Мavzu: Тarbiyachi shaxsida ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishga oid kasbiy kompetentlikni rivojlanishi I. Reja



Yüklə 274,17 Kb.
səhifə4/6
tarix26.07.2023
ölçüsü274,17 Kb.
#119986
1   2   3   4   5   6
Zamonaviy ta’limda ijodiy imkoniyatlar ham muhim.

Bolaning maktabgacha ta’limni olganligi va qanday kompetensiyalarga ega bo‘lishi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari”da bolaning 5ta rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilangan. Bular:


jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllantirish;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o‘qish va yozish;
bilishga oid jarayonning rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim – “Ilq qadam” Davlat o‘quv dasturi va Maktabgacha ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida aks ettirilgan ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyilidir. Ushbu pedagogik konsepsiyamni yozishdan oldin men o‘tgan davr mobaynida, o‘zimning hamkasblarimning ish faoliyatini kuzatuvim hamda turli o‘quv seminarlaridagi kuzatuvlarim asosida yozishga qaror qildim. Pedagogik konsepsiya eng avvalo o‘zimning Pedagogik kompetensiyamni oshirishga xizmat qiladi, shu bilan birgalikda ushbu Konsepsiya orqali men tashkilotim va shahrimdagi tarbiyachilarning o‘zlarini ustida ishlari uchun ozgina bo‘lsa ham turtki, shu bilan birgalikda yo‘l ko‘rsatuvchi ish bo‘ladi deb o‘yladim. Ushbu konsepsiyani yozish vaqtida, konsepsiyadagi ko‘rsatma va yo‘nalishlarni hayotga to‘liq tadbiq etishim uchun men doimiy o‘z ustimda ishlashim kerakligi hamda kamida 2 yil davomida ta’lim-tarbiya jarayonimga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishim lozimligini tushundim. Aytib o‘tish lozimki, bolalarga ularning individual ritmda rivojlanishlari va individual potensialini hamda qiziqishni oshirish uchun teng imkoniyatlarni taqdim etuvchi qulay muhitni ta’minlash uchun tarbiyachi shaxsi muayyan kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak.
Pedagogik kompetensiyalar-bilimlar, malaka va ko‘nikmalar hamda o‘zlashtirilgan qadriyatlar asosida mustaqil harakatlanishga bo‘lgan motivatsiyaning uyg‘unlashgan majmuini o‘zida aks ettiradi. Kompetentli kadr kasbiy vazifalarni samarali va sifatli bajarishi mumkin. Zamonaviy kompetensiya nafaqat malaka, bilim va ko‘nikmalarni, balki qadriyatlar va axloqiy fazilatlarni xam o‘z ichiga oladi. Har bir tarbiyachi shaxsi, temperamenti va tarbiyachiik uslubi boshqalarinikidan farqlanadi. Biroq bolaga, uning ta’limiga va rivojlanishiga yondashuv barcha tarbiyachilarda bir xil bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham kasbiy standart barcha tarbiyachilar uchun bir xil talabni qo‘ydi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy bolalar bog‘chasini yangi axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. AKTga egalik qilish ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga, tarbiyachilarning kasbiy malakasini oshirishga yordam beradi.
Kasbiy mahoratning bir qismi sifatida tarbiyachining loyiha madaniyati ham katta o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining loyihaviy faoliyati - bu tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan (muammo “tug‘dirish”, ma’lumot to‘plash va qayta ishlash, tajribalar o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish) rivojlantiruvchi ta’lim va o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan biridir. va mantiqiy fikrlash; maktabgacha ta’lim tashkilotining uslubiy faoliyati davomida va malaka oshirish kurslarida olgan bilimlarini birlashtiradi. Loyiha faoliyatining maqsadi - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyat uchun sharoit yaratish, tarbiyachilar tomonidan kasbiy faoliyatda olingan bilim, ko‘nikma va malakalardan foydalanish. Tarbiyachilar tomonidan loyihalarni ishlab chiqish uchun mavzular, mini-loyihalar faoliyatning ijodiy yo‘nalishiga qarab mustaqil ravishda tanlanadi. Faoliyatning yakuniy bosqichida taqdimot o‘tkaziladi.
TARBIYACHILARNING MALAKASINI RIVOJLANTIRISH
Tarbiyachilarning malakasini rivojlantirishning turli shakllari va usullari mavjud bo‘lib ularni bosqichma-boqich amalga oshirish mumkin. Tarbiyachilar bilan ishlashda malakani rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab shakl va usullardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Seminar - ijodiy darslar ijodiy fikrlashni rivojlantirish va innovatsion loyihalarni yaratishga qaratilgan.

  2. O‘yinlarni modellashtirish. Ishbilarmonlik va rol o‘ynash o‘yinlari haqiqiy jarayonni modellashtirishni o‘z ichiga oladi, bu davrda sun’iy ravishda yaratilgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish asosida maqbul kasbiy qarorlar qabul qilinadi.

  3. Kollektiv muammolarni hal qilish, guruh muhokamasi yoki aqliy hujum; kasbiy mahoratni oshirish uchun kichik guruhlarda treninglar; o‘z-o‘zini tarbiyalash ishlarining usullari, maktabgacha ta’lim muassasasining innovatsion faoliyati natijalariga bag‘ishlangan ilmiy va amaliy konferensiyalar.

  4. Pedagogik halqa - tarbiyachilarni psixologiya va pedagogika sohasidagi so‘nggi tadqiqotlarni, uslubiy adabiyotlarni o‘rganishga yo‘naltiradi, pedagogik muammolarni hal qilishning turli xil yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi, mantiqiy fikrlash va o‘z pozitsiyalarini dalil qilish ko‘nikmalarini yaxshilaydi, bayonlarning ixchamligi, aniqligi, to‘g‘riligini o‘rgatadi. Ushbu shakl ishtirokchilarning javoblari, nutqlari va harakatlarini baholash mezonlarini taqdim etadi:

  • umumiy bilim;

  • kasbiy bilim, qobiliyat, ko‘nikma;

  • qiyin vaziyatdan chiqish qobiliyati, tezkorlik.

  1. Ishbilarmonlik o‘yini nafaqat maktabgacha ta’lim muassasasi uchun dolzarb bo‘lgan muammo bo‘yicha nazariy seminar natijalariga asoslangan test darsi sifatida, balki yangi muammo echimlarini ishlab chiqishda ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan: “Maktabgacha yoshdagi bola bo‘lish osonmi? «

  2. G‘oyalar banki - bu bosqichda an’anaviy usullar yordamida hal qilib bo‘lmaydigan muammolarni kollektiv ravishda hal qilishning oqilona usuli. Masalan: “O‘yin ekologiyasi”, “Pedagogik g‘oyalar yarmarkasi”, “Eng yaxshi rivojlantiruvchi o‘yin”.

  3. Master-klass. Uning asosiy maqsadi pedagogik tajriba, ish tizimi, mualliflik topilmalari va tarbiyachiga eng yaxshi natijalarga erishishda yordam bergan barcha narsalar bilan tanishishdir.


Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish, faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu darajaja ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda oʻqituvchi oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning me’yorida boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi lozim.
Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va xarakterlarga oʻrgatib boriladi.
Oʻrgatish – bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish maqsadida oʻquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir.
Oʻrgatish oʻquvchilarni tarbiyalash va rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi. Faoliyatda mashqlar mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoa faoliyati hamda oʻzaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilganligidir. Mashq qilish oʻrgatish bilan yaqin aloqada boʻladi. Agar oʻrgatib borish negizida bolaning faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda mashq qilish faoliyati shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish oʻrgatib borishga suyangan holda koʻp bora takrorlashni, mustahkamlashni va takomillashtirib borishni nazorat qiladi, bular esa bora-bora ijtimoiy xulq-atvorning asosi boʻlib qoladi.
Tarbiyaviy amaliyotda koʻpincha maxsus pedagogik vaziyatlarni yuzaga keltirish zaruriyati tugʻiladi, bunda mustaqil tanlash uchun imkon boʻladi. Pedagogik vaziyatlarda oʻquvchilar oʻz fikri va xulq-atvorini qayta oʻzgartirishi lozim boʻlgan sharoit yaratiladi.
Ikkinchi guruh metodlari orasida musobaqa oʻquvchilar amaliy faoliyatlarini tashkil qilish metodlari samaradorligini oshirishning zarur va muhim sifati hisoblanadi. Musobaqa faoliyatining barcha sohalarida oʻquvchilarning faolligi va ijodkorligini rivojlantirishga, oʻquvchilar jamoasi faoliyatini muayyan maqsadga yoʻnaltirishga koʻmaklashadi. Musobaqa toʻgʻri tashkil qilinganda jamoa hissi muvaffaqiyatli shakllanadi, intizom va oʻquvchilarning uyushqoqligi mustahkamlanadi.
Musobaqaning alohida turi boʻyicha, shuningdek, tizimli tarzda ham uyushtiriladi: chunonchi, eng yaxshi sinf, eng yaxshi guruh, eng yaxshi jamoa, eng yaxshi maktab va h.k.
Tarbiya jarayonida oʻquvchilarning oʻzlari tashabbus va gʻayrat koʻrsatishi asosida musobaqani tashkil etishlariga, uning sharti va koʻrsatkichlarini ishlab chiqishlariga erishish muhimdir. Shuningdek, jamoaning umumiy muvaffaqiyati, qabul qilingan majburiyatning bajarilishi, musobaqa natijalarini stendlarda aks etishini ta’minlash toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish zarur. Musobaqani rasmiy axborotlar uchun tashkil etish maqsadga muvofiq emas. Jamoatchilik fikri musobaqa faoliyatining muhim asosi boʻlib qoladi.
Birinchi va ikkinchi guruh metodlarini oʻzaro bogʻliq holda qoʻllanishi orqali ong va xulq birligi yuzaga keladi, ammo bu oʻz-oʻzidan vujudga kelmaydi, balki oʻqituvchining tashkilotchilik mahorati hamda uning oʻquvchi ongi, xulqiga ta’sir etadigan vositalar xususiyatlari, ahamiyatini koʻra olishiga bogʻliq. Bir soʻz bilan aytganda bugungi oʻquvchi tarbiya natijasida ertagni komil inson, ya’ni jamiyatning barkamol a’zosiga aylanadi. Buning uchun uning ongi va tafakkuri rivojlanib, ijobiy fazilatlarni oʻzida shakllantirib borishi lozim.
Xoʻsh, inson ongi va u borliqni, atrof-muhitni anglashi uchun qanday faoliyat darajasiga yetishi kerak?
Inson ongi uning idroki, aql orqali hayotiy va dunyoviy haqiqatni fahmlash asosida ma’naviy istiqbolli faoliyat darajasidir.
Aql kishining oʻz idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga oʻz faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.
Uchinchi guruh metodlariga shunday metodlar kiradiki, bularda tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni ragʻbatlantirish, salbiy xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuygʻulari va maqsadlariga bevosita ta’sir koʻrsatishda foydalaniladi. Ushbu guruhga ragʻbatlantirish va jazo berish kabi metodlar kiradi.
4. Tarbiyada ibrat-numana koʻrsatishning tutgan oʻrni
Farzandlarimizning kelajakda komil inson boʻlib yetishishlarida oila va jamiyatda yaxshi tarbiya olishning oʻrni beqiyosdir. Ota-ona, ustoz-murabbiylar, rahbar va yoshi kattalar qancha madaniyatli, odobli boʻlsa, shu jamiyat va muhitda oʻsayotgan shaxslar ham shunchalik odobli boʻlib yetishadi. Bunday sermas’uliyat ijtimoiy ishni amalga oshirish, ya’ni yoshlarimizning odobli, xushxulqli, vijdoni pok kishilar boʻlib yetishishlari uchun oʻz xulq-atvorimiz bilan ularga yaxshi ibrat va namuna boʻlishimiz bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ilgarigi zamonda shunday maqol bor edi: «Domlaning aytganini qil-u, qilganini qilma». Hozir bu maqol eskirdi: oʻsmir va oʻspirinlar koʻpincha ustozlari va kattalarning tashqi yashash tarzidan oʻrnak oladilar, ya’ni ular «domlaning qilganini... qilishadi». Bu oʻrinda ularning quyidagi haqli e’tirozlarini inobatga olish zarur.: «Nima uchun chekmagin, ichmagin deyishadi-yu, oʻzlari chekishadi, ichishadi?», «Nima uchun rost gapirgin deydilar-u, oʻzlari yolgʻon soʻzlaydilar?», «Nima uchun toʻgʻri, halol boʻlish kerak deydilar-u, oʻzlari pora oladilar?». Agar oʻqituvchi va boshqa ana shunday soʻzda toʻgʻri-yu, amalda notoʻgʻri ish tutishsa, shogirdlari qanday qilib uni hurmatlaydi? Undan nimani oʻrnak qilib oladilar? Shu ma’noda tarbiyachi har vaqt oʻz soʻziga amal qilishi va soʻzining ustidan chiqishi kerak. Ibratning aynan ana shu jihati komil inson tarbiyasida katta ahamiyatga ega.
Ibrat tarbiyasi insonni qadimdan qiziqtirib kelgan. Bu ayniqsa, Yunonistonnning mashhur mutafakkirlari – Aflotun va Arastuning nomi bilan bogʻliq pandnomalaridan keng oʻrin olgan. Jumladan, Sharq mamlakatlarida Aflotunning Arastuga, Arastuning Iskandarga nasihati va vasiyatnomalari yaxlit asar sifatida tarqalgan. Arastuning aytishicha, tarbiyachining oʻzi tarbiya koʻrgan, insoniy fazilatlarni egallagan boʻlishi darkor. «Shuni bilginki, - deydi Arastu, - ta’lim-tarbiya bilan shugʻullanuvchi odam oʻzi tarbiya koʻrmagan boʻlsa, boshqalarni tarbiya qilolmaydi. Xulqi yaxshi kishi boshqalarni yaramas, va iflos ishlarga boshlay olmaydi. Agar sen oʻz oʻquvchingni tarbiyalamoqchi boʻlsang, avval oʻz ruhingni yaxshilashdan boshla. Mabodo oʻzgalar aybini bartaraf etmoqni ixtiyor etsang, bundan oldin oʻz nafsingni nuqson va illatlardan tozalashing zarur. Ammo koʻzi ojiz boʻlgan kishi qanday qilib koʻrga yoʻl koʻrsata oladi? Xor va tuban kishi boshqalarga obroʻ va qadr-qimmat ato qila oladimi?».
Bulardan tashqari Sharq mamlakatlarida axloq va ta’lim-tarbiyaga oid «Rushnoinoma», «Qobusnoma» Farididdin Attorning «Pandnoma»si, Oʻbayd Zakoniyning «Sad pand» kabi asarlari keng tarqalgan. Ilk oʻrta asrlarda Arastu va uning izdoshlarining risolalari arab tiliga tarjima qilindi va ularning ta’limotlari Al-Kindiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jomiy, Navoiy va boshqa Sharq faylasuflari tomonidan oʻrganildi va boyitildi.
Demak, bugungi yoshlarimizning kamoloti va unga mos dunyoqarashi muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib borishida ibrat-namunaning oʻrni beqiyosdir. Bu oʻz navbatida Ozod va Obod Vatan, erkin va farovon hayot yaratuvchilarining ongli a’zolarini tayyorlashni kafolotlaydi.
5. Tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari

Yüklə 274,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə