Mavzu: sholichilik cheklarini bostirib sug'orish Reja



Yüklə 22,62 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü22,62 Kb.
#135985
  1   2   3
SHolichilik cheklarini bostirib sug\'orish


Mavzu: SHolichilik cheklarini bostirib sug'orish
Reja:

  1. Sholichilik tizimlarining turlari va tarkibiy qismlari.

  2. Sholichilik tizimlaridan foydalanish.

3.Chiqindi suvlardan foydalaniladigan sug’orish tizimlari.
4.Chiqindi suvlar bilan ekinlarni sug’orish usullari.
5.Chiqindi suvlar bilan yomg’irlatib sug’orish xususiyatlari.

1.Asosan sholi etishtirishga mo’ljallangan tizimlar sholichilik sug’orish tizimlari deb yuritiladi. Bunday tizimlar odatdagi sug’orish tizimlarining tarkibiga kiruvchi elementlardan tashqari alohida cheklardan iborat bo’lgan sholichilik kartalari, karta sug’orish va tashama tarmoqlari, sug’orish-tashama tarmog’i, chegaralovchi zovur va dambalardan tarkib topgan bo’ladi.


Suv uzatish tarmoqlari suv olish inshooti, magistral va taqsimlash kanallari, karta sug’orish tarmog’i va ulardagi gidrotexnik inshootlardan iborat. Sug’orish suvi bosh suv olish inshootidan magistral kanalga, undan xo’jaliklararo taqsimlash kanallariga uzatiladi. Xo’jalik taqsimlagichlari ulardan suv olib, uchastka taqsimlagichlariga etkazib beradi. Karta sug’orish tarmog’i suv uzatish tarmoqlarining eng so’nggi bo’g’ini hisoblanadi.
Sholichilik kartalari sholichilik dalalarining sug’orish va tashama tarmoqlari bilan chegaralangan, ko’p marotaba takrorlanuvchi eng kichik uchastkasi (bo’g’ini)dir. Sholichilik kartalarida tuproqning suv-havo, issiqlik, tuz va oziq rejimlari mustaqil holda boshqariladi. Sholichilik kartasi bir yoki bir nechta cheklardan iborat bo’ladi, uning eni 150–200 m, maydoni 15–50 gektarga teng. O’zaro tutashgan kartalar sholichilik almashlab ekish dalasini, dalalar esa almashlab ekish uchastkasini tashkil etadi.
Kartalarning qulay shakli bo’lib to’g’ri to’rtburchak hisoblanadi. Cheklarning maydoni 0,1 dan 6 gektargacha, injenerlik sug’orish tizimlarida o’rtacha 2,5–3,5 gektarga teng bo’ladi.
Karta sug’orish tarmog’i bir va ikki tomonlama xizmat ko’rsatishi mumkin: birinchi holda suv tarmoqning bir tomoniga va ikkinchi holda esa ikki tomoniga taqsimlanadi. Ikki tomonlama ishlovchi sug’orish tarmog’i kartaning o’rtasidan uning butun uzunligi bo’ylab o’tkazilib, oxirida suv chiqargich o’rnatiladi. Bir tomonlama ishlovchi sug’orish tarmog’i eng quyi chekkacha olinadi.
Sholichilik cheklari va kartalaridan tashlab yuborilayotgan yoki novegetatsiya davrida tushadigan yog’in va sizot suvlarini qabul qilish hamda tashlash uchun tashama (oqova) tarmoqlar quriladi. U karta tashamasi, xo’jalik tashamasi, kollektor va magistral kollektorlardan iborat bo’ladi. Sholichilik dalalaridagi ortiqcha sizot suvlar kollektor-zovur tarmoqlari yordamida chiqarib yuboriladi. U birlamchi, guruh zovurlari, kollektor va magistral kollektorlardan tashkil topgan bo’lib, sho’rlangan erlarda majburiy tadbir hisoblanadi. Ko’pchilik hollarda tashama tarmoqlar zovurlar vazifasini o’taydi.
Sholichilik tizimlaridan filtratsiyaga sarflanayotgan suvlar qo’shni dalalardagi sizot suvlar sathini ko’tarilishiga olib keladi, bu esa tuproqlarning meliorativ ahvolini yomonlashuvini keltirib chiqaradi. Shu bois, filtratsiya suvlarini tutib qolib va ularni tashqariga chiqarib tashlash maqsadida sholichilik dalalari chegaralovchi chuqur kanallar bilan o’rab olinadi.
Sug’orish tizimlarida suv o’lchash va taqsimlash, suv sarfini rostlash, chekdan-chekka suv o’tkazish, chekdan tashamaga suv chiqarishlarda turli xil gidrotexnik inshootlar – zatvor (qulfak), shandor, o’zi yopiluvchi qopqoq, damlagich-suv chiqargich, suv chiqargichlar qo’llaniladi.
O’zbekistonning qadimdan va yangidan sug’orilidagan erlaridagi barcha sholichilik tizimlari uchta guruhga ajratiladi: noinjenerlik, yarim injenerlik va injenerlik tipidagi sug’orish tizimlari.
Noinjenerlik sholichilik tizimlarida erlar yaxshi tekislanmaganligi tufayli kanallar va kichik-kichik cheklar qing’ir-qiyshiq shaklga ega bo’lib, ular ma’lum bir tartibda joylashtirilmagan. Sug’orish suvi yuqorida joylashgan chekdan eng quyidagi chekkacha o’tib boradi. Bunday tizimlarda kollektor-zovur va tashama tarmoqlari bo’lmaganligidan tuproqning meliorativ ahvoli yomonlashib boradi. Sholi etishtirishni mexanizatsiyalashning imkoni yo’q. Deyarli barcha ishlar qo’l kuchi yordamida bajariladi. Noinjenerlik sholichilik sug’orish tizimlarida EFK 0,65–0,70 ni, cheklar maydoni 0,01–0,02 gektarni, cheklarni qurish uchun mehnat xarajatlari µar gektar µisobiga 250–300 va undan ortiq ish kuchini tashkil etadi. Sholini mavsumiy sug’orish me’yori 50–60 ming m3G’ga. gacha etib boradi.
Yarim injenerlik tipidagi tizimlarda karta va cheklar ancha yiriklashtirilgan va ularga to’g’ri to’rtburchak shakl berilgan. Sug’orish va tashama tarmoqlari to’g’ri chiziq bo’ylab olinadi. Sug’orish uchastkalari maydoni 20–30 gektargacha, cheklar maydoni 0,01–0,10 gektarga etkazilgan. Bunday tizimlarda bo’ylama va ko’ndalang marzalar ko’pligidan (ekin maydonining 15–20%ni tashkil etadi) EFK 0,80 dan oshmaydi. Sug’orish tarmoqlarining suv o’tkazish qobiliyati barcha kartalarni suvga jadal bostirish imkonini bermaydi, ya’ni karta va cheklarni suv bostirishga ko’p vaqt sarflanadi. Tizimda bo’ylama marzalar doimiy bo’lib, ularning orasiga mexanizmlar yordamida sholi ekilgandan so’ng ko’ndalang marzalar olinadi, o’suv davrining oxirida ular tekislab yuboriladi.
Injenerlik va yarim injenerlik sug’orish tizimlari sholichilikka ixtisoslashtirilgan xo’jaliklarda barpo etilgan. Injenerlik tizimlarida sug’orish va tashama tarmoqlari hamda sholichilik kartalariga to’g’ri shakl berilgan va ular qat’iy tartib asosida tashkil etilgan. Sho’rlangan erlarda tizim kollektor-zovur tarmoqlari bilan to’liq ta’minlangan. Tizimda sholini etishtirish bo’yicha barcha tadbirlar mexanizatsiyalashtirilgan. Kartalarning o’lchami 4–6 gektargacha etib boradi, sug’orish tarmog’idan suv cheklarga mustaqil ravishda taqsimlanadi va ulardagi suv karta tashamasiga bevosita tashlanadi. Chek va kartalarning marzalari ekin maydonining 4–5%ni tashkil etadi bunday tizimlarda EFK 0,90–0,95%gacha etib boradi. Sholining mavsumiy sug’orish me’yori 25–30 ming m3G’ga. ni tashkil etadi.
Suv taqsimlash va oqova tashlash usullari hamda cheklarning soniga ko’ra sholichilik kartalarining tuzilishi turlicha bo’lib, ulardan quyidagilar keng tatbiq etilgan: Krasnodar tipidagi karta (KTK) to’rtburchak shaklga ega, uning o’rtacha eni 200 m. ga teng, kartani uzun tomonlarining bittasi bo’ylab sug’orish tarmog’i, ikkinchi tomonida tashama tarmog’i quriladi.
Nishobligi 0,001 dan kichik erlarda keng qamrovli karta-chek (KQKCh)lar yuqori samara beradi. Bunday sug’orish tizimida sholichilik kartasi bitta chekdan iborat bo’lib, uning uzunasi bo’ylab bir tomonida sug’orish-tashama tarmog’i quriladi: sug’orish tarmog’i bir vaqtning o’zida tashama tarmoq vazifasini o’taydi. Sug’orish tashama tarmog’ida suv sathi to’sqichlar yordamida damlash yo’li bilan ko’tariladi va karta suvga bostiriladi. Suvni tashlash vaqtida tarmoq oxiridagi damlagich-suv chiqargich ochib yuboriladi va kartadagi suv sug’orish-tashama tarmog’i orqali chiqib ketadi. Sug’orish-tashama tarmog’i uchastka taqsimlagichidan suv olib, uchastka kollektoriga suv tashlaydi.
Krasnodar tipidagi kartaning takomillashtirilgan ko’rinishlaridan biri bo’lgan Kuban tipidagi kartada sug’orish-tashama tarmog’i kartaning o’rtasidan o’tkaziladi va u ikki tomonlama xizmat ko’rsatadi, ya’ni suv uning ikki tomonidagi cheklarga uzatiladi. Bunday tizimlarda chekning maydoni 6 ga (200x300 m) va karta maydoni 12 gektarni tashkil etadi. Ushbu tizimda 12 ta karta umumiy maydoni 144 ga bo’lgan almashlab ekish dalasini tashkil etadi.
Sholichilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarda Uzoq Sharq tipidagi karta, yopiq sug’orish tarmoqli tizim, TIQXMII tipidagi kartalardan ham foydalanilmoqda.

2.Sholichilik cheklarining qat’iy gorizontal bo’lishi (mutloq «nol») maqsadga muvofiqdir. Er nishobligi qanchalik katta bo’lgani sayin cheklarning maydoni shunchalik kichrayib boradi. Sholichilik dalalarini tekislanganlik aniqligi ± (2,5–3) sm, ko’pi bilan Q5 sm. ni tashkil etishi kerak. Bunda ±5 sm. gacha aniqlikda tekislangan maydon dalaning 95%dan kam bo’lmasligi lozim. Er tekislashda loyihaviy yuzaga ega bo’lish hosildorlikni oshishiga, suvdan tejamli foydalanishga va tuproqning meliorativ ahvolini yaxshilashga olib keladi.


Chiqindi suvlarning sug’orish uchun yaroqliligini belgilashda qo’yidagilar aniqlanadi: suvning harorati, rN, erigan va erimagan mineral moddalar, quruq moddalarning umumiy miqdori, erigan va erimagan organik moddalar miqdori, organik moddalarning umumiy miqdori, kislorodga bo’lgan bioximik ehtiyoj (BPK5), kimyoviy singdirilgan kislorod (XPK), kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, fosfat (RO4), xlorid va sulfatlar, umumiy azot va nitratlar.
1- jadval
Tuz miqdoriga ko’ra suvlar sifatini baholash (Rabochev I.S., 1984)

T.r. Suvning sifati


SAR Tuz miq-dori, gG’l Shu jumladan zaharli tuzlar
gG’l %
1 Juda yaxshi <5 <1,0 <0,1 <10
2 Yaxshi 6-10 2,0 0,4 20
3 Qoniqarli 11-15 5,0 1,8 35
4 Kam qoniqarli 16-20 8,0 4,0 50
5 Qoniqarsiz >20 >8,0 >4,0 >50
5. Sug’orishni qo’llash evaziga tuproqning fizik holatiga ta’sir etiladi, tuproqda kechadigan kimyoviy va mikrobiologik jarayonlar o’zgartiriladi, organik moddalar to’planishi va parchalanuvi boshqariladi.
Sug’orish, birinchidan, tuproq strukturasining yirik agregatlarini maydalanishiga sabab bo’ladi, bu esa donador strukturani yo’qolib, tuproqni zichlashuviga, qatqaloq paydo bo’lishiga, havo almashinuvi (aeratsiya)ni yomonlashuvi hamda suv o’tkazuvchanligini kamayishiga olib keladi, sug’orishning bunday salbiy oqibati sug’orish usuli yoki texnikasi elementlarini noto’g’ri tanlash, shuningdek, sug’orishni yuqori jadallikda va katta me’yorlarda o’tkazish tufayli ortib boradi. Qishloq xo’jaligi ekinlarini yo’laklab yoki chek olib bostirib sug’orishlarda tuproqning fizik holati juda yomonlashib ketadi. Shu sababdan, ekinlarni egatlab, jildiratib sug’orish muhim ahamiyat kasb etadi. Katta me’yorda sug’orish tuproq haydov qatlamini juda zichlashib ketishini keltirib chiqaradi. Tuproqning namlik miqdori uning qovushqoqligi hamda ish qurollariga ko’rsatadigan qarshilik darajasini o’zgartiradi.
Sug’orish texnikasining qulay elementlariga rioya qilmaslik oqibatida tuproqning unumdor qatlamini yuvilishi – irrigatsiya eroziyasi kuzatiladi.
Sug’orish suvi tuproqqa singishi jarayonida uning ustki unumdor qatlamidagi mayda fraktsiyalar (loy zarrachalar) va oziq unsurlarini yuvib, pastki chuqur qatlamlarga olib tushib ketadi. Loy zarrachalari ma’lum bir chuqurlikda (odatda haydov osti qatlamida) yuqori zichlikka ega qatlam hosil qiladi, u suv va havo o’tishiga hamda ildizning o’sishiga to’sqinlik qiladi.
Sholi etishtirish amaliyotida asosiy (kapital), joriy va qayta tiklash uchun tekislashlar qo’llaniladi. Erlarni asosiy tekislash sholichilik sug’orish tizimlari yangidan yoki qayta barpo etilayotganda, shuningdek, foydalanib kelinayotgan tizimlarda vaqti-vaqti bilan o’tkazib turiladi. Yangi sug’orish tizimlari barpo etilayotganda asosiy tekislashlar sug’orish kanallari, tashama tarmoqlar va yo’llarni qurish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Sholichilik tizimlari, odatda, nishobligi 0,005 dan kichik erlarda tashkil etiladi.
Cheklarni suvga bostirgan holda joriy tekislashni amalga oshirish samarali tadbir hisoblanadi. Bunda do’ngliklarni suv yuzasida yaqqol qo’rinib turishi erni notekisligini ko’rsatadi. Suv bilan bostirilgan holda tekislash qadimdan sholi ekib kelinayotgan erlarda keng qo’llaniladi. Bunday tekislashda sixli borona va yog’och mola tirkalgan maxsus traktorlar ishlatiladi. Sholichilik dalarini ushbu usulda tekislashda ish unumdorligi quruq tuproqni tekislashdagiga qaraganda 10–15 marta ortishi aniqlangan.

Yüklə 22,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə