Mavzu: Ta’lim texnologiyasining tuzilishi. Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligini tushuntirish. Reja



Yüklə 44,43 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü44,43 Kb.
#160269
  1   2
Ta’lim texnologiyasining tuzilishi[1]


Mavzu: Ta’lim texnologiyasining tuzilishi. Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligini tushuntirish.
Reja:

1.Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari.


2. Ta’lim texnologiyasining maqsadini aniqlash.
3. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining
zamonaviyligi.
4. Axborot kompetantligining funktsional tarkibi.

Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida qaralsa, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo‘yicha tasavvur etish mumkin: Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari-taxsil beruvchi, taxsil oluvchi, maqsad, natija, axborotlar mazmuni, metodlar vositalar, usullar va o‘qitishning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, tashxislash, axborotlar olish usul va vositalaridan iborat.


Pedagogik jarayon o‘quv maqsadini qo‘yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bulishi lozimki, u vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini qanday darajada amalga oshirilganligini aniqlash, berilgan vaqtda ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’min-laydigan didaktik jarayonni ko‘rish imkonini bersin.
Ta’lim texnologiyasining maqsadi o‘rganilayotgan o‘quv predmetining maqsadlaridan va mazmunidan, tarbiyaviy ta’siridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, hamda ta’lim maqsadiga mansub bo‘ladi. Axborot mazmuni, yangi o‘quv materiali quydagilarda o‘z aksini topadi: ko‘rilayotgan fanni o‘qitish, mazmunni o‘zida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining matni, axborot manbalari.
O‘qitish metodlari, vositalari, usullari va tashkil etish shakllari, ya’ni tahsil oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg‘un holda tanlab olinadi va amaliyotga tadbiq etiladi. Shuningdek, bunga tahsil oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jihozlanishi, ijtimoiy muhit ham hisobga olinadi. Nazorat qilish, tashxislash va axborot olish usullari va vositalari: qo‘yilgan maqsad va o‘quv materiallari mazmuniga nisbatan tanlanadi.
Agar qo‘yilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos kelsa, pedagogik jarayon tugaydi. Bunda qo‘yilgan maqsad bilan olingan natijaning to‘liq mosligini ta’minlanshni ko‘rsatib o‘tish zarur, chunki ular predmetning ob’ektiv muhim qonunlaridan kelib chiqadi.
Lekin pedagogik faoliyat shaxsiy-sub’ektiv emmotsional xarakteriga egadir. U pedagogning individual, ijodiy qobilyatiga, kasbiy-psixologik xususiyatlariga va tahsil oluvchilarning ko‘plab idividual, aqliy va boshqa shaxsiy xususiyatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham uning natijasi variativ xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, ko‘rsatilgan pedagogik tuzilmaning biror elementi ham mavjud bo‘lmasa, unda pedagogik jarayonning o‘zi kechmaydi yoki ko‘zlangan natijani to‘liq bera olmaydi. Har qanday holda ham bunday pedagogik jarayondan ijobiy natija olish tasodifiy xarakterga ega buladi.
Ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda dahldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug‘iladi: ta’lim didaktik loyihalash (1), loyihani amalga oshirish (2) ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko‘ra didaktik loyihasiga tuzatish, o‘zgartirishlar kiritish (3), ta’limni takrorlash (4), yakuniy nazorat (5). Bu xodisalarni 1- va 2-si an’ananaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’ananaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo‘lishi doimo o‘qituvchi hamda o‘quvchining diqqat markazida turadi: o‘qituvchi ta’lim natijasini tez-tez tekshirib bolalarni o‘zlari erishgan yutuqlaridan ogoh qilib turadi; o‘quvchilar esa o‘z yutuq va kamchiliklarini anglab, birinchisini yana ko‘paytirishga, ikkinchisini bartaraf etishga intiladi.
TA’LIM TEXNOLOGIYASINING O‘ZIGA XOS BELGILARI.
1-chizma.

- ta’lim maqsadlarini aniq belgilash (1)


- ta’limni qo‘yilgan maqsadga yo‘naltirish (2)
-kafolatlangan natijaga, intilish (3)
Ta’lim - ta’lim natijasini shaxsiy qiymatini texnologiyasi oshirish (4)
- joriy natijalarni baholash (5)
- ta’limning borishiga o‘zgartirishlar kiritish (6)
- ta’limga tuzatishlar kiritish (7)
- ta’limni takrorlash va nazorat qilish 8
- tuzatish va o‘zgartirish kiritilgan lim natijasini baholash ( 9)
- etalon darajasida o‘zlashtirish va baholash (10).

O‘quv materiallarining mazmunini o‘rgatishda ko‘zda tutilgan maqsadi, o‘qituvchi va o‘quvchilar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va hisobga olish varaqalari, berilgan uy ishlar miqdori, mavzulari bo‘yicha o‘tkaziladigan test savollari, reyting nazorat bosqichlari, etalon darajasida o‘zlashtirish usuli oldindan belgilab qo‘yiladi. Bu ishlarning barchasini ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi.


Ta’limning xarakatchan modelini ongda yaratish ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bo‘lib, bu san’atni egallagan o‘qituvchi ta’limning borishiga zudlik bilan o‘zgartirish, qo‘shimcha tuzatishlar kirita oladi. (1), u ta’limni kurish, yana takroriy ko‘rish, zarur bo‘lsa yana bir bor kurishni osonlik bilan amalga oshiradi (2), o‘quvchilarni har bir mavzuni to‘liq o‘zlashtirishga yetaklaydi (3), ta’lim mazmunini etalon darajasida va etalon darajasidan past o‘zlashtirgan o‘quvchilarni guruhlarga ajrata oladi (4), har bir guruhga mos keladigan ish uslubini zudlik bilan tanlay oladi ( 5), o‘quvchilarning qobiliyati, ehtiyoj va qizikishlariga mos keladigan vositalar tizimini, muammolarini ishlab chiqadi (6), sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulot, qo‘shimcha topshiriqlarni bajarish uchun shart- sharoit tayyorlaydi (7).
Pedagogik texnologiya doirasida ta’limning tashkiliy-uslubiy jihatidan ilgari qo‘yilgan ta’lim maqsadalariga turli uslubiy majmualar yordamida erishish mumkin. Agar texnologik tizimlarda asosiy e’tibor masala va nazorat sxemalarini ko‘rishga qaratilgan bo‘lsa, uslublar majmuasini tanlash asosan empirik asosda amalga oshiriladi.
Zamonaviy pedagogik ta’limda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar. Bugun ta’lim har tomonlama takomillashib zamon talablari asosida tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi masalalarni qo‘ymoqda. Ta’limning sifati va samarasi faqatgina tayyorlangan kadrlarga ko‘ra belgilanadi. Shu asosida kardlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir. Kompetentli yondashuv tushunchasi, o‘rganilishi, o‘rni va ahamiyati. Kompetensiya iborasi zamonaviy adabiyotda keng qo‘llaniladigan termin bo‘lib, ta’lim, xodimlarni tanlash, mehnat natijasini baholash, ta’limning muvaffaqiyatligi, professional yo‘naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab oladi. Bugungi kunda ma’no nuqtai nazaridan oxirgacha aniqlashtirilmagan deb hisoblanadi. 1970-yillarda ko‘pgina G‘arbiy Yevropa davlatlarida paydo bo‘lib, bunda kompetentlik professional tayyorgarlikning yangi yo‘nalishini ko‘rsatadigan bo‘ldi. «Kompetentlik» termini ta’lim faqatgina individual, texnik yoki tajribaviy bilim va qobiliyatni egallash masalalari bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, balki individ shaxsni keyinchalik rivojlantirishga baza bo‘lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko‘nikmalari majmuasini ifoda qiladi. Ammo bu g‘oya barcha Yevropa davlatlarida turlicha o‘z ifodasini topdi. Masalan, Germaniyada 1980-yillardan boshlab, «professional faoliyatda kompetentlik» iborasi boshlang‘ich professional tayyorgarlik mobaynida erishilishi shart bo‘lgan maqsadni ifodalagan. Bu o‘qitish kursi o‘zaro bog‘liqlik, texnik kompleks va umumiy bilim yig‘indisidan iborat bo‘lib, bu bitiruvchiga turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu umumiy malaka o‘zgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan xolda mehnat dunyosining talablari va shartlari ham o‘zgarib turadi.
Maktab ta’limi tizimida axborotlashgan jamiyatning talablari bilan yuzaga kelayotgan va pedagogik ta’lim tizimiga nisbatan ilgari boruvchi xarakterga ega bo‘lgan o‘zgarishlar. Boshlang‘ich maktab ta’lim jarayonida yangi axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi o‘quv jarayonini faqat axborot-texnologik va kompyuterli-metodik qo‘llash vositalarining mavjudligini ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanuvchi ma’muriy va muxandis-texnik kadrlarni tayyorlashnigina emas, balki boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining ham maxsus tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini ham talab etadi. Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviyligi.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining AT tayyorgarligining zamonaviy holatini tahlil qilish quyidagi yondoshuvlarni aniqlash imkonini berdi:
-biror yondashuv, u kasbiy tayyorlash jarayoniga informatikani va uni o‘qitish metodikasini o‘rganish uchun qo‘shimcha o‘quv soatlarini kiritish;
- modulli- komponentli yondoshuv, u ta’lim kursini o‘qituvchining konkret
pedagogk faoliyat vaziyatlarida yuzaga keladigan kasbiy masalalarni axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida foydalanish bilan hal etish qobiliyatini aniqlovchi integral xarakteristika sifatida tushuniladigan o‘qituvchining kasbiy axborot-texnologik komponentligi tushunchasiga tayanib modulli qurish bilan tavsiflanadi;
- integrativ yondoshuv - u informatikani va axborot texnologiyalari turli o‘quv fanlari bilan integratsiyalanishini nazarda tutadi.
- majmuaviy yondashuv – u ta’lim jarayonini majmuaviy (kompleks) tushunish kontseptsiyasiga asoslanadi va uning xususiyati ta’lim jarayoni hamma usullarini ta’limning axborotlashuvi bilan bog‘langan falsafiy, umumta’limiy, psixologik-pedagogik va metodik masalalarni jalb qilishdan iboratdir. SHunday qilib, hozirgi vaqtda boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining AT tayyorgarligi ikki komponentli tayyorlash tizimidan (informatika va uni o‘qitish metodikasidan) ko‘p komponentli tizimga o‘tish bilan tavsiflanadi. Davlat ta’lim standartlari tahlilining ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarini AT tayyorlash kichik maktab yoshidagi o‘quvchini kompyuter savodxonligini rivojlantirishga tayyorgarligini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Shu bilan bir vaqtda boshlang‘ich maktabni axborotlantirish bosqichi o‘quvchilarning axborotli savodxonligini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda u axbortli faoliyat uquvlari va malakalarini, atrof-olam to‘g‘risida axborot fazasi to‘g‘risidagi tasavvurni, asosiy kommunikativ malakalarni axborotga qadriyatli yondoshuv bilan biriktirilishini o‘z ichiga oladigan integratsiyalashgan shaxsiyatli sifat deb qaraladi Yuqorida aytilganlarga asosan, biz axborotli kompetentlikni boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining kasbiy ta’limi natijalaridan biri deb hisoblaymiz va uni kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli komponentligining strukturasini quyidagicha muhokama qilamiz. Kompetentlik-biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ma’lum bir kasbda qo‘llaniladigan standartlar bo‘yicha bajara olish qobiliyati.
Quyidagi kompetentlik turlari mavjud:
- O‘zini tutish(individual)
- Texnik (pofessional)
- Umumiy
- Maxsus
- Boshlang‘ich (porogovaya)
- Ijrochi
- Differensial
1. O‘zini tutish (povedencheskaya) kompetentligi- o‘zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi.
2. Texnik (professional) kompetentlik- bu mexnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kompetentlik tushuniladi.
3. Umumiy kompetentlik-ma’lum bir kasb bilan shug‘ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik xisoblanadi.
4. Maxsus kompetentlik- aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo‘lgan kompetentlik tushuniladi.
5. Boshlang‘ich kompetentlik-topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo‘lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi.
6. Ijrochilik kompetentligi- erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir.
7. Differensial kompetentlik - u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish jarayonida kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan ta’lim metodlari va vositalaridan foydalanish. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:
- pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv.
- pedagogning faoliyat turlari: o‘quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
- pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi. Kompitiv komponent – u o‘z ichiga informatika, axborot-texnologiyalari, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborotli savodxonlikni shakllantirish metodikasi sohasida deklarativ, protsedurali va metodologik bilimlarni o‘z ichiga oladi.
-texnologik komponent; u kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish bo‘yicha faoliyat tajribasini egallashga yo‘naltirilgan axborot va metodik uquvlar majmuasini o‘z ichiga oladi;
- motivatsion–qadriyatli komponent; u axborotlashtirish sharoitlarida bilish va o‘zini bilish jarayoniga, axborotga, axborot va axborot-pedagogik texnologiyalarga, pedagog kasbiga munosabatlar guruhlarini va, shuningdek, o‘zini mustaqil rivojlantirish va o‘zi o‘z namoyon qilishga intilishini o‘z ichiga oladi;
Kommunikativ komponent: u «o‘qituvchi- kompyuter- o‘quvchi», «o‘quvchi–kompyuter-o‘quvchi», «o‘qituvchi– kompyuter– o‘qituvchi» pedagogik tizimlarda ta’lim jarayoni sub’ektlarining kommunikativ faoliyatini tashkil etish tajribasini egallashga yo‘naltirilgan; Biz bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining axborotli kompetentligini darajalar bo‘yicha rivojlanishini muhokama qilamiz. Adaptatsiya – ijro darajasi (kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish metodikasining nazariy asoslarini eslab qilish va qayta tiklash, kichik maktab yoshidagi o‘quvchida bir tipli, standart vaziyatlarda axborotli savodxonligini shakllantirish algoritmlarini egallash bilan tavsiflanadi, axborot texnologiyalarini bilish va mustaqil o‘zlashtirishga cheklangan motivatsiya bo‘ladi).
Lokal– modellashtiruvchi daraja (axborot texnologiyalari sohasida yangi bilimlarni qidirish va qo‘llanish, bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisida boshlang‘ich maktab axborot – ta’lim muhitini lokal modellashtirish uquvining mavjudligi, informatika propedevtika kursini o‘qitish metodikasiga maktabning informatikalashuvi darajasiga bog‘liq ravishda o‘zgarishlar kiritish, kommunikativ faoliyatga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan tavsiflanadi; o‘zini mustaqil bilishga cheklangan ehtiyoj mavjud bo‘ladi; axborot texnologiyalari sohasida va kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirish sohasida tajriba to‘plangan).
Axborot kompetantligining funktsional tarkibi. Yangi axborot texnologiyalarini va kichik maktab yoshidagi o‘quvchida axborot savodxonligini shakllantirishning yangi texnologiyalarini o‘rganish va foydalanishga muntazam ehtiyoj mavjud bo‘ladi; motivatsiya o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘zini o‘zi mustaqil namoyon etishini yuzaga keltiradi; axborot texnologiyalari sohasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchining axborot savodxonligini oshirish sohasida ijodiy faoliyat tajribasi to‘plangan. Psixologo - pedagogik adabiyotlarni va boshlang‘ich maktabning axborotlashuvi sharoitlarida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining strukturasini tahlil qilish bo‘lajak boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi axborot kompetantligining funktsional tarkibini ajratish imkonini berdi: - gnoseologik funktsiyasi – informatika, axborot texnologiyalari va kichik maktab yoshidagi o‘quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasi sohasidagi bilimlarni tanlash va tizimlashtirishga yo‘naltirilgan.
Orientirlovchi funktsiyasi – u boshlang‘ich maktab axborotlashuvining va kichik maktab yoshidagi o‘quvchining axborot savodxonligini shakllantirishning pirovard maqsadlarini anglashga, axborot texnologiyalari sohasidagi pedagogik amaliyotga nisbatan o‘zgarishlarning amaliy yo‘nalganligini anglashga yo‘naltirilgan;
- aksiomatik funktsiyasi – u boshlang‘ich maktabda samarali pedagogik faoliyat yuritish uchun axborot texnologiyalarining muhimligini hamda o‘qituvchining kasbiy rivojlanishi va o‘z shaxsiy hayotiy strategiyasini loyialash uchun axborotli kompetentligining muhimligini anglashga yo‘naltirilgan;
- tashchilotchilik funktsiyasi –u informatika, axborot texnologiyalari va kichik maktab yoshidagi o‘quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasi sohasida yangi bilimlar olish, faoliyat tajribasini egallash bo‘yicha axborot faoliyatini loyihalash, boshlang‘ich maktab axborot-ta’lim muhitini yaroatishga yo‘naltirilgan;
- konstruktiv funktsiyasi – u kichik maktab yoshidagi o‘quvchining axborot savodxonligini shakllantirish maqsadida o‘quv materialini rejalashtirish va yaratishga yo‘naltirilgan; - safarbarlovchi funktsiyasi – bo‘lajak boshlang‘ch sinflar o‘qituvchisining informatika, axborot texnologiyalari, kichik maktab yoshidagi o‘quvchining axborot savodxonligini shakllantirish metodikasi sohasida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, nostandart vaziyatlardagi faoliyat tajribasini egallashga yo‘naltirigan. Boshlang‘ich sinflarda informatikani alohida o‘quv fani sifatida joriy etish jihatlari A.V.Goryachev, M.A.Plaksin, Yu.A.Pervin, A.L.Semenov, S.N.Tur, S.Peypert, S.A.Beshenkov va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan.
Psixologik muammolar:
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan oson o‘zlashtiriladigan atama va tushunchalar majmuasini tanlash va bu tushunchalarni qaysi fanlar doirasida berilishini aniqlash;
- tanlangan atama va tushunchalarni uzluksiz, tizimli ravishda o‘quvchilar ongida shakllantirish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatika elementlarini o‘rganishga doir o‘quv faoliyat tuzilmasi;
- pedagogik dasturiy vositalarini yaratishda ularga qo‘yiluvchi psixofiziologik, didaktik va texnik talablar; informatika elementlarini o‘rgatishga qaratilgan mashqlar tizimi va ulardan foydalanishi.
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligi. O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri sifatida ta’lim muassasasida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish zaruriyatini keltirish mumkin. Ilmiy asoslarda tashkil etilgan uzluksiz malaka oshirish jarayonlarining ilmiyligi – yangiliklarni izlash, o‘rganish va ularga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlardan foydalanish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini o‘zlashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalarni belgilaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchilarning eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etuvchi funksiyalarini amalga oshirish jarayoni bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya’ni pedagogik jarayon subyektlariga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, shuningdek, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish kabi qator vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Pedagogik tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda qo‘llanilayotgan innovatsiya tushunchasiga berilgan bir qancha ta’riflarning tahliliga ko‘ra, innovatsiya tushunchasi mazmuni o‘zgarishlarni, ya’ni yangilik kiritish asosida ma’lum bir jarayonni rivojlantirish yoki samarali tashkil etish kabi ma’nolarda qo‘llaniladi. Shuningdek, innovatsion faoliyatda sohaga yangilik kiritish asosida ma’lum bir jarayonni samarali muvofiqlashtirish mumkin. Bizning fikrimizcha, pedagogik innovatsiyalarning ilmiyligi, yangiligi va amaliyotga tatbiq etilishi uning amaliy ahamiyatiga molik zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi. Bugun ta’lim har tomonlama takomillashib zamon talablari asosida tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi masalalarni qo‘ymoqda. Ta’limning sifati va samarasi faqatgina tayyorlangan kadrlarga ko‘ra belgilanadi. Shu asosida kardlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa. Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga, maktablardagi turli xil o‘quv mashg‘ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga savol berishi ya’ni, an’anaviy ta’limdan qochib, noan’anaviy ta’lim berishga intilishi lozim. Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo‘lgan ehtiyoj so‘z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog‘ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va o‘zatish usullarini ishlab chiqilganligidadir. Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o‘xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.

Yüklə 44,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə