Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha Hayot faoliyati xavfsizligi fani o’bektlari, maqsad va vazifalari



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə1/7
tarix19.12.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#151624
  1   2   3   4   5   6   7
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati

Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati

Reja:


  1. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha

  2. Hayot faoliyati xavfsizligi fani o’bektlari, maqsad va vazifalari

3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tubdan ijobiy o’zgarishlari

4. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati



Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq barcha fuqarolarni jumladan ishchi xodimlarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e`tibor qaratib kelinmoqda.
Ta`lim jarayonining barcha sohalarida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta`lim to`g’risidagi Qonunlar asosida ta`lim sohasida katta yutuqlarga erishilmoqda. Ta`lim mazmuni tubdan ijobiy o`zgarishga yuz tutmoqda. Barcha ta`lim tizimida eng zamonaviy o`qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda.
Endilikda tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma`lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o`z aksini va dolzarbligini yo`qotmaydigan bo`lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta`lim standartlari qo`ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda.
Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini etuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o`ringa qo`yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo`lishi shubhasiz.
Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo`ladi. Inson o`zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo`lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə