Mavzu: Tovush platasini o‘rnatish



Yüklə 394,24 Kb.
səhifə1/2
tarix28.01.2023
ölçüsü394,24 Kb.
#99614
  1   2
1-amaliy ish 28-mavzu

Mavzu: Tovush platasini o‘rnatish



Reja:


  1. Tovush platasini haqida

  2. Kengaytirish razyomini tanlash.

  3. Akustik tizimlarni ulash va tovush platasini o‘rnatish



Tovush platasini haqida

Tovush platasini o‘rnatishdan oldin, tizimli blokni ochish kerak bo‘ladi.


Barcha zamonaviy tovush platalari Plug and Play standartini qo‘llovchi PCI formatli platalarda ishlab chiqariladi. ISA platalariga qaraganda zamonaviy PCI platalari apparat resurslarini kamroq talab etadi, markaziy protsessorga kamroq yuklama bilan ta’sir o‘tkazadi hamda zamonaviy hajmli tovushning API interfeysini ham qo‘llaydi. Bu interfeys zamonaviy kompyuter o‘yinlarining barchasida keng qo‘llaniladi. Audiadapter, PCI yoki ISA shinasiga joylashtiriladi.
Ko‘pchilik tovush platalari bir xil ulanish joyga ega. Bu o‘ta kichik ulanish joylar orqali signallar platadan akustik tizimlarga naushniklarga va stereotizimlar kirishlariga o‘tadi.
Shunga o‘xshash ulanish joylarga mikrafon, kompakt- disklar proigrivateli va magnitafon ulanadi. Platada ushbu to‘rt tipdagi ulanish joylar ulangan bo‘lishi lozim.
Kengaytirish razyomini tanlash.
Agar bir necha razyomlar bo‘sh bo‘lsa, yangi platani ulardan uzoqroqga joylashtirish lozim. Bunda ularning tarafidan kelayotgan xalallar ancha pasayadi, bu tovush platasi uchun muhimdir, chunki xalallar yangrayotgan tovushning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tanlangan kengaytirish sloti ustida joylashgan orqa metall panel mahkamlangan vintni burab bo‘shating. O‘rnatish jarayonida plataning metall tayanchi va qirralarini ushlang. Bunda plataning hech qaysi tarkibiy qismiga tegmang, chunki statik elektr zaryadlari uning qurilmalarini ishdan chiqarishi mumkin. Razyomning tilla rang bilan qoplangan kontaktlariga tegmang. Agar sizda antistatik bilakuzugingiz bo‘lsa, uni taqib oling.
Tovush kartasining razyomlarini tanlashda ularning tizimga ulanishi kerak bo‘ladigan tashqi kabellariga e’tibor berish lozim, chun ki ular oldindan tizimga ulangan simlarga halaqit berishlari mumkin.
Tovush platasining kabelini boshqa kabellardan chekkada «o‘tkazish» imkonini beruvchi razyom eng qulay variant hisoblanadi. Tashqi interfeys modulli audioadapterni (Sound Blaster Live yoki Audigy) o‘rnatganda, yassi kabelni audioadapterdagi mos keladigan razyomga bemalol ulash mumkinligiga amin bo‘ling.
Kompyuterga o‘rnatilgan tovush platasi ko‘rsatilgan. Unga optik jamlagichlarga olib boradigan 4 ta simli analog va 2 ta simli raqamli kabellar hamda platani ichki modul bilan bog‘lovchi maxsus yassi kabellar ulangan.
Platadagi tovush razyomiga CD-ROM jamlagichining tovush kabelini ulang. Bu razyom to‘rtta kontaktli bo‘lib, unga to‘g‘ri o‘rnatilishi uchun maxsus belgi qo‘yilgan.
Ba’zi bir yangi CD va DVD jamlagichlar ikki razyomga ega bo‘lgan maxsus raqamli audiokabel bilan jihozlangan. Kabelning bir uchini jamlagich razyomiga, ikkinchi uchini esa tovush platasining CD SPDIF yoki CD Digital Audio razyomiga ulang (6.9-rasm).

2-rasm. Kompyuterga o‘rnatilgan tovush platasi:
1mahkamlovchi vint; 2 – avtojavobgar, analogli audiorazyom; 3 – SD-audio analog kabeli; 4Aux in analogli razyom; 5 – 8V 1394 (IEEE-1394a) kirishchiqish razyomi; 6CD SPDIF raqamli audiokabel; 7 – Auding qurilmasining kirish-chiqish kabeli; 8 – o‘yin porti moslamasining kontaktlari (djoystik).
Shundan so‘ng tovush fayllarini raqamli o‘zgartirish va musiqiy kompozitsiyali egiluvchan disklar asosida MP3 fayllarni yaratishni amalga oshirish mumkin.
Endi platani razyomga o‘rnatish mumkin. Avval o‘zingizdan elektrostatik zaryadlarni olish uchun kompyuterning metall qopqog‘ini ushlang. So‘ngra platani chekkasidan ushlab turgan holda ken gaytirish slotining ariqchasimon o‘yiq joyiga o‘rnating. Platani qotirish vintlarini burang va kompyuterni yig‘ing.

Yüklə 394,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə