Mavzu: Turistik mashrutlarni otkazishni tashkil qilish Reja: I kirish. II asosiy qism



Yüklə 122,72 Kb.
səhifə1/13
tarix11.12.2023
ölçüsü122,72 Kb.
#148050
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
.........Kurs ishi-2.....


Mavzu: Turistik mashrutlarni otkazishni
tashkil qilish


Reja:
I Kirish.
II Asosiy qism
1. Turistik marshrutlarni ishlab chiqish
2. Turistik marshrutlarni ishlab chiqish usullari, tasnifi va turlari
3. Turistik marshrutni yaratish loyihasini tashkil qilish.
4. Turistik marshrutlarni ishlab chiqishda etibor qaratiladigan jihatlar.
III Xulosa.
IV foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
V Ilovalar

KIRISH1
Mavzuning dolzarbligi. Turizm bugungi zamon iqtisodiyotida katta o`rin tutadi, qolaversa, kun sayin takomillashib, yangilanib bormoqda. Hozirga kelib inson o’zining qiziqishi sohalarini ko’rib ulgurish, qoniqish, o’rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat darajalaridan to’g’ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga aylantirdi.
Hozirgi Jaxondagi ko`zga ko`ringan mutaxassislarning yozishlaricha jahonda turizmning asosiy turlari 20-22 yo’nalishdan iborat. Ishlab chiqarish sohalarining yoki insonlar guruhining mo’jizakor, mukammal va hayratomuz ko’rinishga ega bo’lgan mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o’ziga jalb qilishi turizm sohasini keltirib chiqardi, sohadagi turlarning ko’payib borayotganligi ham ana shu omillarga bog’liq.
Kurs ishining vazifalari va maqsadlari. Turizmdagi turlarni aniqlash va sayohat turlari bo’yicha turizm sohasini rivojlantirishdagi ahamiyatini belgilashdan iborat. Mamlakatimizning turistik salohiyatidan turizm maqsadi uchun oqilona foydalanish lozimligini ko’rsatib berish.
Qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar bajarilishi lozim deb o’ylayman:
Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha sifatida kirib keldi. Butunjaxon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo‘yicha dunyoda ishlab chiqarish va servis oborotining 10 % i turizmga to‘g‘ri kelmoqda. Keyingi 20 yil ichida xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi bilan e’tiborlidir. Ya’ni turistik xizmatlarning eksporti 8 % ga o‘sib jahon bo‘yicha umumiy xizmatlar savdosining 30-35 % ini tashkil kilmokda. Butunjaxon turizm tashkilotining «Turizm-2020 yilgacha» mavzusidagi statistik ma’ruzasida 2020-yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd kishini tashkil qilib, turizmdan olinadigan foyda 2 trln AQSH dollarigacha yetadi. Turistik oqimning turg‘un ravishda o‘sishi har yili 3-5 % gacha ko‘payadi deya takidlaydi. Nufuzli olimlarning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston davlatchiligining shakllanish tarixi miloddan avvalgi ikki minginchi yillardan boshlangan va 3,5 ming yildan ziyod davrni qamrab oladi. Ko‘hna Rim va Bobilning tengdoshi hisoblangan, o‘rta asrlar ilm-fani, san’ati va madaniyatining yirik markazlari sifatida dunyoga dong taratgan va YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlari bu zaminda qadimgi davlatchilikning shakllanish va rivojlanish markazlari bo‘lib kelgan. E’tibor berish lozimki mehmonxona xo‘jaligining rahbarlari yoki menejerlari bilan turistlar deyarli uchrashmaydilar va muloqotda ham bo‘lishmaydi. Turistlarga ularni qabul qilishdan tortib to kuzatguncha: joylashtirish xizmatlari, restoran-ovqatlantirish xizmatlari, xonalardagi xizmatlar va qo‘shimcha xizmatlarni barchasini mehmonxona xodimlari bajarishadi. Shunday ekan bu sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim, malaka va ko‘nikmalari yuqori darajada bo‘lishi lozim bo‘ladi. Turizmni tashkil etish tarkibiy qisimlaridan birinchilaridan turistlarni mehmonxonalarga joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish, hamda ovqatlantirishni tashkillashtirish, davlat xizmatlaridan esa bu sohaga kadrlar tayyorlash, turli havo-suv-daryo portlari, madaniy vaqtichog‘lik ishlari, sayohat qilish va boshqa tarmoq sohalarini rivojlantirish asosiy ishlardan hisoblanadi va bularning natijasida mamlakatimizda valyuta almashtirish, aholining turli xizmat sohalarida bandligi, turli investitsiyalar jalb etilishi va natijada davlat daromadi ko‘payib, milliy boyligi ortishi ko‘zda tutiladi. Shunday ekan, bugungi kunda mamlakatimizda mehmonxona biznesini rivojlantirish hamda ulardagi xizmatlar samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Tayanch so‘z va iboralar: «ekskursiya» tushunchasi, ekskursiya xizmati va uning vazifalari, ekskursant, ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida, bevosita va bilvosita muloqot, ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida, pedagogika, psixologiya, gidning pedagogik mahorati.




  1. Yüklə 122,72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə