Mavzu: Shaxslararo mojaro Reja: Psixologik bog‘lanish. Shaxslararo bog‘lanish va shaxslararo mojaro


Shaxslararo birgalikdagi harakat va do‘stona munosabatlar



Yüklə 31,38 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü31,38 Kb.
#162570
1   2   3   4   5
Shaxslararo mojaro

2. Shaxslararo birgalikdagi harakat va do‘stona munosabatlar.
Birgalikdagi faoliyat jarayonida mojarolarning sabablari o‘rnida ikki xil toifadagi determinant, ya’ni ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar va shaxsiy-pragmatik manfaatlar o‘rtasidagi tafovut maydonga chiqadi. Mojarolarning kelib chiqishiga muloqotga kirishuvchilaming o‘zaro birgalikda harakat qilishlariga g‘ov bo'lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar sabab bo‘ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik — aytilgan talabning, iltimosning, buyruqning ma’nosi muloqot bog‘lashgan sheriklar uchun muvofiq emasligidir. Bu hoi ularning o‘zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilishi uchun to‘sqinlik qiladi.
Agar pedagog o‘quvchilar psixologiyasini yaxshi bilsa, uni e’tiborga olsa, o‘quvchining qiziqishlarini va e’tiqodini, yoshiga xos xususiyatlarini, ilgari egallagan tajribasini inobatga olsa, uning istiqboli va qiyinchiliklari bilan hisoblashgan holda ish tutadigan bo‘lsa, ma’naviy anglashilmovchiliklarni bartaraf etish mumkin.
So‘zlar kishi ongining boshqa faktlari kabi mohiyatlaming umumiy tarzda qabul qilingan tizimidan tashqari alohida har bir kishi uchun xos ma’lum darajadagi shaxsiyatga oid mazmun, ahamiyat kasb etadi. Mohiyatlar bilan shaxsiyatga oid mazmunning nisbati A.N. Leontyevning asarlarida chuqur tadqiq etilgan edi: «Shaxsiyatga oid mazmunlar mohiyatlardan farqli o‘laroq... o‘zining ortiqcha individualligiga, «nopsixologik» tarzda mavjudligiga ega emas. Tashqi sezuvchanlik sub’yekt ongida mohiyatlarni ob’yektiv olamning realligi bilan bog‘lab turadi, shaxsiyatga oid mazmun esa ulami uning ushbu olamdagi hayoti realligi bilan, uning sabablari bilan bog‘lamaydi. Shaxsiyatga oid mazmun inson ongining g‘arazliligini yuzaga chiqaradi»
Raqobatning eng yorqin shakli nizodir. Konfliktga olib kelishi mumkin bo’lgan so’zlar, amallar, yoki harakatsizlik konfliktogen deb ataladi. Konfliktogen – konfliktga imkon beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida tarjima qilinadi. Bu ta’rifda muhim bo‘lgan so‘zlardan biri “mumkin bo‘lgan”dir. Chunki u - konflikto­gen­larning havfini, ularning ichki tahdidini to‘g‘ri belgilab beradi. Konfliktga olib kelishi aniq bo‘lmagan, ya’ni konfliktga olib kelishi “mumkin bo‘lgan” narsalar ziddiyatga nisbatan uyg‘oqligizgiz va sezgirligingiz, ogohligingizni tinchlantirib, sizni aldab qo‘yishi mumkin. Tanishingizga nisbatan har doim salom-alikni quyuq qilsangiz-u, bir marta o‘z ishlaringiz bilan o‘ylanib, unga har doimdagidek e’tibor qaratmasdan, oddiy “Salom?” deb o‘tib ketsangiz, u sizdan qattiq hafa bo‘lib qolishi mumkin. “O‘zini katta tutyapti, behurmatlik qildi, nima men uning arpasini xom o‘rdim-mi?! Salom bermasa o‘ziga?! Ja, katta ishga o‘tdim deb, dimog‘i ko‘tarilib ketibdi-mi?....”. Orada noqulay ahvol kuzatiladi. Keyingi gal u siz bilan sovuq, rasmiy muomala qiladi. Endi siz o‘ylanasiz. “Nima bo‘ldi bunga?! Nimaga o‘zini bunday tutyapti?! Xuddi men bilan urishib qolganday. Uni hafa qilmovdim, shekilli...”
Nizodan pedagogik jarayonda mohirona foydalanish uchun albatta nazariy bilimlarga ega bo‘lish kerak: uning dinamikasini va uning barcha tashkil qiluvchilarini yahshi bilish kerak. Nizoli jarayon to’g’risida faqatgina hayotiy tasavvurlarga ega bo‘lgan insonga nizodan foydalanish tehnologiyasi to‘g‘risida gapirish foydasizdir.
Nizo – istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’yektlar o’rtasidagi ijtimoiy o‘zaro aloqalar shakli (sub’yektlar individ, guruh o’z o’zi bilan) ichki nizolar holatlarida bo‘ladi.
"Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o‘rtasida katta farq bor.

Yüklə 31,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə