Mavzu: ustama xarajatlari hisobi mavzu rejasi



Yüklə 20,33 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü20,33 Kb.
#108200

Mavzu:USTAMA XARAJATLARI HISOBI
Mavzu rejasi:
1. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha.
2. Xarajatlarni hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy asoslari.
3. Xarajatlarni guruhlanishi.
4.Egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi.
5. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari.
6. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi.
Xarajat - bu moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚ daromadlar va xarajatlar konsepsiyasiga ko‘ra‚ shu davrning o‘zida daromad keltirishi kerak. Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «Xarajatlar - aktivlarni qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarni kamayishi, shuningdek daromadlarni olishga oid xo‘jalik sub’ektni odatiy faoliyati natijasida majburiyatlarni paydo bo‘lishidir» 1 Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: - iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash; - chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; - ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; - sub’ektning tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash; - uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni 1 1-сон БҲМС Ҳисоб сиёсати ва молиявий ҳисобот. o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir. Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to‘lov qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi oldida quyidagi vazifalar turadi: - korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘laligicha hisobga olish; - xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob varaqalarida hamda hisobot shakllarida to‘g‘ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash. Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki, toki uning asosida eng to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo‘lsin. Bu sohadagi xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi holatda shakllantirishi kerak: - xarajatlarni ularni paydo bo‘lish joylari bo‘yicha hisobga olish; - xarajatlar hisobini javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha tashkil qilish; - xarajatlarni ularni paydo qilgan ob’ektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni alohida mahsulot turlari bo‘yicha jamlab berish. Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi. Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo‘lish joylari va javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi. Demak, xarajatlarni hisobga olishning quyidagi vazifalarini ham sanab o‘tishimiz kerak ekan: - alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash; - alohida mahsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotni shakllantirib berish; - korxonaning ishlab chiqarishdan tashqari barcha boshqaruv xarajatlarining tahliliy ma’lumotlarini yig‘ib berish va ularning talqinini amalga oshirish. 2. Xarajatlarni hisobini tashkil qilishning xuquqiy-me’yoriy asoslari. 3. Xarajatlarni guruhlanishi. Xarajatlar hisobi buxgalteriya hisobi vazifalaridan kelib chiqib quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlanadi: Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi Guruhlanish turi Xarajat turlari Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy o‘rniga qarab Asosiy va doimiy Tarkibiga qarab Kompleks va bir elementli Tannarxga o‘tkazish usuliga qarab To‘g‘ri va egri Ishlab chiqarish hajmiga qarab O‘zgaruvchan va o‘zgarmas Yuzaga kelishiga qarab Doimiy va bir vaqtli Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab Ishlab chiqarish va tijorat Samaradorlikka qarab Samarali va samarasiz Xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab qo‘yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo‘linib hisobga olinishi belgilangan: 1. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; 2. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha hamda favqulodda xarajatlar alohida hisobga olinadi. Xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab qo‘yilgan. “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида. 2016 йил 13 апрель. № ЎРҚ404. «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби тўғрисида»ги 54- сонли Низом. 1999 йил 5 февраль. «Қарзлар бўйича харажатлар» номли 24-сон БҲМС. «Хўжалик юритувчи субъектларнинг молия хўжалик фаолияти бухгалтерия ҳисоби счётлар режаси ва уни қўллаш бўйича Йўриқнома» 21-БҲМС. Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a) bevosita va bilvosita material xarajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari; v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita o‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig‘ib-taqsimlovchi hisobvaraqlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyatsiya qilishda, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan qo‘shiladigan xarajatlarga aytiladi. 2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar): a) mahsulot sotish xarajatlari; b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari; v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar; 3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar: a) foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar; b) xorijiy valyuta bilan operatsiyalar bo‘yicha kurslardagi salbiy farqlar; v) qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash natijasidagi zararlar; g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar; 4. Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan boG‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Yuqoridagi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: - ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); • Молиявий фаолият бўйича харажатлар • Фавқулодда харажатлар • Давр харажатлари • таннархига киритиладиган харажатлар 2010 9400 9720 9600 - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; - ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; - asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. 4.Egri va to‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi. 5. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari. Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) mahsulotning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar. Эгри харажатлар маҳсулотнинг айрим турлари таннархига тўғридан-тўғри, яъни бевосита ўтказиладиган харажатларга айтилади Тўғри харажатлар ҳисобот ойи давомида йиғибтақсимловчи ҳисобварақларда ҳисобга олиниб, таннархни калькуляция қилишда, маҳсулотнинг айрим турлари таннархига биронбир кўрсаткичга мутаносиб равишда тақсимлаш йўли билан қўшиладиган харажатларга айтилади. Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulot (mahsulot (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash usullari ularning turi, mahsulot ishlab chiqarish xili, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarish mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, mahsulot nomenklaturasiga bog‘liqdir. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtma, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo‘llaniladi. Tannarxni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega bo‘lmagan tashkilotlarda qo‘llaniladi. Ushbu usul qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi. Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xom ashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishga asoslangan. Me’yornomalar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan ko‘rib chiqiladi. Tannarxni aniqlashning buyurtma usuli ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot (ish, xizmat) (bir xildagi mahsulotlar guruhi)ga doir alohida buyurtmalar bo‘yicha identifikatsiyalanadigan va hisobga olinadigan yakka tartibda gi va mayda turkumli ishlab chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanadi. Buyurtmaning ob’ekti bo‘lib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruksiyalarga ega bo‘lgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin. Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga qadar to‘laligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi. 4-сонли БҲМСга мувофиқ таннархни калькуляция қилиш усуллари Оддий усул Меъёр ий усул Буюрт мали усул Босқи чли усул Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma bo‘yicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Agar ushbu buyurtma bir xildagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat bo‘lsa, mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi mazkur buyurtma bo‘yicha xarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi. Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shartsharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning tannarxi bo‘yicha baholanadi. Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlang‘ich xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pog‘onalardan o‘tadigan tashkilotlarda qo‘llanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi, so‘ngra uning birligi tannarxi aniqlanadi. Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bog‘liq holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda. Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi qamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxi va mazkur bosqich bo‘yicha xarajatlardan iborat bo‘ladi. Oxirgi bosqich mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hamdir. Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxigina hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ning tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich bo‘yicha alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar bo‘yicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi. Bir texnologik jarayonda bitta xom ashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har biri o‘zining sotish narxiga ega bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi. Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar), sotish qiymati asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga qaraganda juda past bo‘lgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi. Qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar)dan birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiyalash mumkin emas. 6. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi. Xo‘jalik sub’ektlarining ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan har bir muomalaning buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi schyotlar guruhidan foydalaniladi: o 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»; o 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»; o 2510-«Umumishlab chiqarish»; o 2610-«Ishlab chiqarishdagi brak»; o 3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi»; o 3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi»; o 3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari»; o 8910-«Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervi». Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:  mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari;  qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo‘yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;  xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari;  ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari;  avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo‘yicha yo‘l xo‘jaliklari. Ushbu schyotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. 7. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va ularni hisobni tashkil qilish. Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. Yordamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi: - turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; - transport xizmatini ko‘rsatish; - asosiy vositalarni ta’mirlash; - instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish; - yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; - qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash. yordamchi ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 2310-«yordamchi ishlab chiqarish» hisobvaraq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. 2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi: 0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga; 1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan material summasiga; 1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida; 2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida; 2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida; 3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida; 6710 - hisobvaraq - ishchilarga ish haqi hisoblanganida; 6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy suG‘urtaga va davlat maqsadli fondlariga ajratma hisoblanganida; 4730-hisobvaraq - moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida. yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi: - yukxatlar - omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdori ko‘rsatilgan holda; - ta’mirlangan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi - bajarilgan va topshirilgan ishlar hajmiga; - marshrut varaqalar - yuk avtomobillari tomonidan tashilgan yuk hajmiga. 2310-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi: 1010, 1070, 1090 - hisobvaraqlar ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va ishlab chiqarishdan qaytgan chiqitlar kirimga olinganida; 2610 - tuzatib bo‘lmaydigan brakning hisobdan chiqishi; 2810 - hisobvaraq - yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim qilinishi; 5910-hisobvaraq - kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi. 9110, 9130-hisobvaraqlar - chetga jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; 9210, 9220 - hisobvaraqlar - asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga; 9410 - hisobvaraq - mahsulot sotishga ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatlarini hisobdan chiqarishga. Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari har bir sex bo‘yicha alohida tuziladigan 12- qaydnomada yuritiladi. 8. Umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning taqsimlanishi hisobi. Umumishlab chiqarish xarajatlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan boG‘liq xarajatlardir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat: - mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; - ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; - ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; - ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari; - isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari; - ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari; - ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi; - ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510- hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi.
Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə