Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə8/10
tarix19.03.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#84571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Amaliy mashg\'ulot

Bo‘yin umurtqasi (vertebrae cervicales) 7 dona bo‘lib, yuqoridagi birinchi va ikkinchi umurtqalar boshqa beshta bo‘yin umurtqalaridan tuzilishi bo‘yicha ancha farq qiladi.

Shuning uchun I, II bo‘yin umurtqalari tuzilishiga quyida to‘xtalib o‘tamiz. Qolgan beshtasi boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo‘yin umurtqalarining tana (corpus vertebrae)lari kichkina ko‘ndalang oval shaklda bo‘lib, umurtqa teshigi (foramen vertebrale) katta burchak shaklida tuzilgan. Ko‘ndalang o‘siq (processus tranversus)larning oldingi tomoniga embrion o‘sishi davridagi qovurg‘a qoldiqlari yopishib, ko‘ndalang o‘siq teshigi (foramen processus tranversus)ni hosil qiladi. Shuning uchun ko‘ndalang o‘siqlar ko‘ndalang qovurg‘a o‘siqlar (processus costotransversarius BNA) deb ham ataladi. Bu o‘siqlarning uchlari ko‘pincha ikkita do‘mboqqa bo‘linadi.

VI umurtqaning oldingi do‘mbog‘i oldidan uyqu arteriyasi o‘tganligi uchun uyqu do‘mbog‘i (tuberculum caroticum) deb ataladi. Arteriya jarohatlanganda shu do‘mboqchadagi qon tomirni bosib qon to‘xtatiladi. Ko‘ndalang o‘simtalarda paydo bo‘lgan barcha teshikchalar yig‘indisi umurtqa arteriyasi kanali (canalis a. vertebralis) ni hosil qiladi. Bu kanaldan shu nomli arteriya o‘tadi.

II–V bo‘yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o‘tkir qirrali o‘siq (processus spinosus) lar kalta va uchi ayri (VI–VII umurtqalar bundan mustasno) bo‘ladi. VII umurtqaning orqa o‘sig‘i boshqa bo‘g‘im umurtqalariga nisbatan uzun vayo‘g‘on bo‘lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqa turtib chiqqan umurtqa (vertebra prominens ) deyiladi.

Birinchi bo‘yin umurtqasi – atlant (atlas) ning tanasi takomil etish davrida ikkinchi umurtqaga o‘tib tishsimon o‘siqni hosil qiladi. Natijada uning tanasi o‘rniga oldingi ravog‘i (arcus anterior) vujudga kelib, umurtqa teshigi (foramen vertebrale) esa kengaygan. Oldingi ravoqning old tomonida oldingi do‘mboq (tuberculum anterius) joylashgan. Ravoqning ichki yuzasida esa II bo‘yin umurtqasining tishsimon o‘sig‘i joylashadigan chuqurcha (fovea dentis) bor. Orqa ravog‘i (arcus posterior) da o‘tkir qirrali o‘siq qoldig‘i – kichkina do‘mboq (tuberculum posterius) paydo bo‘lgan. Umurtqaning yonbosh qismi (massae laterales), oldingi va orqa ravoqlarining qo‘shilib joylashgan yonbosh qismining yuqori va pastki yuzalarida bo‘g‘im chuqurchalari (foveae articulares superiores et inferiores) ko‘rinadi. Yuqori bo‘g‘im yuzasi oval shaklli bo‘lib, ensa suyagidagi do‘ngsimon o‘siq bo‘g‘im yuzasi bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi. Massae laterales ning orqasida umurtqa arteriya egati (sulci a.vertebrales) bor.

Bo‘yinning II umurtqasi (axis – o‘qli) tishsimon o‘siq yoki tish (dens)ning bo‘lishi bilan boshqa hamma umurtqalardan ajralib turadi. Ikkinchi umurtqa tishi birinchi umurtqa ravog‘ining ichki tomonida bo‘g‘im yuzasi (facies articularis anterior) bilan birlashib turishi kallaning har tomonga burilishiga imkon tug‘diradi. Tishsimon o‘siq silindrsimon shaklli bo‘lib, uning uchi (apex) bor. O‘siqning oldingi yuzasida joylashgan bo‘g‘im yuzasi (facies articularis anterior) atlantning oldingi ravog‘ining ichki yuzasidan bo‘g‘im chuqurchasi (fovea dentis) bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shilsa, dentis ning orqa bo‘g‘im yuzasi (facies articularis posterior) esa atlantning ko‘ndalang joylashgan boylami bilan qo‘shiladi. Axis ning ikki yonboshida joylashgan yuqori bo‘g‘im yuzasi (facies articularis superior) atlantning pastki bo‘g‘im chuqurchasi bilan, pastki bo‘g‘im yuzasi (facies articularis inferior) esa uchinchi bo‘g‘im umurtqasining yuqori bo‘g‘im yuzasi bilan qo‘shiladi.

Odam umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi (ko‘krak umurtqalari – vertebrae thoracicae) 12 dona. Tuzilishiga qarab boshqa umurtqalarga nisbatan namuna qilib olinsa bo‘ladi.




Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə