Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə10/10
tarix19.03.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#84571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Amaliy mashg\'ulot

Bel umurtqalari (vertebrae lumbales) 5 dona , umurtqalarga gavda og‘irligi tushganligi sababli, uning tanasi (corpus vertebrae) kattalashgan buyrak shakliga o‘xshash bo‘ladi, uning teshigi katta va uchburchak shaklidadir. Ko‘ndalang o‘sig‘i (processus transversus) deyarli frontal vaziyatda bo‘lib, uchi orqaga qarab turadi. O‘tkir qirrali o‘siq (processus spinosus) harakatchan bo‘lganidan to‘ppa-to‘g‘ri orqaga qarab turadi. Tepa bo‘g‘im o‘siqlari (processus articularis superior)ning bo‘g‘im yuzalari (facies articularis superior) medial tomonga, pastki bo‘g‘im o‘siqlari (processus articularis inferior) yuzalari (facies articularis inferior) tashqariga qaragan bo‘ladi. Tepa bo‘g‘im o‘sig‘ining orqasida kichkina so‘rg‘ichsimon do‘mboq (processus mamillaris) joylashgan.

Dumg‘aza umurtqalari (vertebrae sacrales) 5 dona bo‘lib, 17–25 yoshlarda o‘zaro qo‘shilib, bitta butun dumg‘aza suyagi (os sacrum)ni vujudga keltiradi. Bu ham odamning vertikal holatga o‘tishi bilan gavda og‘irligining dumg‘aza umurtqalariga tushishi natijasida hosil bo‘lgan. Dumg‘aza suyagi uchburchak shaklida bo‘lib, serbar qismi tubi (asosi – basis ossis sacri) bor. Uning ikki yonboshida esa tepa bo‘g‘im o‘sig‘i (processus articularis superior), pastga va oldinga qaragan uchi (apex ossis sacri) bor. Dumg‘aza suyagi tubi bilan beshinchi bel umurtqasining tanasiga birlashadi. Dumg‘aza suyagining oldingi chanoq yuzasi (facies pelvina) tekis va yoysimon bukilgan bo‘lib, to‘rtta oldingi teshiklar (foramina sacralia pelvina) va ko‘ndalang joylashgan chiziq (lineae transversae) lar ko‘rinib turadi.





Dumg‘azaning orqa yuzasi g‘adir-budur bo‘rtib chiqqan bo‘lib, u umurtqa o‘siqlarining o‘zaro suyaklanib ketishidan 5 ta qirra va dumg‘azaning orqa to‘rtta teshiklari (foramina sacralia dorsalia) ni hosil qiladi. Jumladan, o‘tkir qirrali o‘siqlarning birlashishidan dumg‘azaning o‘rta qirrasi (crista sacralis mediana), bo‘g‘im o‘siqlarining birlashishidan oraliq qirrasi (crista sacralis intermediana – orqa teshiklarning tashqi tomonida joylashgan) ko‘rinadi. Nihoyat, umurtqalarning ko‘ndalang o‘siq qoldiqlari yig‘indisidan dumg‘aza suyagi orqa yuzasining eng chetida joylashgan lateral qirra (crista sacralis lateralis) lari ko‘rinadi. Qirralardan tashqariroqda muskullar yopishadigan dumg‘aza g‘adir-buduri (tuberositas sacralis) joylashgan. O‘siqlarning qovurg‘a qoldiqlari bilan o‘zaro qo‘shilib ketishidan paydo bo‘lgan dumg‘aza tubining yon qismi (partes lateralis) quloqsimon yuza (facies auricularis) bo‘lib, chanoq suyagining ana shunday yuzasi bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shilib turadi (Chanoq suyaklarining birlashuviga qaralsin). Dumg‘aza umurtqalari teshiklari o‘zaro qo‘shilib dumg‘aza kanali (canalis sacralis)ni hosil qiladi. Dumg‘aza kanalining pastki teshigi (hiatus sacralis) ikkala tomonidan chiqib turadigan o‘siqchalar (cornu sacrale) ni hosil qiladi. Ayollarning dumg‘aza suyagi kengroq, kaltaroq va kamroq bukilgan bo‘lishi bilan erkaklar dumg‘azasidan ajralib turadi.

Dum umurtqalari (vertebrae coccygeae) 4–5 dona bo‘lib, odamda qoldiq (rudiment) umurtqalardan iborat. Bular o‘rta yashar odamlarda suyaklanib, dum suyagi (os coccygis)ni vujudga keltiradi. Birinchi dum umurtqasida tanasidan tashqari, uning ikki yonboshida bir juft shoxchasi (cornu coccygeum) ko‘rinadi.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə