yuraksiz kishilar deb ataladi. Sabot, matonat ma'lum maqsadga yetishda ko’pincha
uzoq vaqt davomida irodamizga ta'sir etib turuvchi katta to’sqinlik va
qiyinchiliklarni bartaraf qilishga to’g’ri keladi. Irodaning bunday ko’rinishi
shaxsning eng muhim sifati bo’lib, iroda kuchining yaqqolligini ko’rsatadi.
Sabot, matonat - qandaydir bir aniq maqsadni ko’zlab, muntazam ravishda
irodaviy zo’r berish demakdir.
Ammo kishilarning hayoti va faoliyatida ba'zan shunday hollar ham bo’ladiki,
kishi o’z oldiga qo’ygan qandaydir zarur maqsadlarni bajarishda yetib
bo’lmaydigan yoki kishiga shunday bo’lib tuyuladigan to’sqinliklarga uchrab
qoladi. Bunday hollarda kishi ba'zan qabul qilgan qarorni o’zgartiradi, bekor
qiladi, u qiyinchiliklardan qo’rqishi va o’z oldiga qo’ygan maqsadidan voz
kechishi mumkin. Ba'zan shunday bo’ladiki, talaba to’satdan o’qishni tashlaydi.
Ilgari tanlagan ehtiyojidan voz kechadi, boshlagan ishini oxiriga yetkazmay, o’lda-
jo’lda qoldirib ketadi.
Kishi o’z harakat, maqsadini yaxshi o’ylamaganda maqsadga yetishsa,
yordam bera oladigan vosita va usullarni puxta o’ylamaganda, o’zining kuch -
imkoniyatlarini yetarli yoki to’g’ri hisobga olmaganda odamda belgilangan
maqsaddan shu tariqa qaytadi, irodasida chekinadi. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikka
haddan tashqari katta ahamiyat berilganda, bu muvaffaqiyatsizlikka noto’g’ri, yoki
yengil baho berilganda, unga faqat salbiy tomondan qaraganda shunday bo’ladi.
Kishi muvaffaqiyatsizlikka uchrash bilan bir vaqtda o’z kuchlariga, o’z
imkoniyatlariga, o’z qobiliyatlariga ishonmaganda odam "ruhi tushib", o’zini
passivlikka qo’l qovushtirib o’tirishga mahkum etadi. Albatta umuman irodasi
kuchsiz kishilarda shunday bo’ladi. Bunday kishilar irodasining o’smaganligi,
etarlicha tarbiyalanmaganligi bilan farq qiladi
Har qanday faoliyatning, jumladan o’qib, o’rganishning muvaffaqiyati sabot-
matonatga bog’liq. Bilimli bo’lmoq uchun sabot-matonat kerak. Har bir sohada-
texnika, san'at, muzika, sport va shu kabi sohalarda bilim va malaka ortirmoq
uchun sabot-matonat kerak.
Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining
maqsadga yetish yo’lida qanday qiyinchilik va to’sqinliklar bo’lishidan qat'iy nazar
shu maqsadga erishishida o’z ifodasini topadi.
Xarakter xislati bo’lgan sabot-matonat ba'zi kishilar faoliyatining hamma
sohalarida namoyon bo’ladi boshqa kishilarda esa bu xislat ularning manfaatlari
bilan bog’langan, va ayrim faoliyat sohalarida ko’rinadi.
Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamisha oxiriga yetkaza biladilar.
Ular o’zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan bo’ladilar.
Sabot-matonatli kishilar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ruhini tushirmaydi,
balki aksincha, maqsadga erishish uchun ishga yanada qat'iyroq kirishadi, shu
maqsadga erishishning yangi yo’l va vositalarini izlab topadi.
Sabot-matonatli kishilar o’ziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi
bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yo’ldan yurishlariga to’sqinlik qiladi
oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu to’sqinliklarni yenga oladigan
matonatli kishilardir.
Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham chambarchas
bog’liq.
Maqsadga yetishda bartaraf qilinadigan to’sqinlik va qiyinchiliklar kishidan
kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha jismoniy va ruhiy
azob beradi ham.
Kishining o’z faoliyatida ba'zan sovuq va issiqdan, yomg’ir va qordan, qattiq
toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi o’z
oldiga qo’ygan maqsadiga sodiq bo’lib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday
intilishlarda ko’rinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning
organizmidagi yemirilish jarayonlarini yengishda ifodalanadigan ajoyib iroda
o’zini tuta bilish va matonatda ko’rinadi. Bu borada quyidagi misolni keltirib
o’tish joiz.
Sobiq sovet uchuvchisi Alievning bir o’zi havo jangida dushmanning yettita
samolyotiga qarshi mardonavor kurashdi va hammasini urib tushirdi. Kuchlar teng
bo’lmagan bu jangda Alievning samolyotini dushman o’qlari teshib yuborgan edi.
Aliev o’zi bir necha bor yaralandi. Ammo u o’zini yo’qotib qo’ymay, samolyoti
bilan o’z aerodromiga borib qo’ndi. Aerodromiga yetib borguncha dushman
egallab olgan yerlardan uchib o’tishi kerak edi. Dushmanning zenit to’plari
Alievning samolyotini qattiq o’qqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad
parchalari teshib yubordi.
Kishilarning hayoti va faoliyatida shunday hollar ko’p bo’ladiki, bunda odam
zarur paytida o’zini tuta olmay qoladi, jasurlik, sabot-matonat, intizomlilik ko’rsata
olmaydi. Xarakter xislati irodasiz kishilar mavjud, bunday kishilar irodasi kuchsiz
yoki irodasiz kishilar deyiladi. Bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki chidamsiz
|
Dostları ilə paylaş: |