Mavzu: Tasavvufning vujudga kelish tarixi



Yüklə 398,79 Kb.
səhifə8/30
tarix22.12.2023
ölçüsü398,79 Kb.
#153982
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
portal.guldu.uz-TASAFFUF VA MUMTOZ POETIKA ASOSLARI

Muhokama uchun savollar:

1.So’fiy so’zining kelib chiqishi va lug’aviy ma’nosi haqida qanday talqinlar mavjud?


2. Tasavvuf mohiyati, manbalari haqida qaysi olimlarning kitoblarida ma’lumotlar berilgan?


2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga islomgacha bo’lgan qarashlar va ularning tasavvufning shakllanishiga bo’lgan ta’siri haqida tushuncha berish


Identiv o’quv maqsadlari:

1. Tasavvufning g’oyaviy-ma’naviy sarchashmalari haqida ma’lumot beradi.


2.Islomning paydo bo’lishi va taraqqiyotini izohlaydi.
2-asosiy masalaning bayoni:

Tasavvuf uzoq tadrijiy tarixga ega. Olimlar tasavvuf tarixini dastlab ikkiga ajratadi:


1. Zohidlik davri;
2. Oriflik davri.
Zohidlik davri so’fiylari (Ibrohim Adham, Hasan Nasriy, Abuhoshim Kufiy va boshqalar) taqvo va parxezkorlikni bosh maqsad deb bilgan bo’lsalar,keyingi davr so’fiylari, tafakkuriy – shuuriy rivojlanish – ya’ni dunyoni va Ilohni bilish, tanishni asosiy maqsad deb bilganlar. Birinchi davrni tasavvufning ibtidoiy davri sifatida tilga oladi. Oriflik davri deb ataganimiz ikkinchi davr ham (bu IX asrlar o’rtasidan boshlanadi) bir necha bosqichlarga ega. Chunonchi, IX – X asrlar – xonoqohlarning paydo bo’lishi, tariqat rusumlarining shakllanishi davri. XI – XII asrlar – tasavvuf maktablari, silsilalarning tarkib topish davri. Bunda Misr, Bag’dod, Basra, Buxoro, Nishopur, Termiz, Balx shaharlari tasavvuf va tariqat markazlari sifatida muhim rol o’ynagan. Natijada Misr, Xuroson, Movarounnahr, Iroq va Turkiston maktablari shuhrat topganlar.
XIII asr – XIV asr boshlari tasavvuf tarixida alohida bir mahsuldor davrdir. Bu davrga kelib, tasavvuf ham nazariy – ilmiy nuqnai nazaridan o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan edi.
Tasavvuf adabiyotining gullashi ham, shu davrga to’g’ri keladi. Ayniqsa, Muhiyiddin Ibnal Araby, Yahyo Suhravardiy, Najmiddin Kubro singari mutaffakir shayxlar, Farididdin Attor, Ahmmad Yassaviy, Jalolidin Rumiy kabi ulug’ so’fiy shoirlar tassavuf ilmining doirasini kengaytirdilar, uni falsafa va hikmat bilan boyitdilar. Agar IX-XI asrlarda tavhid asoslarini chuqurlashtirishga katta e’tibor berilib,tasavvufning fano va baqo kabi tushunchalari, Haqqa vosil bo’lish mayli shiddat bilan targ’ib qilingan bo’lsa, XIIIasr o’rtalaridan boshlab, taffakuriy-aqliy yo’nalish yetakchilik qila boshladi. Bu falsafiy oqim tassavuf tarixida “Vahdatul vujud” nomi bilan shuhrat topdi. So’fiylar endi koinot tuzulishi, odamning xususiyatlari, olam va odam munosabatlari, komil inson tushunchalari bilan bosh qotiradigan bo’ldilar.
Tasavvuf tarixiga nazar tashlar ekanmiz, islom dinidagi mazhablar, qarashlar xillma xilligi so’fiylar hayoti va dunyoqarashiga ham inchunun ta’sir etib turganini ko’ramiz. Xususan, sunniy va shia mazhablari orasidagi kurash sezilarli iz qoldirgan. Eron olimlari, jumladan, “Tasavvuf islohatlari sharhi” nomli qomus muallifi Said Sodiq Guharin tasavvufning paydo bo’lishi va qaror topishida shia mazhabi qarashlarining ta’siri borligini ta’kidlaydi. Boshqa bir qator olimlar yunon falsafasi, qadimgi zardushtiylar, hind falsafiy – asotiriy qarashlarining rolini ko’rsatadilar. Tasavvuf amaliyoti va falsafasida bu buloqlarning samarali tasiri bo’ishi mumkinligini qayd etgandik. Islomiy tasavvuf o’zi o’zlashtirgan jamiki narsalarini islom ruhida qayta ishlab shariatga muvofiqlashtirgan. Shia va sunniy mazhablari orasidaqgi kurash tasavvuf silsilalarining yo’nalishlarini belgilagan. Chunonchi, tayfuriya, suhrovardiya, xululiya, firdavsiya kabi silsilalar ko’proq shiachilikka moyil bo’lsalar, yassaviya, naqshbandiya suluklari sunniy mazhabida mustahkam turgan tariqatlar edi.
Shu zaylda tasavvuf tarixi islom tarixi bilan birga rivojlanib, islom madaniyati va ma’rifatiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Agar dastlabki paytlarda Kufa, Basra va Bog’dod shaharlarida sanoqli darajada zohid va so’fiylar yashagan bo’lsa, bora – bora musulmon olamida shayxu mashoyihlar, so’fiy darveshlar qalandarlarning soni ko’paydi.
Tasavvuf tarixi haqidagi qisqacha nigorishimiz nihoyasiga yetar ekan, yana bir nuqtani ta’kidlamoqchimiz: tasavvufda turli yo’nalishlar, ya’ni zohidona tasavvuf, orifona tasavvuf, oshiqona tasavvuf va rindona tasavvuf oqimlari bo’lgani kabi so’fiylar ham turli qarashlarga ega bo’lgan har xil tabiatli kishilar edilar. Ular orasida zohidlar, oriflar, isyonkor oshiqlar, majzub devonalar, darbadar qalandarlar, donishmand faylasuflarni ko’ramiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tasavvuf bir yo’nalishdagi ta’limot bo’lmagan, uning shox va shoxchalari ko’p. Ammo bizni qiziqtirayotgan narsa uning mohiyati va haqiqati, xalq qalbidan joyolgan insonparvarlik g’oyalari, ulug’ adiblarga ilhom bergan Soflik, Haqiqat, Go’zallik, Kamolot ideali, shu idtallarga bo’lgan cheksiz muhabbatdir.



Yüklə 398,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə