Mavzu: voleyboldan o'quv mashg'ulot guruhlarida o'quv sport mashg'ulotlarini rejalashtirish reja: kirish


Mashg‘ulotni ko‘p yillik rejalashtirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə3/15
tarix14.04.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#105503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
VOLEYBOLDAN O\'QUV MASHG\'ULOT GURUHLARIDA O\'QUV SPORT MASHG\'ULOTLARINI REJALASHTIRISH

1.2 Mashg‘ulotni ko‘p yillik rejalashtirish


Sportchilarni tayyorlashning ko‘p yillik rejasi 2–3 va undan ko‘p yilga mo‘ljallanib, sportchilarning yoshi, tayyorgarligi, sport staji va boshqa omillariga qarab tuzib chiqiladi. Ko‘p yillik reja ishlab chiqishda quyidagilar asos bo‘ladi: yuqori natijalarga erishish uchun tayyorgarlikning davomiyligi, sportchilarning optimal yoshi, individual xususiyatlari, moddiy-texnik ta’minoti va boshqa omillar.
Har bir sport turida sport ustasi normasi (me’yori)ni bajarish muddati u qaysi sport turi ekanligiga bog‘liq. Masalan, ayollar uchun gimnastikadan sport ustaligini bajarish uchun taxminan 6 yildan ko‘proq vaqt talab etiladi (albatta bu sportchining o‘ziga ham bog‘liq), voleybolda esa 3,5 yil. Demakki, ko‘p yillik reja tuzishda har bir sportchiga yuqori natijalarga erishishda taxminiy yil o‘rnatish mumkin. O‘rtacha hisobda olganda bitta razryaddan boshqa razryadga o‘tishda 1–1,5–2 yil mashq qilish talab etiladi. Shuningdek, sport turiga qarab sport mahoratining oshish davri ham turlicha. Masalan, suzish sportini olamiz:

2-rasm. Suzish sportida mahoratni oshirish davri.
Suzishda III razryaddan II razryadga o‘tish uchun taxminan 1 yil yoki sport ustasidan XTSUni bajarish uchun 2,5 yil vaqt kerak (albatta bu sportchi mahoratiga bog‘liq).
Ko‘p yillik rejani to‘g‘ri ko‘rishda qanday yosh davri yuqori natijalarga erishishda eng maqbuli hisoblanishini bilish kerak. Hozirgi sport natijalarining ko‘p yillik dinamikasida uchta yosh zonalari ajralib turadi:

  1. birinchi katta yutuqlar zonasi;

  2. optimal imkoniyatlar zonasi;

  3. yuqori natijalarni (yutuqlarni) saqlab turish zonasi.

Turli sport turlarida sport natijalari zonalarining yosh chegarasi turlicha bo‘ladi. Bunda erkak va ayollarning ko‘rsatkichlari olinadi.
Ko‘p yillik rejalashtirish sportchilarning «Sport ustasi» normasini iloji boricha birinchi zonada bajarishga qaratilishi lozim. 2-jadval U yoki bu sport turi spetsifikasini ko‘p jihatdan kelajak rejaning alohida bo‘limlari aniqlaydi. Natijalari obyektiv hajmlarda o‘lchanmaydigan sport turlarida sportchilarning ko‘rsatkichlari dinamikasini bir qator nazorat ko‘rsatkichlari yoritib beradi. Misol uchun yakkakurashchilarda bu: 1) harakatlar texnikasi hajmi; 2) ko‘p qirralik; 3) samaradorlik; 4) jismoniy qobilyatlarning o‘sish bosqichi; 5) ruhiy rivojlanish holatlarida ko‘rinadi.
Qoidaga ko‘ra, individual perspektiv rejalashtirish quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: 1) sportchining qisqa tavsifnomasi; 2) ko‘p yillik mashg‘ulotlarning asosiy maqsad va vazifalari; 3) tayyorgarlik bosqichlari va ularning davomiyligi; 4) har bir bosqichdagi asosiy musobaqalar; 5) mashg‘ulot jarayonining asosiy yo‘nalishlari; 6) har bir bosqichda mashg‘ulotlar, bellashuvlar va dam olishning belgilanishi; 7) sport-texnik ko‘rsatkichlar; 8) sportchi tayyorgarligining turli tomonlarini tavsiflovchi nazorat me’yorlar; 9) mashg‘ulotning asosiy vositalari; 10) mashg‘ulot yuklamalarining taxminiy hajmi va samaradorligi (bosqichlar bo‘yicha); 11) pedagogik va tibbiy nazorat (tekshiruv).

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə