Mavzu: sath. Sath o‘lchash asboblari. Reja. Sath haqida umumiy tushunchalar


Sath o‘lchashning vizual vositalari



Yüklə 321,5 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü321,5 Kb.
#140609
1   2   3
6-маьруза --test uchun

2. Sath o‘lchashning vizual vositalari.
Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, mazkur o‘lchash vositalariga o‘lchov chizg‘ichlari, reykalar, lotli ruletkalar (silindirik sterokenli) va sath o‘lchovchi shishalar (oxirgisi ko‘roq qo‘llaniladi) kiradi. Sathni sath o‘lchovchi shishalar yordamida o‘lchash tutash idishlar qonuniga asoslangan.
S ath o‘lchagich shishaning prinsipial sxemasini ko‘rib chiqamiz (eng keng tarqalgani sababli). Sxema 6.1 – rasmda keltirilgan. Ko‘rsatkich shisha 1 armatura yordamida idishning pastki va ustki qismlari bilan birlashtiriadi. 1 trubkadagi suyuqlik meniskining holatini kuzatib idishdagi suyuqlik sathining holati haqida fikr yuritiladi. Rezervuardagi va shisha trubka (nay) dagi suyuqlik teyaturalari farqiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xatolikni bartaraf etish uchun o‘lchashdan avval sath o‘lchagich shishalar yuviladi. Bu vazifani ventil 2 bajaradi. Mexanik mustahkamligi past bo‘lgani sababli sath o‘lchagich shishalarni uzunligi 0.5 m ortiq bo‘lmaydi.
Shuning uchun, rezervuarlarda sathni o‘lchash uchun ular bir – birini to‘ldirib maqsadida bir nechta sath o‘lchagich shishalar o‘rnatiladi. Sath o‘lchagich shishalar 3 MPa bosimgacha va 300 0С haroratgacha qo‘llaniladi. Sathni sath o‘lchagich shishalar bilan o‘lchashning absalyut xatosi ±(1 – 2) mm.
Qoida bo‘yicha qayerda inson kuzatiyotgan qurilmalarda qo‘llaniladi. Yana bir qator texnik chegarashlar bor. Sarfo‘lchagich shishalar 3Mpa gacha va 300° gacha haroratlarda qo‘llaniladi.
3.Sath o’lchov asboblarining tavsifi.
3.1. Qalqovichli sath o‘lchash vositalari.
B u asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning sezgir elementi — qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi (6.2-rasmda) va suyuqlik sathi baland-ligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit havo bo‘lmay, zichligi р0 ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning suyuqlikka botishini oshiradi. Bu ikki kuchga qarshi yo‘nalgan, qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan kuch F ni quyidagicha hisoblash mumkin:
(6.1)
bu yerda, р0— suyuqlik ustidagi muhit zichligi; g — og‘irlik kuchi tezlanishi; V — qalqovichning hajmi; р — qalqovich botib turgan suyuqlik zichligi; х — qalqovich botgan qismning balandligi; S — qalqovichning ko‘ndalang kesim yuzi.
Agar qalqovichning ko‘ndalang kesimi S balandligi h bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa,
(6.2)
Suyuqlik ustidagi muhit gaz yoki havo bo‘lsa. р0= 0, у holda
(6.3)
Qalqovichning ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas bo‘lsa
(6.4)


3.2. Buyekli sath o‘lchash vositalari.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarda doimiy va davriy cho‘kadigan (buykali) qalqovichlar ishlatiladi.
Doimiy cho‘kadigan qalqovichni sath o‘lchagichlarda qalqovichni yuqoriga ko‘taradigan muvozanatlovchi kuch qalqovich og‘irligiga teng va o‘zgarmas bo‘ladi;
F=G=Const (6.5)
Bu yerda,n foydalanib, qalqovichning suyuqlikka botgan qismining balandligini topish mumkin
(6.6)
Bu holda kuchlar muvozanatini ta’minlaydigan qalqovich suyuqlik sathiga muvofiq siljiydi. 6.3- rasmda shu prinsipga asosan ishlaydigan doimiy cho‘kadigan qalqovichli sath o‘lchagichning oddiy sxemasi ko‘rsatilgan. Sanoatda qo‘llaniladigan ko‘pchilik sath o‘lchagichlar shu sxema asosida ishlaydi. Qalqovich 1 roliklar 2 yordamida muvozanatlovchi yuk 3 bilan elastik tros (po‘lat sim) orqali bog‘langan. Yuk bilan biriktirilgan strelka shkala 4 ga muvofiq suyuqlik sathni ko‘rsatib turadi.
Qalqovichli sath o‘lchagichlar uchun, 6.3. rasmda trosning taranglik kuchi va roliklardagi ishqalanishni hisobga olgan xolda, «qalqovich-tortuvchi (protivoves)» tizimning muvozanat holati quyidagi tenglama bilan yoziladi:

GГ=GП –Sh1 c g, (6.7)


bu yerda, GГ, GП- qalqovich og‘irliigiga qarshi og‘irlik kuchi (protivoves) va og‘irlik kuchi; S – qalqovich yuzasi; h1qalqovich chukkan balandligi; c – suyuqlik zichligi.

Suyuqliknig sathining oshishi qalqovichning chuqurligini o‘zgartiradi va va unga qo‘shimcha itaruvchi kuch ta’sir etadi. Yuqorida yozilganlarning natijasida tenglik buziladi va - qalqovich og‘irliigiga qarshi yuk pastga tushaveradi, toki osilga qalqovich h1balandlikga teglashguncha.


Bu o‘lchagichning asosiy kamchiligi — shkalasining teskariligi va tros og‘irligining o‘zgarishi hisobga olinmasligi, baland idishlarda hisoblash qiyinligi va hokazo.
Qalqovichli sath o‘lchagichlarning turli modfikatsiyalari mavjud. Ular bir-biridan tuzilishi, o‘lchash xarakteri (uzluksiz yoki qayd qiluvchi), masofaga uzatish tizimini (pnevmatik, elektr va boshqalar) ishlatish shartlari va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi.

Yüklə 321,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə