Mavzu: Tovush platasini o‘rnatish


Akustik tizimlarni ulash va tovush platasini o‘rnatishni yakunlash



Yüklə 394,24 Kb.
səhifə2/2
tarix28.01.2023
ölçüsü394,24 Kb.
#99614
1   2
1-amaliy ish 28-mavzu

Akustik tizimlarni ulash va tovush platasini o‘rnatishni yakunlash. Mos keluvchi razyomga akustik tizimlarni ulash mumkin. Odatda, tovush platasidan chiqish quvvati 4 W ni tashkil etadi. Agar plataning chiqish quvvatidan akustik tizimning hujjatida berilgan ishlash quvvati kam bo‘lsa, u holda tovush balandligini maksimal darajagacha ko‘tarish tavsiya qilinmaydi. Yaxshisi akustik tizimni ichiga joylashtirilgan tovush platasining chiziqli chiqishiga ulanuvchi kuchaytirgich bilan birga qo‘llash lozim. Agar akustik tizim to‘rt va undan ortiq kolonkaga ega bo‘lsa, qaysi razyom oldi kolonkalarni va qaysinisi orqa kolonkalarni ulash uchun xizmat qilishini hisobga olish kerak. Orqa kolonkalar yordamida hajmli jaranglanishini shakllantirish uchun audioadapter bilan birga beriladigan sozlash dasturidan foydalaning.
Gohida operatsion tizim ba’zi bir drayverlarni o‘rnatish uchun Windows ning o‘rnatiluvchi kompakt-diskini talab etadi.
Stereotizimni ulash. Audioadapterni stereotizimga ulab, sifat jihatidan ajoyib tovushga hamda DVD disklarni eshittirish uchun Dolby Digital standartini qo‘llanishiga ega bo‘lish mumkin. Ko‘pchilik stereotizimlarda RCA yoki phono ko‘rinishidagi kirish kontakt razyomlari qo‘llaniladi. Bunday razyomlar ba’zi audio adapterlar uchun standart bo‘lib hisoblanadi, ammo ko‘pchilik tovush platalari kich kina phono-razyomlar bilan jihozlangan, shuning uchun stereotizimni ulash uchun maxsus ulash moslamasi kerak bo‘ladi.
Stereotizimni tovush platasiga ulash uchun kabeldan foyda laniladi. Agar tovush platasida akustik tizimga yoki naushnikka chiqish va chiziqli stereochiqish bo‘lsa, sifatli tovush olish uchun stereotizimni chiziqli stereochiqishga ulash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mikrofonlar. Odatda, mikrofonlar tovush platasi majmuasida bo‘lmaydi, ammo ular sizga WAV fayliga nutqni yozish uchun kerak bo‘ladi. Mikrofonlarni tanlash juda oson: uning razyomi (odatda, diametri 1/8 dyuym) tovushli plataning razyom qismiga mos bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik mikrofonlarga o‘chirib-yoqqich o‘rnatilgan bo‘ladi. Shuningdek, Windows miksheridagi belgini olib tashlash orqali ham o‘chirish mumkin.
Mikrofon yozish shartlariga mos bo‘lishi kerak. Shovqinli joylarda ishlashda yo‘naltirgichli mikrofonlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu o‘z o‘rnida turli begona tovushlardan xolos bo‘ lish imkonini beradi.
Umumiy suhbatni yozish uchun yo‘naltirilmagan mikrofon lardan foydalaniladi. Agar qo‘llaringiz bo‘sh turishini xohlasangiz, mikrofon tagligidan foydalaning.

1-rasm

  • Plataning chiziqli chiqishi. Signalni bu ulanish joydan tashqi qurilmalarga akustik tizimlarga naushniklarga, yoki stereo kuchaytirgichlar kirishlariga berish mumkin. U yordamida esa signalni ma`lum darajaga kuchaytirish mumkin. Ba`zi tovush platarida, masalan: Microsoft Windows Sound System ga ikkita chiqish uchi bor; biri chap kanal signali, ikkinchisi o‘ng kanal signali uchun.

  • Plataning chiziqli kirishi. Bu kirish ulanish joyi tashqi audiotizimdan qattiq diskka kelayotgan tovush signalini yozishda ishlatiladi.

  • Akustik tizim va naushniklar uchun ulanish joyi. Bu ulanish joy hamma platalarda ham bo‘lavermaydi. Signallar akustik tizimga stereotizim kirishiga beriladigan o‘sha ulanish joydan beriladi. Agar platada ikkita ulanish joy bo‘lsa, ulardan akustik tizimlar va naushniklarga mo‘ljalanadigan signallar kuchliroqdir. U naushniklar va uncha katta bo‘lmagan akustik tizimlar munosib tovush balandligini ta`minlashi lozim. Ko‘pchilik tovush platalarning chiqish quvvat 4 BT ga teng. Bunda signal chiziqli chiqishda kuchaytirgich kaskaddan o‘tmaydi va shunign uchun undagi tovush yo‘qoridir.

Mikrafon kirish yoki manofonik signal. Bu razyomga diskka tovush yoki boshqa tovushlarni yozish uchun magnitafon ulaniladi. Mikrafondan yozish manofonikdir. Signal sifatini oshirish uchun ko‘pchilik tovush platarida kuchaytirishni avtomatik rostlashdan foydalaniladi. Bunda kirish signali doimiy va o‘zgarish uchun optimal qilib saqlaniladi. Yozish uchun eng yaxshisi elektrodinamik yoki 600

  • omdan 10 Komgacha yuklama qarshiligiga mo‘ljallangan kondisatorli mikrafondan foydalanish kerak.

  • Joystik uchun ulanish joy MIDI. Joystikni ulash uchun 15 kontakli D liniyaon ulanish joydan foydalaniladi. Uning ikkita kontaktini MIDI qurilmasini, masalan klavishli sintezatorni boshqarish uchun foydalanish mumkin. Ba`zi tovush platalari MIDI qurilmalari uchun alohida ulanish joyga ega. Hozirgi zamon kompyuterlarida jostik uchun port tizim platasida yoki alohida kengaytma platasida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu holda

  • MIDI ulanish joyi. Audioadapterlar odatda jostikning MIDI ulanish joyi foydalaniladigan portidan foydalaniladi. Ulanish joydagi ikkita kontakt signallarni MIDI qurilmasiga uzatish uchun mo‘ljallangan.

  • Ichki kontakli ulanish joy. Ko‘pchilik tovush platalarida ichki CD-ROM jamlovchisiga ulanish uchun maxsus ulanish joy bor. Bu esa tovush platalariga ulangan akustik tizimlar orqali kompakt disklardan tovushni eshittirishga imkon beradi. Bu ulanish joy CD-ROM nazoratchiini tovush platasiga ulash ulanish joyidan farq qilishiga etibor bering, chunki ma`lumotlar bu ichki ulanish joy buyicha kompyuter shinasiga uzatilmaydi. Ammo bu ulanish joy hatto bo‘lmasa ham siz baribir tovush kartasining chiziqli chiqishini CD-ROM yurutmasidagi naushniklarning chiqish ulanish joyiga tashqi kabel yordamida ulab audiokompakt disklarni tinglashingiz mumkin.

Respublikamizda an’anaviy kutubxonalarning bosqichma-bosqich zamon talablariga javob beradigan axborot-resurs markazlariga (ARM) aylantirilishi, kutubxonachi xodimlar malakasini oshirish masalasini kun tartibidagi dolzarb masalalar qatoriga qo‘ymoqda.
Bugungi kunda 10 000 atrofida Respublika xalq ta’limi vazirligiga qarashli umumta’lim maktablari qoshidagi ARM xodimlari hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli 1500 kollej, akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan kutubxonachi xodimlar, umuman olganda esa respublika bo‘yicha 15 000 dan ortiq kutubxonachi xodimlar malakasini oshirishga ehtiyoj tug‘ilgan.
ARM xodimlarining malakasini oshirish bilan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universitetida malaka oshirish markazlari shug‘ullanmoqda. Mazkur markazlarda har oyda o‘rtacha 50-60 nafar kutubxonachi o‘z malakasini oshirmoqda. Ikki haftalik malaka oshirishga mo‘ljallangan qisqa muddatli kurslarda axborot texnologiyalarini ARMlarda joriy qilish bo‘yicha yetarli bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash ancha mushkul. Ayniqsa, malaka oshirishga kelayotgan ARM xodimlarning asosiy qismi kompyuterlardan foydalanish malakasini yetarli darajada egallamagan. Xodimlarning uzluksiz ravishda malakasini oshirib borish yangidan tashkil qilinayotgan ARMlarning samarali faoliyat ko‘rsatishida katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, xodimlarning bevosita ish o‘rinlarida malakasini oshirish, ya’ni mustaqil ta’lim olishga imkoniyat yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Peugeot va Allied Irish Bank (AIB) firmalari o‘z xodimlarni multimediali kurslarda o‘qitish afzalligini birinchilardan tushunib yetdilar, ularning fikricha, ish o‘rinlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malaka oshirish, maslahatlar olishda multimediyali tizimlardan foydalanish katta samara berar ekan. Peugeot firmasida multimediyali darsliklar CD-ROM disklarida interaktiv videokliplar shaklida saqlanadi. Kompaniyaning sotish bilan shug‘ullanadigan barcha xodimlari ana shunday disklar bilan ta’minlangan. AIB firmasi interaktiv multimediali dastur bilan har bir bank xodimini ta’minlagan. Xodimlarning har biri kerakli maslahatni bevosita ish o‘rnida olishi mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, faqat matnlarni o‘qish bilan o‘zlashtirilgan bilimlarning vaqt o‘tishi bilan 14% esda saqlanar ekan, tovush orqali qabul qilingan ma’lumotlarning 13% , bir paytning o‘zida ham ko‘rish ham eshitish orqali qabul qilingan materialning 50% esda saqlanar ekan. Agar materialni o‘zlashtirishda ko‘rish, eshitish va ayni paytda o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining o‘zi ham faol ishtirok etsa, materialning 75% esda saqlanar ekan. Demak, mustaqil bilim olishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi ko‘rinib turibdi. Bilimlarni egallashda ko‘rish, eshitish va materialni o‘zlashtirishda faol ishtirok etish jarayonida multimedia tizimlaridan foydalanish katta samara beradi.
Yüklə 394,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə