Mavzu: Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/8
tarix11.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#148190
1   2   3   4   5   6   7   8
1-amaliy ish (1)

Fast Forward Time – modellashtirish jarayonini qisqa vaqtga tezlashtirish tugmasi;

  • Realtime/Simulation – modellashtirish rejimini o’zgartirgich.

    Modellashtirish rejimini o’zgartirgichning ikki holati mavjud:

    • Realtime – real vaqt rejimida ishlash;

    • Simulation – simulyatiya rejimida ishlash.

    Cisco Packet Tracer tarmoq simulyatori tarkibiga quyidagi tipdagi qurilmlar kiritilgan:

    • Routers – marshrutizatorlar;

    • Switches – kommutatorlar;

    • Hubs – konsentratorlar;

    • Wireless Devices – simsiz qurilamalar;

    • Connections – tarmoq kabellari;

    • End Devices – oxirgi qurilmalar;

    • Security – himoyalangan qurilma (tarmoqlararo ekran);

    • WAN Emulation – global tarmoq qurilmalarining emulyatorlari;

    • Custom Made Devices – foydalanuvchi tomonidan modifikatsiya qilingan tarmoq qurilmalari modeli;

    • Multiuser Connection – ko’p foydalanuvchili bog’lanish.

    Immitatsiya rejimiga (Simulation) o’tkazilganda dastur bosh oynasi ko’rinishi o’zgaradi (1.2-rasm), ishchi maydonning bir qir qismi modellashtirishni boshqarish maydoni bilan yopiladi.

    1.2-rasm.Cisco Packet Tracer Simulation rejimiga o’tkazilgandan so’ng dastur bosh oynasining ko’rinishi.
    1.2 Terminlar va shartli belgilar
    Cisco Packet Tracer simulyatorida tarmoq qurilmalari uchun Cisco Systemsda korporativ standart sifatida qabul qilingan grafik shartli belgilar qo’llaniladi.
    Cisco Packet Tracerda ikki xil tipdagi modellardan foydalaniladi: aniq qurilmalarning modellari va abstrakt (Generic) modellar. Abstrakt modellar ma'lum turdagi qurilmalar bilan bog'liq modellarni umumlashtirish va soddalashtirish natijasida olinadi. Bunday modellarni qurilmaning boshlang’ich bosqichda qo’llash mumkin – ularni sozlash oson, lekin ularning imkoniyati cheklangan.
    Cisco Packet Tracer dasturida modellashtirish mumkin bo’lgan qurilmalarning shartli belgilarini ko’rib chiqamiz.
    Tarmoqqa ishchi stansiya sifatida bog’lanadigan shaxsiy kompyuter (PC) uchun qo’llanilgan shartli belgi 1.3-rasmda ko’rsatilgan.

    1.3-rasm. Shaxsiy kompyuter shartli belgisi
    Server – bu ish stantsiyalarini muvofiqlashtirish va texnik xizmat ko'rsatish va resurslarni taqsimlash bo'yicha umumiy funktsiyalarni bajaradigan kuchli, yuqori unumdorlikka ega kompyuter. Serverning shartli belgisi 1.4-rasmda ko’rsatilgan.

    1.4-rasm. Serverning shartli belgisi
    Konsentrator (Hub) – bir nechta Ethernet qurilmalarini umumiy segmentga birlashtirish uchun mo’ljallangan tarmoq qurilmasi. Konsentratorning shartli belgisi 1.5-rasmda ko’rsatilgan.

    1.5-rasm. Konsentratorning shartli belgisi.
    Ko’prik (Bridge) – portlaridan biriga tarmoq orqali kelgan signalni barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Ko’prik kolleziyalarning cheklangan domenini ta’minlaydi. Ko’prikning shartli belgisi 1.6-rasmda ko’rsatilgan.

    1.6-rasm. Ko’prikning shartli belgisi.

    Yüklə 0,54 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə