Mavzu. Ta’lim texnologiyasining rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish I bob maktabgacha ta’limni o’qitish texnologiyalari mohiyati


An'anaviy o'qitish asosini, Y.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə4/8
tarix15.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#117307
1   2   3   4   5   6   7   8
15. talim texnologiyasi o\'zgartirilgan

An'anaviy o'qitish asosini, Y.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi:

  • ilmiylik;

  • tabiatga monandlik (o'qitish rivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);

  • uzviylik va tizimlilik;

  • o'zlashtiruvchanlik (ma'lumdan noma'lumga, soddadan murakkabga);

  • mustahkamlash (takrorlash, takrorlash ...)

  • onglilik va faollik;

  • nazariyaning amaliyot bilan bog'liqligi;

  • yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.

An'anaviy o'qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo'ravonlik__pedagogikasi, o'qitishning rushuntiruv-ko'rgazmali usuli, ommaviy o'qitish. An'anaviy o'qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo'ladi: o'quvchi bu hali to'la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa - bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs Mumtoz an'anaviy «sinf-dars» tizimi - bu bayon etishning ma'ruzaviy usuli va kitob bilan mustaqil ishlashni o'z ichiga oladi (didaxografiya).
Zamonaviy an'anaviy o'qitish esa, o'qitishning texnik vositalarini qo'llab, didaxografiyadan foydalanishdan iborat bo'ladi. Shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarda, o'quvcECshaxsi pedagogik jarayon markaziga qo'yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
.
Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon, o'qitishning shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyachining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, ta ’lim texnologiyasi ta’lim oluvchilar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u ta’lim oluvchilarning shaxsiy hamda tarbiyachi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’limni texnologiyalashtirish bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir. Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi - ta ’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta ’lim maqsadiga erishishni ta ’minlashdan iborat.
Ta’lim jarayonini modernizatsiyalash haqida so’z borganda vujudga keluvchi dastlabki muammo bu qo’yilgan savolning mohiyatini to’g„ri anglashdir. Masalan, funksional predmetli ma’lumotning maqsadlarini ko’zlovchi a‟nanaviy ta’limshaxsdan vosita sifatida foydalanib, uning motivatsiya mexanizmlariga tayanadi va ularga tashqi muhitdan qo’yilgan maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan omil sifatida qaraydi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda an‟nanaviy ta‟limning asosiy maqsadi shaxsda bilimlar tizimlarini shakllantirish, fan asoslarini egallashlari uchun asos yaratish, ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ongli va yuqori bilimli insonlarni tarbiyalashdan iborat bo’lgan. Bizga ma’lumki, an’anaviy ta‟limda shaxs pedagogik jarayon vositalaridan biri sifatida qabul qilinib, uning faoliyatida bajaruvchilik, ijrochilik xususiyatlari ustunlik qilgan bo’lsa, sinf-mashg‟ulot, leksiya-seminar tizimida bu xususiyatlar yaqqol o’z ifodasini topgan. Bugungi zamonaviy ta‟limning ko’rinishlaridan bo’lgan innovatsion ta’limesa, o’z maqsadi va mohiyatiga ko’ra, an‟anaviy o’qitishdan farq qilib, ta’limoluvchi shaxsining tabiiy imkoniyatlarini namoyon qilishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishni taklif qiladi. Bunda o’quvchi o’zini o’quv faoliyatining sub‟ekti sifatida his qilishi, o’z ustida ishlashi, o’z-o’zini rivojlantirishi muhim ahamiyat kasb etadi.





Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə