Mavzu: Tezis va maqolalar (imrat) tahlilini o’rganish



Yüklə 3,18 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü3,18 Kb.
#149759
Tezis va maqolalar (imrat) tahlilini o’rganish-fayllar.org


Mavzu: Tezis va maqolalar (imrat) tahlilini o’rganish

Mavzu: Tezis va maqolalar (imrat) tahlilini o’rganish


Termiz davlat pedaDOGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG’ICH TA’LIM fakulteti

BOSHLANG’ICH TA’LIM yo’nalishi


I kurs 110-guruh talabasi
SUYUNOVA YULDUZNING PSIXOLOGIYA fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu: Tezis va maqolalar (IMRAT) tahlilini o’rganish.
REJA:
  • Xalqaro ilmiy jurnallarga maqola chiqarishga qoyiladigan talablar.


  • IMRAD formatidagi ilmiy nashrlar.


  • IMRAD formatidagi maqolaning bo‘limlari tabiiy savollarga javob berish kerak.



Xalqaro ilmiy jurnallarning aksariyati eksperimental tadqiqot natijalarini tavsiflovchi maqolaga quyidagi asosiy qismlardan iborat talabni belgilaydi: Kirish, Usullar, Natijalar va Munozara (Introduction, Methods, Results, and Discussion - IMRAD). Ba’zan Annotasiya (Abstract) ma’nosini anglatuvchi «A» harfi IMRAD qisqartmasiga qo‘shiladi va AIMRAD, deb yozilishi ham mumkin.

IMRAD formatidagi ilmiy nashrlar birinchi marta 20-asr oxirida ilmiy jurnallar sahifalarida paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda ilmiy maqolalarning ushbu formati xalqaro jurnallar tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinib, universal standartga aylandi. Dastlabki tadqiqotlar natijalarining ilmiy nashrlari tarkibini birlashtirish tendensiyasi 1972 yilda, Amerika Standartlari Milliy Instituti barcha jurnallarda foydalanish ushun IMRAD formatini ma’qullagan va tavsiya qilgan paytdan boshlab kuchaydi. Zamonaviy rus, ingliz va boshqa dunyo tillarida ilmiy jurnallarining aksariyati maqolalar uchun deyarli yagona talabni qo‘yadilar.


IMRAD formati juda oddiy mantiqqa asoslangan. Maqolaning bo‘limlari tabiiy savollarga javob berish kerak:
Birinchi savol: tadqiqot qaysi muammoga bag‘ishlangan? (Kirish bo‘limi)
Ikkinchi savol: muammo qanday o‘rganildi? (Metodlar bo‘limi)
Uchinchi savol: Asosiy (ilmiy) topilmalar yoki kashfiyotlar qanday? (Natijalar bo‘limi)
To‘rtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara bo‘limi)
Odatda har qanday maqola sarlavha bilan boshlanadi, undan so‘ng mualliflarning ro‘yxati, ularning ish joyi va manzili, taqdim etilgan tadqiqotni o‘tkazish joyi keltiriladi. Keyin maqola mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beradigan Annotasiya keladi va maqola so‘ngida kalit so‘zlarni (keywords) topish mumkin. Annotasiyadan keyin maqolaning asosiy qismi keladi. Adabiyotlar ro‘yxati (Literature) odatda maqolaning so‘nggida keladi.
http://fayllar.org
http://fayllar.org
Yüklə 3,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə