Mavzu. Ta’lim texnologiyasining rivojlanish bosqichlari va o’ziga xos xususiyatlari Reja: Kirish I bob maktabgacha ta’limni o’qitish texnologiyalari mohiyati


Ta’lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə5/8
tarix15.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#117307
1   2   3   4   5   6   7   8
15. talim texnologiyasi o\'zgartirilgan

1.2 Ta’lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asoslari
Ta’lim texnologiyalari masalalari va muammolarini o’rganayotgan pedagog, ilmiy-tadqiqotchi, amaliyotchilarning fikricha, ta’lim texnologiyalari – bu albatta, axborot texnologiyalari bilan bog’liq O’qitish, ta’lim jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan texnik vositalar, kompyuter, masofaviy o’qitishdan foydalanish, deb belgilanadi.
Ta’lim texnologiyalarining bog’liq eng asosiy negizi – bu tarbiyachi va bolaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yichakafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi tarbiyachiva bola o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quvjarayonida bola mustaqil fikrlay olsa, ijodiy ishlay olsa, izlansa, tahlil eta olsa, o’zi xulosa qila olsa, o’ziga, guruhga, guruh esa unga baho bera olsa, tarbiyachiesa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quvpredmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonida o’qitish texnologiyasi – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u bolaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida ko’rilganda, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo’yicha tasavvur etish mumkin. Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari - ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, maqsad, natija, ta’lim mazmuni, o’qitish usullari, tashkiliy shakllari, vositalari, nazorat qilish va baholashdan iborat. Pedagogik jarayon o’quv maqsadini qo’yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bo’lishi lozimki, uning vositasida ta’lim- tarbiya jarayonini qanday darajada amalga oshirilganligini aniqlash, berilgan vaqtda ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni qurish imkonini bersin. Ta’lim texnologiyasining maqsadi o’rganilayotgan o’quv predmetining maqsadlaridan va mazmunidan, tarbiyaviy ta’siridan kelib chiqqan holda aniqlanadi hamda ta’lim maqsadiga mansub bo’ladi. Ta’lim mazmuni, o’quv materiali quyidagilarda o’z aksini topadi: mazkur fanni o’qitish mazmunini o’zida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarining matni, axborot manbalari. O’qitish usullari, vositalari va tashkiliy shakllari, ya’ni ta’lim oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg’un holda tanlab olinadi hamda amaliyotga tatbiq etiladi. Shuningdek, bunda ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jihozlanishi, ijtimoiy muhit ham hisobga olinadi.
Shuning uchun ham pedagogik texnologiya asosida o’quvchilarning bilish va amaliy faoliyatini tashkil qilishda tafakkurni rivojlantirish vazifasi hal etilishi lozim.
PT – bu Ta`lim beruvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchi(bola)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va hokazo. O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (bola)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda tarbiyachilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT tarbiyachining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi. Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi:

Pedagogik texnologiyaning darajalari, tuzilishi va nazariy asoslari Ta’lim amaliyotiga nisbatan pedagogik texnologiyaning uch sathi, ya`ni darajalari quyidagicha belgilanadi: umumpedagogik, xususiy metodik, lokal (modul). 1. Umumiy pedagogik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, ma’lum bir region, o`quv yurti tomonidan uzliksiz ta’lim tizimining muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qo`nuniyatlari, ilmiy-nazariy asoslari, tamoyillari, amaliyotda qo`llashning umumiy xususiyatlari, shart-sharoitlarini ifodalaydi. Shu o`rinda qayd etish kerakki, uzliksiz ta’lim tizimining har bir bosqichida ta’lim mazmuni orqali tegishli o`ziga xos maqsad va vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilganligi sababli, pedagogik texnologiya ham o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi. Bu darajada pedagogik texnologiya pedagogik tizim tushunchasiga sinonim xisoblanadi. Uning tarkibiga ta’lim-tarbiya jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya jarayonining ob’ekti va sub’ekti faoliyatining algoritmlari kiradi. 2. Xususiy metodik darajada pedagogik texnologiyaning muayyan bir predmet, kursni o`qitish jarayonining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan ta’lim mazmuni, o`qitish vositalari, metodlari, shakllarining majmuasi tushuniladi. 3. Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya jarayonining ma’lum bir qismining xususiy didaktik va tarbiyaviy maqsadini hal etishga qaratidgan texnologiya tushuniladi. Unda o`quvchilarning mustatsil ishlarini tashkil etish, o`quvchilar bilimini nazorat qilish, shaxsiy fazilatlarni shakllantirish kabi masalalar ko`zda tutiladi. Pedagogik texnologiyaning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi birbirini to`ldiradi va taqozo etadi. Biz pedagogik texnologiyani qo`llash haqida so`z yuritishdan avval, pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslariga to`xtalib o`tamiz. Pedagogik texnologiya bir qancha asoslarga ega. Bulardan eng ahamiyatlilari ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigienik, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy, amaliy va boshqa asoslar xisoblanadi. Ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Pedagogik texnologiyaning ijtimoiy asosi har bir shaxs, jamiyat va davlatning ta’limtarbiya sohasidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi va shu ehtiyojlarni qondirishning maqsad va talablarini, tashkiliy shakllari va usullarini belgilaydi. U shaxsning, jamiyatning va davlatning rivojlanishida asosiy omillardan hisoblanadi. Pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi uning maqsadlari hamda tashkiliy shakl va usullarining falsafiy jihatdan to’g’ri yo’nalishda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Falsafiy oqimlar va yo’nalishlarning har biri ta’lim-tarbiya masalalariga o’ziga xos yondashadi. Shu sababdan pedagogik texnologiyaning falsafiy yo’nalishi uning to’g’ri yoki noto’g’riligini, jamiyatning ma’lum maqsadlariga muvofiq yoki zidligini ko’rsatadi. Bu pedagogik texnologiyalarga baho berishda asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.{ S.I.Mirhayitova PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA Toshkent-2020}



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə