Mavzu: Shaxslararo mojaro Reja: Psixologik bog‘lanish. Shaxslararo bog‘lanish va shaxslararo mojaro



Yüklə 31,38 Kb.
səhifə3/5
tarix27.12.2023
ölçüsü31,38 Kb.
#162570
1   2   3   4   5
Shaxslararo mojaro

Nizoli vaziyat – ijtimoiy sub’yektlar o‘rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi – nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo‘qligi, ya’ni to‘qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi.
Zamonaviy psixologiyada nizo odamlaming o‘zaro munosabatlari jarayonida qarama-qarshi pozitsiyalaming to‘qnashuvi sifatida talqin etiladi. Har qanday nizoning belgilari quyidagilardan iborat: ikki qarama-qarshi tomonlaming mavjudligi, ular o‘rtasidagi to‘qnashuvning yuzaga kelishi.
Nizolar quyidagi qismlardan tarkib topadi: nizoning tomonlari, nizoning shart-sharoitlari, nizoning predmeti, nizo qatnashchilarining hatti- harakatlari, nizoning natijalari. Nizoning dinamik xususiyatlari uning turli bosqichlarida yuzaga keluvchi nizo va jarayonlaridir: ob’yektiv nizoli vaziyatning yuzaga kelishi, vaziyatning nizoli ekanligi anglanishi, nizoviy o‘zaro ta’sir (yoki nizoning o‘zi), nizoning hal etilishi.
Olimlar nizoning rivojlanish bosqichlarini ikkiga ajratadilar: tomonlarning yashirin to‘qnashuvi, tomonlarning ochiq to‘qnashuvi. Nizolarning shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo, guruhlar ichidagi kabi turlari farqlanadi. Turli xildagi psixologik nizolar o‘zining asosiga binoan sub’yektlararo bo‘ladi, chunki nizolar har doim subyektlar o‘rtasida — guruh vakillari bilan munosabatda bo‘luvchi turli shaxslararo yoki sub’yektning o‘zi bilan o‘zi nizo ko‘rinishda kechadi. Nizolarni hal qilish uchun biz ma’lum bir hatti- harakatlarni amalga oshiramiz, lekin ular samarali yoki samarasiz bo‘lishi mumkin. Bizning nizolarni hal qilishdagi harakatlarimiz quyidagi hollarda samara berishi kuzatiladi: qarama-qarshi tomonlarning to‘qnashuvi to‘xtatiladi yoki batamom tugatiladi, tomonlar qarama-qarshiligi barham topadi.
Jamoadagi, guruhlardagi nizolar xavfli ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha ular goh o‘chib, goh avj olib, guruh a’zolarini ishdan chalg‘itib, holdan toydirib, kishining ruhiy holatiga salbiy ta’sir etib, surunkali ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun nizoni boshqarish va bartaraf etish alohida ahamiyat kasb etadi. Awalo nizoni oldindan ko‘ra bilish, uning ziddiyatli vaziyatga aylanib ketmasligining oldini olish zarur. Nizoli vaziyatlarda nizoni hal qilishning ikkita asosiy tuzilishi mavjud: nizoviy omil bilan ishlash, guruhlar yetakchilari bilan ishlash.
Nizoli vaziyatlarni hal qilish hatti-harakatlari belgilanmagan yoki bu hatti-harakat samara bermagan holatlarda ziddiyatli vaziyat yuzaga keladi. Ziddiyatli vaziyatni hal qilishning yagona usuli va imkoniyati-uni to‘xtatishdir.
Demak, shaxslararo mojarolar o‘z-o‘zidan kelib chiqmay, balki shaxslarning o‘zaro kelishmovchiliklari, ma’naviy anglashilmovchiliklar, nizolar, ishga doir, shaxsiy nizolar natijasida yuzaga keladi.



Yüklə 31,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə