammosi shundan iboratki, jamiyat alohida yirik olimlar, kashfiyotchilarning intellektual manbalaridan foydalangan holda, intellektual imkoniyatlarni oqilona rivojlantirish va ongli ravishda qo‘llashga qodir bo‘lmagan. Akmeologiya esa o‘z navbatida shaxsning zamonaviy sotsiumdagi o‘rnini anglashda uning faoliyatining mustaqilligiga, uning mas’uliyatiga, tanlangan kasbga o‘zining mos ekanligiga shaxsiy kafolatiga, ijtimoiy roliga yo‘naltirilgan. Agar ijtimoiy determinatsiyaning avvalgi tushunilishi tashqi ta’sirlarning insonga nisbatan hal etuvchi rolini tan olishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda akmeologiya uchun ahamiyat kasb etuvchi hodisa tamomila o‘zgartirilgan. Determinatsion bog‘liqliklarning o‘ziga xos “inversiya (o‘rin almashish)”si sodir bo‘lgan. Talablarga, imkoniyatlarga, psixika va hattoki shaxsning o‘ziga sotsium ta’sir ko‘rsatmaydi, balki shaxsning o‘zi o‘z imkoniyatlari, sabablari, psixik, energetik manbalarini, o‘zining sotsium bilan munosabatini, unga nisbatan nomuvofiqligini minimallashtirish maqsadida maqbullashtirish uchun qo‘llaydi. Biz tomonimizdan u yoki bu faoliyatni yoki umuman hayot faoliyatining psixik ta’minoti haqidagi formula ilgari surildi. Bir qarashda ushbu formula psixikaning “mustaqilligi”, ichki yaxlitligi bilan ziddiyat hosil qiladigandek ko‘rinadi. Oxirgisi xuddi mehnatga oid, kasbiy, hayotiy “aslaha” sifatida namoyon bo‘ladi. Aslida esa bu ijtimoiy determinatsiyani akmeologik tushunishdan kelib chiqadigan markaziy metodologik muammodir.


Yüklə 56,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə