Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha Hayot faoliyati xavfsizligi fani o’bektlari, maqsad va vazifalari



Yüklə 95,5 Kb.
səhifə5/7
tarix19.12.2023
ölçüsü95,5 Kb.
#151624
1   2   3   4   5   6   7
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati

Tabiiy muhitning asosiy oqimlari.

  • quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi;

  • kosmik nurlar, chang, asteroidlar;

  • yerning elektr va magnit maydoni;

  • ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi;

  • atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar; - boshqalar.

Texnosferadagi asosiy oqimlar.

  • xomashyolar, energiyalar oqimi;

  • iqtisodiyot sohasi mahsulotlarining oqimi;

  • iqtisodiyot sohasi chiqindilari;

  • maishiy chiqindilar;

  • axborot oqimlari;

  • transport oqimlari;

  • yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish);

  • moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; - boshqalar.

Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar.

  • axborot oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar);

  • odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); - narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari; - boshqalar.

Hayot faoliyati jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar.

  • kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari;

  • energiyalar oqimi (mexaniq, issiqlik, quyosh va boshqalar);

  • informatsiya oqimlari;

-hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi; -boshqalar.

3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tubdan ijobiy o’zgarishlari


HFX insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog’ligini ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir.
Bu fan quyidagi asosiy masalalarni yechadi:

  • atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi);

  • insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi;

  • xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish; - muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.

HFXning integral ko`rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. TSivilizatsiya taraqqiyoti (ilmiy-texnikaning, iqtisodning rivojlanish, qishloq xo`jaligini industrlashtirish, har xil energiyalardan foydalanish - yadro energiyasigacha, yangi mashina va mexanizmlarni yaratilishi, zararkunandalarga qarshi har xil o`g’itlarning qo`llanilishi) inson sog’ligiga salbiy ta`sir etuvchi zararli omillar miqdorini sezilarli darajada ko`paytirmoqda. SHu sababli ushbu omillardan himoyalash inson hayot faoliyatini taminlashning muhim elementi bo`lib qolmoqda. Insoniyat paydo bo`lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda insonlarning o`rtacha umr ko`rishi 77 yoshni tashkil qiladi.

4.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining bugungi kundagi ahamiyati


Aholining sog’lom bo’lib o’sishi va uzoq umr ko’rishini ta’minlash jamiyatni siyosiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy maqsadidir. Davlat g’amxo’rligi aholi sog’ligini saqlash, turli xil xavf-xatardan himoyalash va sog’liqni mustahkamlashning eng ishonchli garovidir.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta’minlash har bir jamiyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiyasi hayot, erkinlik, mehnat va daxlsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani-mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiyalaydi. Buning ilmiy zamini esa ishlab chiqarishda shikastlanish, kasbiy kasalliklar, yong’in va halokatlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish. mehnat jarayonida qo’llaniladigan asbob-anjomlarning xavfsizlik va zararlilik darajasini o’rganish, og’ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishni ko’zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholashdir.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi uchta o’zaro bog’liq bo’lgan masalalarni hal etadi:
1. Xavflarni birday deb hisoblash, ya’ni ularning qiyofasiga qarab koordinator va miqdoriy xususiyatlarini o’rganish.
2. Sarf-harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish.
3. Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy xavflarni yo’qotish.
Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasi. Hayot faoliyati xavfsizligi tushunchasida ko’p uchraydigan ta’riflar quyidagilar bilan ifodalanadi.
Faoliyat -insonning jamiyatda mavjud bo’lishi uchun kerakli sharoit va mehnat faoliyatining yuqori shaklidir. Faylasuflarning fikricha, insonning ta’rifi harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir. Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo’lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 95,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə