Mavzu: sportchilarning sport anamnezi va jismoniy rivojlanishi. Reja



Yüklə 69,94 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü69,94 Kb.
#159821
1   2   3   4
gigeyna mustqil ish

Mushaklarning rivojlanishi, sezuvchanligi, tuzilishi va tonusi tekshiriladi. Asosan ko‘krak, yelka-bilak, son-boldir muskullarining rivojlangani ko‘zga tashlanib turadi. Agar muskullar qalin, yo‘g‘on, tarang, har qaysisi bir-biridan bo‘rtib, ajralib tursa, muskullar yaxshi rivojlangan, deb baholanadi. Agar muskullar hajmi kichik, bo‘shashgan, ular bir-biridan bo‘rtib ajralib turmasa, muskullar rivojlanishi kuchsiz deb baholanadi.
Qorin shakli – sportchilarda qorin biroz tortilgan bo‘ladi. Qorin shakli muskul pressiga va yog‘ qavatiga bog‘liq.
Oyoq shakliga e’tibor beriladi: normal holatda “tik turing” komandasiga ikkala oyoq sonlarining ichki yuzasi, tizza va boldir-tovon bo‘g‘imlari bir-biriga tegib turadi.
Antropometriya – odam gavdasining morfologik belgilarini aniqlash. Antropometriya- odamning yoshi, kasbi, jinsiga aloqador jihatlar va h.k. ni aniqlash uchun tana va uning qismlarini o‘lchashni bildiradigan jarayon bo‘lib, u antropologik izlanishlarning usullaridan biridir. Uning yordamida odamlarning jismoniy tuzilishining o‘zgarishlarini miqdoriy ifodasini olish mumkin. Tekshiriladigan narsalarga ko‘ra, antropometriyaning quyidagi xillarini ajratish mumkin:

  1. Somatometriya – tirik odamning o‘lchamlarini olish;

  2. Kraniometriya – kalla suyagining o‘lchamlarini o‘lchash;

  3. Osteometriya – suyaklarning o‘lchamlarini aniqlash.

Antropometriyaga bo‘lgan talab, odam tanasi o‘lchamlarining o‘zgaruvchanligidan kelib chiqadi. Odatga ko‘ra, bir guruh odamlarning o‘lchamlarinining chayqalishi, boshqa guruhdagi odamlarning o‘lchamlaridan farq qilishi mumkin. Bunday holatni transgressiv amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Antropometrik o‘lchashlarning natijalarini maxsus ishlab chiqilgan qoidalar bilan solishtiriladi. Mazkur qoidalar variatsion statistika – hisoblash tamoyillariga asoslangan bo‘ladi.
Antropometrik o‘lchashlar somatostkopiyani to‘ldirib, uning ma’lumotlariga aniqlik kiritadi va tekshiruvchining jismoniy rivojlanganlik darajasini yaqqolroq belgilashga imkon yaratadi.
Qayta-qayta o‘tkazilgan antropometrik o‘lchovlar, jismoniy rivojlanganlikning harakati (dinamikasi) qanday borayotganligini kuzatib, ularni jismoniy tarbiya va sportning muntazam mashg‘ulotlari jarayonida o‘zgarishlarini hisobga olishga sharoit yaratadi.
Antropometrik o‘lchashda quyidagi o‘lchov asboblaridan foydalanadi: tibbiyot tarozisi, bo‘y o‘lchagich–antropometr, santimetrli tasma, qo‘l dinamometri, gavda dinamometri, spirometr, sirkul.
Antropometrik o‘lchamlarning o‘lchov birliklaridan foydalanib, quyidagi gavda o‘lchamlari aniqlanadi:

  1. bo‘y uzunligi - баландлигi (tik turganda, o‘tirgan holatda);

  2. tana vazni – massasi;

  3. yelkalar kengligi diametri;

  4. ko‘krak qafasining ko‘ndalang (frontal) va old-orqa (saggital) diametri;

  5. ko‘krak qafasi aylanasi (tinch holatda, nafas olganda, nafas chiqarganda);

  6. tos kengligi;

  7. qo‘l va oyoq muskul aylanasi.

Shifokor nazoratining amaliyotida jismoniy rivojlanganlikning eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:

  1. tana uzunligi – tananing bo‘yi balandligi;

  2. ko‘krak qafasining perimetri;

  3. tananing tarkibiy qismlari.


Yüklə 69,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə