Mavzu: Ta’lim tizimi va uni boshqarish

Yüklə 427,66 Kb.
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü427,66 Kb.
#146684
  1   2   3
kurbonova

Mavzu: Ta’lim tizimi va uni boshqarish

Reja:

1. Ta’lim tizimini boshqarishning predmeti va vazifalari

2. Boshqaruv nazariyalarining rivojlanish bosqichlari

Ta’lim tizimini boshqarishning predmeti va vazifalari. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida ishlab chikarishni rivojlantirish, tashkilot va korxonalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash kup jixatdan zamon talablariga javob beradigan rahbar va mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bog‘lik. Bugungi kunda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish sharoitida rahbarlarni (boshqaruvchilarni) tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashda menejment fani alohida o‘rin tutadi.

Mutaxassislarning fikriga kura, umumiy menejment barcha xo‘jalik yuritish tizimi uchun taalluqli bo‘lib, amaliy, innovatsion va strategik menejmentni o‘z ichiga oladi. Amaliy menejment ham barcha boshqaruv sohalariga taalluqli bo‘lib, innovatsion menejment (yangilik yaratishning boshqaruvi) va strategik menejment (strategik rejalashtirish) amaliy menejmentni takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqaruv faoliyatidan iboratdir.

Ta’lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos pog‘onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko‘ra boshqaruvni turli hil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog‘ona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog‘ona - o‘quvchilar faoliyatini boshqarish.

Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi - ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etashda, muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə