Mavzu: Voleybolchilarga to’pni boshqarish texnikasini o’rgatish reja


«Turli balandlikda osilgan to’plarga sakrab zarba ber»



Yüklə 113,06 Kb.
səhifə10/12
tarix12.06.2022
ölçüsü113,06 Kb.
#89391
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi AF

3
. «Turli balandlikda osilgan to’plarga sakrab zarba ber».

O’yin mazmuni: Ishtirokchilar 3-4 metr oralig’ida bir kolonna bo’lib, sekin yuguradilar va har hil balandlikda osilgan to’plarga zarba beradilar.
3-rasm.


5-9 sinf o’quvchilariga texnik tayyorgarlikni shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi voleybol trenerlari nigohida
E’tiboringizga xavola etilayotgan malakaviy bitiruv ishning maqsadi yosh voleybolchilar texnik tayyorgarligini shakllantirishida harakatli o’yinlarning ahamiyatini aniqlash bo’yicha trenerlarning fikrini o’rgatishdan iborat.
Buning uchun o’rta maktab va kolledjlarda voleybol bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan trenerlar fikri o’rganildi.
Ushbu trenerlar 1 jadvalda qayd etilgan 10 savolga javob berishlari kerak edi.
O’tkazilgan savol-javob natijalari shuni ko’rsatdiki, 1 savolga:
«Voleybol texnikasiga o’rgatishda harakatli o’yinlar qo’l keladimi?» - 16 nafar trener «Ha», 7 nafar «Yo’q» va 7 nafar «Bilmayman» - deb javob qaytarishdi.
3-jadval
«Voleybolchilar texnik tayyorgarligini shakllantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish samaradorligi voleybol trenerlari nigohida» mavzusi bo’yicha o’tkazilgan
SO’ROVNOMA NATIJALARI n30



Savollar

Javoblar

Ha

Yo’q

Bilmayman

1

Voleybol texnikasiga o’rgatishda harakatli o’yinlar ko’l keladimi?

16

7

7

2

Texnik maxoratni shakllantirishda harakatli o’yinlar foydalimi?

8

10

12

3

Texnik tayyorgarlik darajasini oshirishda yuklama nuqtan nazaridan harakatli o’yinlar samarali desa bo’ladimi?

11

9

10

4

Voleybolga o’rgatishda harakatli o’yinlarni moslashtirib qo’llash ma’qulmi?

18

8

4

5

To’p uzatish texnikasiga o’rgatishda qo’llaniiladigan harakatli o’yinlarni bilasizmi?

8

10

12

6

Voleybolchini harakat holatlari va maydon uzra harakatlanishini shakllantiruvchi harakatli o’yinlarni bilasizmi ?

22

5

3

7

To’p kiritish texnikasini shakllantiruvchi harakatli o’yinlarni bilasizmi ?

6

15

9

8

Zarba berish texnikasini shakllantiruvchi harakatli o’yinlarni bilasizmi ?

12

7

11

9

To’siq qo’yish texnikasini shakllantiruvchi harakatli o’yinlarni bilasizmi ?

9

14

7

10

Trenirovka mashg’uloti davomida Siz charchoqni bartaraf etuvchi harakatli o’yinlar dan foydalanasizmi ?

7

17

6




JAMI

117

102

81

2-SAVOLGA – “ Texnik maxoratni shakllantirishda harakatli o’yinlar foydalimi?” – respondent trenerlarning fikri ikkita farq bilan deyarli bir hil darajani tashkil etdi.
“Xa” javobi 8 ovozni, “yo’q” – 10, “bilmayman” – 12 ovozni qayd etdi.
E’tirof etish o’rinliki, trenerlar nigohiga havola etilgan bu ikkita savol o’z mohiyati bilan bir-biridan aytarli katta faqr qilmaydi. Ma’lumki, texnik mahoratni shakllantirish texnik malakalarga o’rgatish orqali amalga oshiriladi. SHunday ekan trenerlarning bu ikki bir-biriga mohiyati bo’yicha uzviy bog’liq savolllarga keskin farq bilan javob berishlari harakatli o’yinlarlarning sport turlariga, jumladan voleybolga o’rgatish jarayonida qo’yilanish imkoniyatlari, ularning samarali ta’siri shu trenerlarning faoliyatidan mustahkam o’rin olmaganligida dalolat beradi.
Voleybol nazariyasi va uslubiyatiga oid ilmiy ma’lumotlarga e’tibor berilsa shu narsa ravshan bo’ladiki trenirovka mashg’uloti jarayonida, jumladan texnik tayyorgarlikni shakllantirishda harakatli o’yinlarlar nafaqat samarali vosita sifatida tan olingan, balki ular ixtisoslashgan standart, katta xajmli yoki katta shiddatli nagruzkalar ta’sirini yongillashtiruvchi vosita bo’lib xizmat qilishi e’tirof etilgan. SHuning uchun mazkur masala buyicha trenerlar fikrini bilish muximligi “Texnik tayyorgarlik darajasini oshirishda yuklama nuqtai nazaridan harakatli o’yinlarlar samarali desa bo’ladimi ?” degan savolni o’rtaga tashlash ehtiyojini tug’dirdi. Bu savlga trener – resondentlar qo’yidagiga javob berishdi: “Ha” – 11 ovoz, “Yo’q” – 9 ovoz, “Bilmayman” – javod 10 ovozni tashkil etdi. E’tibor bering, bu savol bo’yicha ham trenerlar fikrida yakdillik yo’q. Demak, so’rovnomada ishtirok etgan trenerlar texnik malakalarga o’rgatuvchi maxsus ixtisoslashtirilgan mashqlar nagruzkasi bilan harakatli o’yinlarlar asosida beriladigan nagruzka farqini anik tasavvur eta olmas ekanlar.
“Voleybolga o’rgatishda harakatli o’yinlarlarni maslashtirib qo’llash ma’qulmi ?” degan savolga aksariyat respondentlar “Ha” (18 ovoz) deb javob berishdi. 8 respondent “Yo’q”va 4 respondent “Bilmayman” degan fikrni bildirdi.
“To’p uzatish texnikasiga o’rgatishda qo’llaniiladigan harakatli o’yinlarni bilasizmi ?” degan savolga trenerlar bir tomonlama aniq ijobiy fikr bildira olishmadi. Bunda “Ha” javobi 8 ovoz, “Yo’q” javobi 10 ovoz va “Bilmayman” javobi 12 ovozni tashkil etdi.
7.8 va 9 savollar yuzasidan berilgan javoblar ham qoniqarli emas (... jadvalga qarang). Faqat bunday savollar ichida 6 savol mustasno. CHunonchi, 6 savol:
“Voleybolchini harakat holatlari va maydon uzra harakatlanishini shakllantiruvchi harakatli o’yinlarni bilasizmi?” – nisbatan ijobiy javoblar yig’indisini ko’rsatdi. Bu savolga 22 nafar respondent “Ha” degan ovoz bildirdi.
SHu bilan bir qatorda trenirovka jarayonida o’ta ahamiyatli o’rin egallovchi “nagruzka, charchash” va “ish qobiliyatini tiklanishi” masalalari haqida trenerlar fikrini bilish shu muamollarga kerakli aniqliklarni kiritish imkoniyatini yaratadi. Aynan shu maksadda bizning so’rovnomamizda ishtirok etgan trenerlarga shunday savol bilan murojaat etgan edik.
“Trenirovka mashg’uloti davomida Siz charchoqni bartaraf etuvchi harakatli o’yinlarlaran foydalanasizmi?”. Bu savol aksariyat salbiy ovozlar yig’indisini namoyish etdi, ya’ni trenerlarning 17 nafari “Yo’q” javobini qayd etishdi.
Yuqorida qayd etilgan savollarga berilga javoblar shuni ko’rsatadiki, respondent trenerlarning asosiy qismi o’rgatish va trenirovka jarayonlariga oid muhim va dolzarb masalalarga professional derajada fikr bildira olmadilar.
Ushbu trenirovkaning ish faoliyati va pedagogik tajribasi taxlil etilganda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ularning ko’pchiligi 5,6 hatto 10 yillar davomida o’z malakalarini eshirmagan ekanlar. Lekin shunday bo’lsada sport trenirovkasi jarayonida harakatli o’yinlarlarning qo’llanilishi, ularning afzalligi va samaradorligi azaldan ilmiy – uslubiy jixatdan isbotlar berilgan.
Demak, bunday ilmiy natijalarni har bir sport turi xususiyatlariga qarab qullash, o’rgatish va trenirovka jarayonlarining samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi aniqdir.
Sport texnikasiga o’rgatish jarayonida texnik mahoratning shakllanishi maslashtirilgan harakatli o’yinlarni qo’llashga bog’liqligi ilmiy adabiyotlarda isbotlangan (32). Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, harakatli o’yinlar nafakat jismoniy sifatlarni shakllantirishi imkoniyatini yaratadi, balki bunday o’yinlar, aniq mo’ljalga olish, aniq harakat va diqqat kabi xislatlarni ham samarali rivojlantirishi mumkin ekan.
Voleybol bo’yicha yetakchi mutaxasis-olimlar (10, 32) voleybol texnikasiga o’rgatishda shu texnik malakalar harakatiga yaqin bo’lgan harakatli o’yinlari qo’llash ijobiy natija berishini isbotlab berganlar.
Bizning tadqiqotimizda oolingan natijalar ham yuqorida qayd etilgan mutaxasislar fikrlarini ob’ektiv ekanligidan dalolat berdi. CHunanchi, jadvalda ushbu tadqiqot natijalari aks ettirilgan. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tajribadan avval nazorat turuhida 3 metrdan turib 4 m balandda joylashgan (devorda) diametri 30 sm aylana nishonga 10 marta to’pni aniq uzatish 5,2 martaga teng bo’ldi.
Tajriba guruhidagi yosh voleybolchilarning ko’rsatgichi ham deyarli shu darajada ekanligi qayd etildi (5,3).
Uzatish texnikasi nazorat guruxida 3,2 tadqiqot guruhida esa bu mezon 3,4 ni tashkil etdi. Demak, tadqiqot boshlanmasdan oldin bolalarning texnik tayyorgarligi deyarli bir xil bo’lgan.
8 oy mobaynida o’tkazilgan pedagogik tajriba o’tkazildi – ya’ni shu muddat davomida nazorat guruhi an’anaviy mazmundagi mashg’ulotlar bilan band bo’lgan, tadqiqot guruhi esa mashg’ulotlar tarkibida to’p uzatish va zarba berish texnikasini shakllantiruvchi harakatli o’yinlarni muntazam bajarib kelishgan.

Yüklə 113,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə