Mavzu: Shahar tarmoqlari (man) va ularning qurilish usullari



Yüklə 5,79 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü5,79 Kb.
#154490
6-Ma\'ruza


11-12-Mavzu: Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari.
Reja:

  1. Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari.

  2. MAN tarmog’ida qo’llaniladigan asosiy qurilmalar.

Shahar (regional) tarmoqlar (Metropolitan Area Network – MAN) alohida olingan shaharning ichki mahalliy tarmoqlarining o’zaro aloqasini ta’minlash, shuningdek, mahalliy tarmoqlarni global tarmoq bilan bog’lash uchun mo’ljallangan. Shahar tarmoqlari yuqori tezlikli, ammo geografik jihatdan cheklangan mahalliy tarmoqlar va uzoq masofalarda ishlaydigan, ammo past tezlikli global tarmoqlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni anglatadi. Shahar tarmoqlaridan foydalanish tashkilotga shaxsiy mahalliy tarmoqni qurishdan ko’ra yetarlicha kam mablag’ evaziga sifatli va yuqori tezlikli aloqaga ega bo’lish imkonini beradi.

Korporativ tarmoqlar deb nomlanuvchi tarmoqni ham alohida ko’rib chiqish lozim. Ular bir biridan uzoqda joylashgan ko’plab filiallarga ega bo’lgan tashkilotlar tomonidan tashkil etilib, ular o’rtasida tezkor ma’lumotlar almashinuvini tashkil etadi. Bunday tarmoqlar ma'lum bir tashkilotning o'z ehtiyojlari va uning faoliyati doirasidagi vazifalarni bajarish uchun yaratiladi. Bunday holda, tarmoqning o'zi virtual bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri ma'lumotlarni uzatish boshqa tarmoqlar orqali amalga oshiriladi: umumiy telefon tarmog'i, tashkilotning mahalliy tarmoqlari va uning filiallari, Internet va boshqalar.

Shuningdek, tekommunikatsion xizmat bo’lib, masofadan turib oddiy va qulay aloqa qilish imkonini beruvchi audio va videokonferensaloqa (AVKA) ni ko’rib chiqamiz. Qatnashchilar geografik jihatdan taqsimlangan bo’lsalarda, bir birlarini ko’rishlari va eshitishlari mumkin bo’ladi. Videokonferensaloqa ikki yoki undan ortiq studiya o'rtasida ham mamlakat ichida, ham turli mamlakatlar o'rtasida o'tkazilishi mumkin.
Yüklə 5,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə