Mavzu: Transfert bahoni shakllantirish


Transfert bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari. Maqsadga muvofiq holda ustamalar foizini aniqlash



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#107137
növüReferat
1   2   3   4
Transfert bahoni shakllantirish

2. Transfert bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari. Maqsadga muvofiq holda ustamalar foizini aniqlash


Ma’lumki, ustamalar mahsulotga bo’lgan talab bilan bevosita bog’liq. Xo’jalik yurituvchi subyekt bozorda talab yuqori bo’lgan mahsulotga yuqori ustamalar qo’yishi mumkin. Shuningdek, ustamalar hajmiga talab elastikligi ham ta’sir qiladi, ya’ni talabning elastikligi mavjud bo’lmagan mahsulotlar uchun yuqori ustamalar qo’llaniladi. Bundan tashqari, intensiv raqobat sharoitida ustamalar hajmi kamayadi. Tovar seriyasi ichidagi maqsadli foizli ustamalar tahlil qilinayotgan mahsulotning aniq farqlarini ifodalash uchun ishlatilib, ushbu mahsulot sotilishining oldingi amaliyot tajribasidan, joriy raqobat o’rni va kelgusidagi taxminiy talabdan kelib chiqadi. Masalan, ayrim qimmatbaho, yaxshi turdagi tovarlarning sotuv hajmi past bo’lishiga qaramasdan, ularni sotish orqali yuqori foyda olish mumkin. Shu bilan birga bu turga kirmaydigan, yuqori aylanmaga ega bo’lgan boshqa mahsulotlar sotuvidan esa past foyda olish hollari ham amaliyotda keng uchraydi.
Mahsulotning sotish bahosi har qancha aniq va maqsadga muvofiq belgilangan bo’lishiga qaramasdan, har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt amaliyotida bu baho vaqt o’tishi bilan bir necha marta o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish birinchi navbatda, xo’jalik yurituvchi subyektning mahsulot ishlab chiqarish quvvati o’zgarishi, turdosh xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan raqobat darajasi va boshqa shu kabi omillar o’zgarishiga bog’liq bo’lib, bu omillarning har biri o’zgarishi natijasida mahsulot sotish bahosi ko’tarilishi yoki pasayishi mumkin. Ushbu omillarni hisobga olgan holdagi mahsulot bahosi potentsial xaridor tomonidan taklif etiladigan bahodan past darajada bo’lsa, o’z navbatida mahsulot bahosi birmuncha oshirilishi mumkin.
Bu o’rinda, agar bahoni shakllantirishning “xarajatlar - plyus” formulasi yordamida olingan baho oxir-oqibat menejerlar tomonidan o’zgartirilsa, ushbu formuladan nima uchun foydalaniladi degan tabiiy savol kelib chiqadi. Ushbu savolga javob esa quyidagicha bo’ladi: mahsulot sotuv bahosini belgilash vaqtida bahoni “xarajatlar - plyus” usuli bo’yicha shakllantirish formulasi birlamchi bo’lib, dastlabki yaqinlashtirish o’rnida ishlatiladi. Bu muhim axborotni taqdim etuvchi maqsadli baho hisoblanib, shu bilan birga mahsulot sotish bahosi bo’yicha yakuniy qarorni qabul qilishda hisobga olinadigan yagona ma’lumot emas. Menejerlar bu ma’lumotda o’zlarining bozor hamda rejalashtirilayotgan bahoni shakklantirish strategiyasi to’g’risidagi bilimlaridan ham foydalanishlari lozim.
“Xarajatlar - plyus” usulining kamchiliklari
Ushbu usul asosida bahoni shakllantirishga qaratilgan asosiy tanqid bevosita shu bilan bog’liqki, bu o’rinda mahsulotga bo’lgan talab e’tiborga olinmaydi. Bu yerda baho xarajatlarga ustamalarni qo’shish yo’li bilan o’rnatiladi hamda bu holat mahsulot bahosi va talabi o’rtasidagi nisbatga bog’liq bo’lmasligi mumkin. O’rnatiladigan baho faqat xarajatlar hajmiga bog’liq deb hisoblanadi. Masalan, “xarajatlar - plyus” formulasidan kelib chiqib, mahsulotning bahosi 20 ming so’m belgilanganda 100 birlik mahsulotga talab bo’lishi mumkin, ammo mahsulotning bahosi 25 ming so’m bo’lganda talab 80 birlikni tashkil etishi mumkin. Har bir sotilgan mahsulot birligining o’zgaruvchan xarajatlari 15 ming so’m bo’lishini taxmin qilgan holda 20 ming so’m bahoda mahsulotni sotishdan olinadigan foydaning umumiy hissasi 500 ming so’mga nisbatan bu ko’rsatgich 25 ming so’m bo’lganida foydaning umumiy hissasi 800 ming so’mga teng bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, “xarajatlar - plyus” usuli noto’g’ri yechimga olib kelishi mumkin. Quyida keltirilgan fikr 30 yil avval Bakster va Oksenfeldlarning ilmiy ishlarida ilgari surilgan bo’lib, unda bahoni shakllantirishning xuddi mana shu “xarajatlar - plyus” usulining asosiy kamchiligi ko’rsatib o’tilgan. Bu olimning ta’kidlashicha:
“... Talabni aniq baholashning noqobilligi talabni belgilaydigan xarajatlar to’g’risida ma’lumot olish o’rnini egallay olmaydi. Agar talabning taxminiy baholari ma’lum ma’noda sinchkovlik bilan o’tkazilgan talabning baholash natijalari o’rnini bosishi mumkin bo’lsa, xarajatlar borasidagi axborot talab to’g’risida juda kam ma’lumot beradi”.
Bahoni shakllantirishning “xarajatlar - plyus” formulasi - sotuvchini zararlardan himoya qiluvchi o’ziga xos sug’urta to’sig’i bo’lib xizmat qilishi ko’p bora ta’kidlanadi. Lekin bu dalil noto’g’ri bo’lib, ba’zan shunday sharoit bo’lishi mumkin, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyekt o’z mahsulotiga ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqori bo’lgan baho qo’ygan taqdirda ham mablag’larini yo’qotish ehtimoli bor. Bu holat shu bilan izohlanadiki, agar mahsulotga bo’lgan talab mahsulot birligiga doimiy xarajatlarni aniqlash uchun hisob-kitoblarda ishlatilgan faoliyat darajasiga nisbatan kamaysa, mahsulot sotishdan tushgan umumiy tushumlar umumiy doimiy xarajatlarni qoplash uchun etmasligi mumkin. “Xarajatlar - plyus” usuli faqat hamma xarajatlar hisobga olinganligi va mahsulot birligiga bo’lgan umumiy xarajatlar baholanganda sotish hajmi faoliyat darajasiga teng yoki yuqori bo’lgan sharoitida foyda kelitirishini kafolatlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan barcha xarajatlar qisqa muddatli istiqbolda doimiy bo’lib, u 1 mln so’mni tashkil etishi mumkin bo’lgan quyidagi taxminiy vaziyatni ko’rib chiqamiz. Shu bilan birga faraz qilaylik, 10 birlik mahsulot hajmi baholanishidan kelib chiqadigan mahsulot birligiga qilingan xarajatlar miqdori 100 ming so’mni tashkil etadi. “Xarajatlar - plyus” usuli asosida mahsulot sotish bahosi 130 ming so’m va ustamalar 30 foiz miqdorida belgilangan. Ammo amaldagi sotish hajmi 7 birlikka teng, sotishdan tushgan tushum faqat 910 ming so’mni tashkil etadi, umumiy xarajatlar esa, yuqorida qayd etilganidek, 1 mln. so’mni tashkil etgan. Bundan xulosa shuki, ushbu mahsulotga o’rnatilgan narx barcha xarajatlarni qoplasa ham 90 ming so’m miqdorida zarar keltiradi.
“Xarajatlar - plyus” usulini amaliyotda qo’llash afzalliklari
Agar ko’rib o’tilgan bahoni shakllantirish cheklovlari shunchalik aniq ko’rinib tursa, nima uchun bu usul amaliyotda keng qo’llaniladiq – degan tabiiy savol tug’iladi.
Bu borada Bakster va Oksenfeld quyidagi izohni taklif etishadi: bu usul orqali xo’jalik yurituvchi subyekt necha xil turdagi mahsulot ishlab chiqarishidan qat’iy nazar, tashqi tomonidan haqiqatga yaqin bo’lgan narxlar yengil va juda tez tarzda o’rnatilishi mumkin. Bundan tashqari, bu usulda qo’llaniladigan hisob-kitoblarning ko’rinishi haqiqatda ham to’g’riga va amaliy ma’lumotlarga asoslanganga o’xshaydi. Natijada shu tarzda belgilangan baho boshqa usuldagi hisoblangan bahoga nisbatan asosli ko’rinishi mumkin. Buning hisobiga yuqori baho o’rnatganligi uchun tayziqqa uchrashi mumkin bo’lgan monopolist o’zini himoyalangan deb hisoblashi mumkin. Chunki u bahoni shakllantirishda “xarajatlar - plyus” usulini qo’llagan.
Ushbu bahoni shakllantirish usulini keng targ’ib etilishining asosiy sabablaridan yana biri shuki, u xo’jalik yurituvchi subyektga aynan shu turdagi mahsulot uchun boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarning bahosini oldindan bashorat qilish imkonini beradi. Masalan, xo’jalik yurituvchi subyekt o’tgan yillarda 40 foizlik o’rtacha ustama belgilangan tarmoqda faoliyat yuritsa, uning raqobatchilari ham kelgusida o’z xarajatlariga 40 foizlik ustamani belgilashi mumkin. Tarmoqdagi barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar bir xil darajadagi xarajatlar tarkibiga ega bo’lishini inobatga oladigan bo’lsak, baho diapazonini nisbatan aniq taxmin qilishi mumkin.
“Xarajatlar - plyus” usuli bo’yicha bahoni shakllantirishning kamchiligi shundaki, unda talab e’tiborga olinmaydi. Shuni e’tiborga olish kerakki, bu usulda hisoblangan dastlabki baho ma’lum tuzatishlarsiz kam qo’llaniladi. Yuqorida aytib o’tilganidek, u ko’tarilishi yoki pasayishi mahsulotga nisbatan mavjud bo’lgan buyurtma miqdorini, bozordagi raqobat hajmini, kelgusidagi sotish nuqtai nazardan konkret buyurtmachining muhimligini, shuningdek, buyurtmachilar bilan xo’jalik yurituvchi subyektning umumiy munosabatlari siyosatini hisobga olishi mumkin.
Transfert bahoni shakllantirish siyosati
Baho bo’yicha qarorlar qabul qilishda xarajatlar to’g’risidagi ma’lumot o’zgaruvchan ko’rsatgichlardan biri hisoblanadi. Oxirgi baho birinchi navbatda xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan o’tkaziladigan bahoni shakllantirish siyosatiga bog’liq bo’ladi. Bunday siyosat natijasida “qaymog’ini olish” bahosi yoki bozorga kirib borish bahosi tanlanishi mumkin.
“Qaymog’ini olish” bahosi asosidagi siyosat – bu baho o’zgarishlariga nisbatan sezuvchan bo’lmagan bozor qismini ishlatishga bo’lgan urunishdir. Masalan, hali talab elastik bo’lmagan yangi mahsulot bilan bozorga chiqishning afzalligidan foydalanish uchun dastlabki davrda sotishning yuqori bahosini o’rnatish mumkin. Bunday siyosat tovar yoki xizmatlarning yangiligi samarasi yo’qolishidan so’ng, xarajatlarning kutilmaganda ko’tarilishi yoki talabning keskin pasayishi sharoitida qo’l kelishi mumkin. Bozor to’yingandan keyin mahsulotga o’rnatilgan baho xanuzgacha xizmat ko’rsatilmagan bozor qismini jalb qilish maqsadda pasaytirilishi mumkin. Bozorda turdosh mahsulotlar ko’p bo’lgan sharoitda “qaymog’ini olish” baho siyosati tavsiya etilmaydi. Bu o’rinda talab egri chizig’i elastik bo’ladi va turdosh mahsulotlar uchun raqobatchi belgilagan bahodan yuqori bo’lgan har qanday baho sotuvning keskin qisqarishiga olib keladi.
Bahoni belgilashning bozorga kirib borish siyosati – mahsulotga dastlabki davrda past baho o’rnatish konsepsiyasiga asoslanib, bozorda yangi mahsulot turini tezda o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday siyosat bozorda turdosh mahsulotlar mavjud bo’lgan yoki bozorda ishni boshlash uchun qiyinchilik tug’dirmaydigan sharoitda to’liq mos keladi. Past baho mavjud raqobatchilarni bu bozorga kirishga to’sqinlik kiladi va xo’jalik yurituvchi subyektning katta ulush olishiga imkon yaratadi. Agar mahsulot turi yangi bo’lib, iste’molchilar tomonidan talabga ega bo’lsa, bu siyosatni qo’llash mumkin.
Odatda mahsulotlarga hos bo’lgan to’rt bosqichdan iborat hayotiy aylanmani ajratib ko’rsatish mumkin: boshlang’ich, o’sish, yetuklik va pasayish. Mahsulotni bozorga kirishining boshlang’ich bosqichida u haqda ko’pchilik bilmaydi va shuning uchun unga nisbatan talab kam bo’ladi. O’sish bosqichida reklama tadbirlari va iste’molchilarning bu tovar haqida ma’lumotga ega bo’lishi evaziga sotuv hajmi tez osha boshlaydi. Lekin, yetuklik davrida bu jarayon sustlashadi, chunki yangi iste’molchilarni jalb qilish salohiyati ma’lum ma’noda ishlatilgan bo’ladi. Pasayish bosqichida sotish hajmi kamayadi, mahsulot yangi va yanada takomillashgan ko’rinishdagilari bilan asta-sekin almashib boradi.
Sayzerning fikricha, kelgusida qulayroq talabni ta’minlash uchun dastlabki bosqichda normal ishlab chiqarish shiroitida tahlil asosida o’rnatilgan bahoning nisbatan hisoblangan mohiyatini ko’tarishi yoki pasayishi orqali tajriba o’tkazish mumkin. Masalan, u chegaralangan ishlab chiqarish quvvati past bahoni o’rnatishga yo’l qo’ymasligi mumkin degan fikrni ilgari suradi. Demak, bunday sharoitda faoliyatning normal darajasida aniqlangan yanada yuqori birlamchi baho o’rnatilishi mumkin, lekin keyinchalik u quyidagi sharoitda pasayadi: (a) talabning baho elastikligi o’sganda va (b) qo’shimcha quvvatlar ishga tushganda. Aksincha, ishlab chiqarish quvvatiga chegara bo’lmagan sharoitda mahsulot sotish bahosi normal faoliyat sharoitida hisobkitoblardan kelib chiqargan past bo’lgan baho o’rnatilishi lozim. Sotish hajmining yanada o’sishi va raqobatchilarning sust ta’siri natijasidagi bunday baho xo’jalik yurituvchi subyektga bozorning katta qismini egallash va uzoq muddatli istiqbolda yuqori foyda olish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.
Yetuklik davrida xo’jalik yurituvchi subyekt sotishning joriy bahosi kelgusidagi hodisalarga qanday ta’sir o’tkazayotganligiga kam ahamiyat beradi va qisqa muddatli istiqbolda foydasi maksimal bo’ladigan sotish bahosini o’rnatadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə