Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#148190
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy ish (1)

Root / Back – klasterni kichraytirish va kengaytirish tugmasi;

  • New Cluster – qurilmalarni bitta guruhga (klasterga) birlashtirish tugmasi;

  • Move Objects – klasterdagi obyektni surish;

  • Set Tided Background – fon rasmini tanlash tugmasi;

  • Viewport – ishchi maydonni kichiklashtirilgan mas’shtabda ko’rsatish tugmasi.

    Ishchi maydonni tasvirlash rejimini o’zgartirgich ikki xil holatga ega:

    • Logical Workspace – ishchi maydonda kompyuter tarmog’ining topologiyasini tasvirlash;

    • Physical Workspace – ishchi maydonda tarmoq qurilmalarining fizik joylashish modelini tasvirlash.

    Uskunalar paneli ostida ishchi maydon va o’ng tomon uskunalar paneli joylashgan.
    Ishchi maydon kompyuter tarmog’i modelini qurish va modellashtirish jarayonini vizual kuzatib borish uchun xizmat qiladi.
    O’ng panel ishchi maydondagi oyektlarni ko’chirish, nusxalash va tozalash imkonini beruvchi uskunalardan iborat. O’ng panelda quyidagi tugmalar joylashgan:

    • Select – obyektni tanlash;

    • Place Note – izoh qo’yish;

    • Delete – obyektni o’chirish;

    • Inspect – obyekt parametrlarini ko’rish;

    • Draw a Polygon – shakl chizish;

    • Resize Shape – maydon hajmini o’zgartish;

    • Add Simple PDU – oddiy paket yuborish (icmp protokoli paketi);

    • Add Complex PDU – murakkab paket yuborosh.

    Ishchi maydon ostida quyi uskunalar paneli joylashgan bo’lib, gorizontal tugmalar qatoridan tashkil topgan va uning ostida maxsus maydonlar qatori joylashgan.
    Quyi uskunalar paneli quyidagi tugmalardan iborat:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə