Mavzu: umumxalq leksikazsiga kirgan san’atshunoslik terminlari



Yüklə 137,79 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü137,79 Kb.
#137431
1   2
uzbek tili

Rassomlik san’ati. Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh asridagi g’orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko’rish mumkin.Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtayi nazardan mo’yqalam va bo’yoqlar vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Buning yorqin misoli sifatida istedodli o’zbek rassomi V. Oxunovning “ Tashlandiq odam” asarini ko’rsatish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo’yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan kunda bir olam, bosh o’zi bir olam. Diqqat bilan kuzatsangiz, qaysi rakursdan qaramang, kundaga qo’yilgan olamni ko’rasiz va ekzistensiyachilar ta’biri todingizga tushadi, o’z holiga tashlab qo’yilgan olamdagi tashlandiq odam. Tasvirning nochiziqligi, ranglarning kontrastlikka asoslangan tarzda qorishuvi, ko’zi yumilgan bosh va hilpirashini xohlagan, lekin hilpirashga majoli yo’q sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojiaviylik ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz, seskanganingizni ham, ho’rsinganingizni ham sezmay qolasiz.



  • Xattotlik.- Yozma adabiyotning keng yoyilishi bir tomondan, badihago’ylik ravnaqiga chek qo’ygan bo’lsa, ikkinchi tomondan yangi san’at turi xattotlikni vujudga keltirdi.Xattotlik Xitoy, Yaponiya, Suriya va musulmon mintaqasida va Ovro’pada keng yoyildi, dastlab unga qimmatbaho kitoblarni chiroyli yozuv bilan ko’chirib ko’paytirish turi sifatida qaralgan. Keyinchalik u mustaqil san’at turiga aylandi. Xattotlik quroli sifatida musulmon Sharqida qamish qalam, Budda Sharqida mo’yqalam, Ovro’pada- patqalam qo’llanilgan. Xattotlikda harf yoki iyeroglif ham aniq, ham chiroyli yozilishi bilan go’zallikni namoyon etadi. Har bir xattot san’atkor sifatida o’z yozish uslubiga ega bo’lgan. Bizning mintaqamizda ushbu san’at tufayli arab yozuvining turli xil go’zallashgan ko’rinishi vujudga keldi. Nasta’liq, nasx, suls, kufiy, rayhoniy va boshqalar shular jumlasidandir.

  • Xattotlik san’ati kitobat, ya’ni kitobni o’quvchiga go’zal shaklda yetkazish bilan bog’liq. Shu bois bosma tarzda kitob chop etish vujudga kelgach, xattotlikka ehtiyoj qolmadi va tez orada u san’at sifatida faollikni yo’qotib, tarixga aylandi.

Haykaltaroshlik- monumental san’at. Eng qadimgi, ibtidoiy davrlardan boshlab hozirgacha haykaltaroshlik o’z mavqei yo’qotmay kelayotgan san’at turlaridan biri. Bu san’atning asosida faqat oniy, bir lahzalik san’at tasviri yotadi. Haykaltarosh tomonida ana shu eng muhim harakatini topish hamda unga mos nur va soyani tanlash yuksak iate’dodni talab qiladi.Haykaltaroshlik monumental san’at deyiladi. Chunki ko’pincha u katta hajmli haykallar yoki majmualarni o’z ichiga oladi. Ayni paytda uning kichik hajmdagi va har biri o’ziga xos bo’lgan holda muayyan yuzalikda shakllar uyg’unligini tashkil etadigan ko’rinishlari ham mavjud. Haykaltaroshlikning birinchi hiliga alohida makonni egallagan va har xil resursda tomosha qilish mumkin bo’lgan asarlar kiradi.

Ma’naviyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, ta-riximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz. Mening nazarimda, «ma’naviyat» tushunchasi jamiyat hayotidagi g’oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o’zida to’la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi «ma’naviyat» tushunchasi orqali ifoda etish mumkin

Epizod (Yun. - qo'shimcha) - I) voqea, hodisa; II) Epik, liroepik va Dramatik asar syujetidagi Asosiy harakatning ma'lum ir bo'lagi, yakunlangan muayyan qismi. E.ning mazmunmohiyati, vazifasi asarning umumiy syujet tizimi rivoji Bilan bog'liq. Asarda badiiy yuk tashuvchi Asosiy va-ularni ir biriga ulashga xizmat qiladigan yordamchi E.lar bo'ladi. Asosiy E.lar qahramon xarakterini ochish, asar syujeti rivojini ta'minlashda hal qiluvchi o'rin tutsa, yordamchi E.lar asardagi Asosiy E.larni birbiriga bog'lab, syujet chizig'ida yaxlitlik, ir butunlikni vujudga keltiradi.E.lar miqdori asar hajmi va uning Janr xususiyatlarini belgilayd



Gravyura (frans. Gravure, gravior - o'yish) - biror qattiq, metallici, yog'och va b. yuzasiga o'yib Tasvir ishlash san'ati, Nonacris, grafika. Shu usulda ishlangan asar va undan Bosma usulida ko'chirilgan nusxa G. deb ataladi Cham. Paginae Zamin tasvirdan asboblar yoki kimyoviy vositalar yordamida o'yib (2-5 mm) chuqurlashtiriladi ', shu tarzda bo'rtma Tasvir hosil qilinadi, pu usul ko'proq yog'och (ksilografiya) va linoleum (linogravyura) m foydalanilganda qo'llaniladi; Tasvir zamindan chuqurlashtirilib o'yma Tasvir hosil qilinadi, pu usul asosan Metall (cohaerens, jez, Liliana va b.) plastinalardan foydalanilganda (G.ning birbiridan farq qiluvchi akvatinta, messotinto, ofort, quruq igna va b. turlarida) qo'llaniladi. G. xii bo'yokda ir, shuningdek, turli rangdagi bo'yoqlarda bo'yalishi, undan ko'plab nusxa ko'chirilishi, ifoda imkoniyatlarining kengligi Bilan ahamiyatlidir. Mustaqil ahamiyatga ega bo'lgan dastgoh G.si (estamp) va kitob, Gazeta, jurnallarda bezak (illyustratsiya) vazifasini o'taydigan kitob G.si keng rivojlangan. G.ning vujudga kelishi va rivoji hunarmandlikning taraqqiyoti Bilan bog'liq: yog'och G. matolarni bo'yash, gul bosishda, G. Metall zargarlikda qadimdan keng qo'llanilgan esa. Dastlab Xitoyda qog'ozga ko'chirish G. (6-7-asrlar) paydo bo'lgan: 14-15 Yevropada, asrlarda rivojlangan (qo'lda bo'yalgan diniy mazmundagi G.lar monastirlarda sotilgan). XVI-Rossiyada asrdan ma'lum bo'lgan. Rembrandt, F. Nocte Diei Goyya: I. Vos. Repin va b. mashhur san'atkorlar G.ning ajoyib namunalarini yaratgan.
Yüklə 137,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə